Farg‘ona davlat universiteti filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi 4 bosqich talabasi Foziljonova Mashhura Ergashali qizining “O‘zbek va turk tillarida zoonimlarning tarixiy-qiyosiy tahlili” mavzusidagi bitiruv-malakaviy ishiga
Farg‘ona davlat universiteti filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi 4 bosqich talabasi Foziljonova Mashhura Ergashali qizining “O‘zbek va turk tillarida zoonimlarning tarixiy-qiyosiy tahlili” mavzusidagi bitiruv-malakaviy ishiga TAQRIZ Bugungi kunda barcha sohalar qatori tilshunoslikda ham sezilarli o‘sish va rivojlanishlar ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, dunyoning ijtimoiy kommunikativ voqeligida tillarning mavqeyini o‘rganish, zamonaviy sivilizatsiya tendensiyalari tarkibini hisobga olgan holda diskursiv amaliyotlar va lingvistik hodisalarning ijtimoiy gumanitar tomonini tahlil qilish dolzarb masalalar sirasida e’tirof etila boshlandi. Hozirgi zamonda tilshunosligida sotsiolingvistik tadqiqotlar ilmiy-metodik yo’nalishdagi qator sohalar: kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya va psixlingvistika bilan chambarchas aloqadorlikdagi yo‘nalish sanaladi. Dunyo tilshunosligida bu sohada bir qator izlanishlar olib borilgan. Tarixiy romanlarining sotsiolingvistik tadqiqi masalalari tilshunosligimizdagi endi bo‘y ko‘rsatib kelayotgan yo‘nalish sanaladi. Foziljonova Mashhura Ergashali qizi tomonidan yozilgan ushbu tadqiqotda o‘zbek va turk tillarida zoonimlarning tarixiy-qiyosiy tahlili ochib berilgan. Shuningdek, o‘zbek-turk tilidagi hayvon nomlari o‘rganilishi bevosita ularning statistikasini chiqarish barobarida ularning qanday birliklar bilan kelishi omillari xususida so‘z yuritilgan.
Mazkur ishning mavzusi hozirgi kundagi ahamiyati yuzasidan dolzarb masalalardan biri hisoblanib, ushbu tadqiqot ishida talaba mavzuning dolzarbligi, maqsadi, ahamiyati va vazifalarini to‘g'ri ochib berishga harakat qilgan. Mazkur tadqiqot ishining mavzusi hozirgi kundagi ahamiyati yuzasidan dolzarb masalalardan biri hisoblanib, ushbu tadqiqot ishida tadqiqotchi mavzuning dolzarbligi, maqsadi, ahamiyati va vazifalarini to’g'ri ochib berishga harakat qilgan.
Ishning kirish qismida uning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, predmeti va obyekti kabi tomonlari asoslab berilgan, tadqiqot metodlari ko’rsatilgan. BMI boshqa tadqiqotchilar tomonidan nashr etilgan tadqiqotlargagina tayanib qolmay, muallifning o‘z izlanishlari asosida yangi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi bilan ahamiyatlidir. Bo‘lajak mutaxassisning yana bir yutug‘i shundaki, o‘zbek-turk tillari maqollarida ishlatilgan hayvon nomlari qiyosiy tahlil qilishga harakat qilgan. O‘zbek-turk tilidagi hayvon nomlari o‘rganilishi bevosita ularning statistikasini chiqarish barobarida ularning qanday birliklar bilan kelishi, qo‘llanilish o‘rinlari, shakllari, birikuvchanlik xususiyatlari, uning tuzilishi, tarkibining o‘rganilishi, turkumlarining ochib berilishi kabi qiyosiy tahlilini o‘rganishga yordam beradi.
Ishda ayrim uslubiy xatolar bo‘lsa-da, bu kamchiliklar tadqiqotning nazariy ahamiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, BMI mustaqil bajarilgan, yakunlangan, DTS talablari darajasida rasmiylashtirilgan ilmiy-tadqiqot ekanligini e’tirof etaman va uni himoyaga tavsiya etaman.