Farg’ona davlat universiteti Fizika-texnika fakulteti fizika yo’nalishi 3-kurs 20.13‑guruh talabasi Abdurayimova Madinaningning “Atom yadrosi va elemtar zarralar fizikasi” fanidan “Nurlanishning biologik ta’siri va undan himoyalanish. Shaxsiy dozimetrlar.” mavzusida yozilgan kurs ishiga
TAQRIZ
Ushbu kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar royxatidan iborat bolib, kurs ishida nurlanishning biologik ta’siri va undan himoyalanish haqida ma’lumotlar berilgan bo’lib, nurlanishning biologik namunalarga ta’sir darajasi namunaning yutgan nurlanish energiyasi kattaligi bilan aniqlanishi ifoda etilgan.
Kurs ishi nazariy xarakterga ega bolib, yozilgan malumotlar boshqa adabiyotlar bilan taqqoslanib mavzuga oid formulalar keltirilgan. Ushbu kurs ishi ikki bobi, 4 ta rejadan iborat bolib, malumotlarning keng tahlili amalga oshirilgan va 14 nomdagi adabiyotlar ro’yxati keltirilgan, u zamonaviy darsliklarni, o’quv qollanmalarini, huquqiy meyoriy hujjatlarni, kopchilik tomonidan keng foydalanayotgan internet saytlarini o’z ichiga oladi. Kurs ishida nurlanishning biologik ta’siri va undan himoyalanish, shaxsiy dozimetrlar mavzusi toliq yoritilgan.
Kurs ishida quyidagi kamchiliklar mavjud: Kurs ishidagi imloviy xatolar hamda bazi ma’lumotlar manbasi korsatilmagan. Ushbu kamchiliklar kurs ishining mazmuniga tasir etmaydi. Kurs ishi talab darajasida yozilgan deb aytish mumkin. Talaba yuqorida ko’rsatilgan kamchiliklarni kelgusidagi ishlarida takrorlashiga yol qoymaydi deb o’ylayman va ushbu kurs ishini himoyaga tavsiya etish mumkin.