41
sur’atda e’lon kilish ( nashr kilish ) imkoniyati mavjudligi bilan ifodalanadi.
Internetning yuqori sifatlar bilan rivojlanishi ommaviy axborot faoliyatida va
nashrchiligida keng imkoniyatlar ochib berdi. Masalan, internet yordamida N’yu
Yorkdagi yoki Frantsiyadagi eng sunggi xabarlarni Toshkentga etkazib berish,
gazeta va o’quv darsliklarni tayyorlash, nashr qilish, hamda ularni keng
o’quvchilar ommasiga tarqatish, xozirgi mavjud usullardan bir necha un barobar
arzon, tez va samaradorliroq bo’ladi.
Internetning kommunikatsion funktsiyasi foydalanuvchilarning masofadan
turib o’zaro muloqat qilish imkoniyatini yaratib berilishi bilan ifodalanadi. Bunga
misol tariqasida internet elektron pochtasi, internet-telefon va real vaqt oraligidagi
bevosita xabar almashish, Chat - konferentsiya yordamida amalga oshirilayotgan
muloqatlarni keltirishimiz mumkin . Bundan tashqari internetning kommunikatsion
funktsiyasi uning foydalanuvchilariga videomuloqat qilish, videokonferentsiyalar
uyushtirish, bir shahardan turib ikkinchi shahar ko’chalarini ( masofadagi Web -
kameralar yordamida) tamosha qilish va muzeylarga tashrif buyurish, hamda tabiat
manzaralaridan roxatlanish imkoniyatlarini beradi.
Dostları ilə paylaş: