Mаvzu: Qadimgi Misr Darsning turi



Yüklə 30,36 Kb.
səhifə1/3
tarix14.12.2023
ölçüsü30,36 Kb.
#180116
  1   2   3
Minavvarov Bahodirxon


Аndijon tumani _____________________________________maktab oʼqituvchisi ___________________________ning 1 soatlik oʼquv mashgʼulotiga moʼljallangan dars ishlanmasi 2023-2024 oʼquv yili uchun

TАRIX TАLIMIDА MАSHGʼULOT MАVZUSIGА DАRS ISHLАNMАSI



MАVZU: Qadimgi Misr
Darsning turi:
Muammoli taʼlim elementlarining oʼzida mujassamlashtirgan noanʼanaviy dars turi.
Darsning jihozlanishi:
Kadaskop yoki proektor orqali mavzu boʼyicha tayyorlangan taqdimot quyidagi koʼrgazmalar tasviri ekranda navbatma-navbat namoyish etiladi:
a) Qadimgi Misr oʼquv tarixiy xaritasi;
b) Piramidalar rasmlari;
v) Qadimgi misrliklarning asosiy mashg’ulotlari;
g) Qadimgi misrda hosil yig’ib olish jarayoni;
Darsning motivatsiyasi:
Misr, janubdan Nubiya bilan chega­radosh bo’lgan. Bu mamlakatga misr­liklar Nil bo’ylab oltin, smola (qat­ron), fil suyagi, nodir navli yog’och­larni ayirboshlash uchun borishardi. Misr g’arbida, Liviya cho’lida shu nomdagi mamlakat joylashgandi. Falastin va Suriyadan misrliklar hunarmandlar yasagan buyumlar va nodir qimmatbaho toshlarni ham olib kelishardi. O’rta podsholik davrida Sinay yarimoroli bosib olindi, mahalliy qabilalar Misrga "xiroj" to’lay boshlashdi. Fir’avnlar Nubiya va Liviyaga ham yurish qilib, shaharlarni talattirdilar, asirlar, chor­va mollari va boshqa boyliklarni egallab oldilar. O’rta pod­sholik fir’avnlari Janubiy Falastin yerlari va Nubiya shimolini Misrga qo’shib olishga muyassar bo’ldilar. Miloddan avvalgi XVIII asr oxirida ko’chmanchi giksoslar qabilalari Misrga hujum qildi. Misrliklarning piyoda qo’shin­laridan farqli, o’laroq giksoslarning asosiy kuchi yengil aravalar - otlar qo’shilgan jang aravalari bo’lgan. Yaxmos hukmdorligi davrida Misr yuksak kuch-qudrat cho’qqisiga erishdi. Mamlakatini ozod qilgan Yangi pod­sholik hukmdorlari qo’shni davlatlar bilan kurashni endi bosqinchi sifati­da davom ettirishdi. O’z armiyasini qilichlar va tabarzinlar – dastasi uzun jangovar oyboltalar, shuningdek, jangovar aravalar bilan qurollantirgan fir’avnlar Nubiya va Old Osiyo mamlakatlariga hujumni boshlab yubordilar. Faqatgina fir’avn Tutmos III Falas­tinni bosib olishga muvaffaq bo’ldi. Bo’ysundirilgan xalqlar misrliklardan nafratlanar, o’z erk va ozodligi yo’lida kurashar edilar. Misr fir’avnlari bir necha yil mahalliy qabilalar bilan urushdilar. Bu narsa fir’avnlar sillasini quritdi, davlat zaiflashib qoldi, Yangi podsholik ham alohida “nom”larga tarqalib ketdi. Mil.avv. VII asrda Misr yana yagona davlatga birlashdi, mamlakat iqtisodiyoti va madaniyati yuksalishi boshlandi. Ammo mil.avv.VI asrda Misrga yangi bir dushman bostirib kirdi. Forslardan ulkan lashkar to’plagan shahanshoh Kir IIning o’g’li Kambiz mil.avv. 525 yilda Misrni bosib oldi.


Yüklə 30,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin