Reja: 1. Ilk o`rta asrlar falsafasining mohiyati va o`ziga xos xususiyatlari. 2. Islom dini va falsafasi. Tasavvuf va uning oqimlari. Mazkur mavzuga asos bo`lgan davr falsafasi arab istilosi va mamlakatimizda islom dinining taraqiy etishi bilan uzviy bog`liqdir. Bu falsafa, ba`zi chet ellik mutaxassislar aytgani kabi, faqat arablar madaniyatining bir qismi emas. Balki bizning Vatanimiz farzandlari ulug` bobokalonlarimizning islom diniga, islom falsafasiga, butun arab dunyosi va jahon sivilizatsiyasiga katta ta`sir ko`rsatgan ta`limotlari dunyoga kelgan davr falsafasi hamdir. Arab bosqini va islom dini. Movarounnahr arablar tomonidan zabt etilishi arafasida Turk qog`onoti tizimiga kirar edi. U mayda amirliklardan iborat bo`lib, ular o`rtasida tinimsiz to`qnashuvlar ro`y berib turar edi. Ayniqsa, Turk qog`onoti bilan sosoniylar Eroni o`rtasidagi to`qnashuvlar o`ta shiddatli tusda yuz berar edi. XII asrning oxiri va XIII asrning boshlarida bu xudud arab xalifaligi tomonidan bosib olindi. Bunga Movarounnahr hududida yashovchi xalqlar, ijtimoiy kuchlar orasida siyosiy hamjihatlikning yo`qligi, o`zaro qirg`in-barotlarning avj olishi sabab bo`ldi. Movarounnahrga arablar bosqini bilan birga islom dini ham kirib keldi. Islom so`zi arabcha o`zini topshirish, itoat, bo`ysunish, tinchlik kabi ma`nolarini anglatadi. Islom dini bayrog`i ostida keng hududda arab qabilalari birlashgan, mavjud tarqoqlikka chek qo`yilgan, yagona markazlashgan arab xalifaligi tashkil topgan. Qur`on va hadislarda islomiy ta`limotning asosi bayon qilingan. Qur`on - muqaddas kitob. Unda islom qoidalari, iymon-e`tiqod talablari, huquqiy va ahloqiy me`yorlar o`z ifodasini topgan. U 114 surava ular tarkibidagi oyatlardan tashkil topgan. «Sunna» esa hadislar majmui bo`lib, Qur`ondan keyin turadi va uni to`ldiradi. Unda Muhammad payg`ambarning so`zlari, xatti-harakatlari naqllar va hadis shaklida jamlangan. Qur`on va sunnadan keyingi muhim manba - shariatdir. Shariat (to`g`ri yo`l, ilohiy yo`l demakdir) - islomda huquqiy, ahloqiy me`yor va amaliy talablar tizimidir. Islomdagi asosiy yo`nalishlar - sunniylik, shialik va xorijiylik. Ular diniy ta`limot, marosimchilik, ahloqiy-huquqiy me`yorlarga oid masalalarda o`zaro faqrlanib turadi.