Kubraviya tariqatining asochisi Najmiddin Kubrodir (1154-1226). Xivada tug`ilgan, yozgan asarlari orasida «Sharhussunna val-masolih», «Usuli ashara», «Favoihul-jamol» kabilar mashhurdir. Kubraviya tariqqatining mohiyati o`nta usulda mujassamlashgan. Bular - tangriga o`z xohishi bilan yuzlashish, zuhd fi dune - har qanday lazzatdan o`zini tiyish, tavakkul - Ollohga e`tiqodi pokligi uchun barcha narsalardan voz kechish, qanoat, uzlat - xilvatni ixtiyor qilish, mulozamat az-zikr - uzluksiz zikr, tavajjuh - Haqqda muhabbat qo`yish, sabr - nafs balosidan ozod bo`lish, muroqaba - tafakkurga g`arq bo`lish, rizo - tangri xushnudligini qozonishdan iborat. Kubro mo`g`ullar bilan bo`lgan janglarda jasorat ko`rsatgan va shahid bo`lgan. Mug`ullar Kubroning nomi ulug`ligi, obro`si balandligini hisobga olib, unga ozod bo`lishi, omon qolishi mumkinligini, buning uchun esa qamal qilingan qal`adan chiqib ketishi kifoya ekanini bildirgan. Ammo Kubro bunday jon saqlagandan ko`ra, o`z xalqi bilan birga yurt himoyasi yo`lida jon berishni afzal ko`rgan. Rivoyat qilishlaricha, ul zot qartayib qolganiga qaramay, jangchilarga faol ko`mak bergan. Buni ko`rgan shogirdaliridan biri «Ustoz, anchadan beri bayroq ko`tarib charchadingiz, uni menga bering», deganida, u «Agar kuchim bulganida qilich eki kamon olgan bo`lar edim. Bayroqni bizga qo`yingda, siz yo qilich yoki nayza bilan yog`iyga qarshi kurashing», degan ekan. U bayroqni shunchalik mahkam ushlagan ekanki, xalok bo`lganidan keyin qo`lidan bayroqni olishning iloji bo`lmaganidan, bir mo`g`ul Kubroning qo`lini kesib olgan ekan. Yassaviya tariqatining asoschisi Xoja Axmad Yassaviydir (1166 vafot etgan). U Turkistonning Sayram muzofotida tug`ilgan, mashhur mutasavvif Yusuf Hamadoniyning (1140 yilda vafot etgan) ta`lim-tarbiyasi bilan voyaga etgan, orif maqomiga erishgan. Yassaviy ustozining vafotidan keyin muayyan bir muddat uning maqomiga turgan, so`ng esa bu maqomni Abduholiq G`ijduvoniyga qoldirib, Yassi - Turkiston shahriga qaytadi va o`z tariqati, yo`l-yo`riqlarini tashviq etish bilan mashg`ul bo`ladi. Yassaviyning oddiy xalq tushunadigan uslubda ezilgan, tassavvufiy qarashlarini aks ettirgan hikmatlari devonida o`z aksini topgan. Unda ilohiy ishq, Haq vasliga yetishish, uning ishqida parvona bo`lish, undan boshqa narsaga ko`ngil qo`ymaslik haqida fikr yuritilgan. Yassaviy riyozat, chilla, zikrga alohida ahamiyat berib, hayotining aksariyatini chillaxonada o`tkazgan. Yassaviy tariqati Turkiston o`lkasi, Ozarboyjon, Turkiya, Shimolda - Qozongacha, G`arbda - Bolqongacha keng tarqalgan. Bahouddin Naqshband (1348-1398 yillar) naqshbandiya tariqatining asoschisudir. Bu ta`limotning mohiyati «Dil - ba eru dast - ba kor» shiorida yaqqol ifodasini topgan. Inson Olloh inoyati natijasi bo`lib, bu dunyoni unutib qo`ymasligi lozim, uning qalbi doimo Ollohda, qo`li esa mehnatda bo`lmog`i lozim. U tasavvufning barcha tariqatlari singari shariat, tariqat, ma`rifat va haqiqat maqomlarini e`tirof etadi. Naqshbandning ta`kidlashicha, shariat - ahdga vafo, islomning beshta asosiy talabiga rioya qilish, dil va tilbirligi. Tariqat esa, o`zidan kechish, fano bo`lishdir. Haqiqat - behuda ishlardan uzoqlashish, haq ishlarga bog`lanish. Demak, shariat - qonun, tariqat - yo`l. Kubraviya, yassaviya va naqshbandiya ta`limotlari ma`naviyatimiz tarixida juda katta o’rin tutgan. Ular ma`naviy taraqqiyotda muhim ahamiyatga molik bo`lib, o`z ta`sirini haligacha yo`qotmagan. Vatanimiz sivilizatsiyasining sharq xalqlari, arab madaniyati va islom falsafasi rivojiga ta`siri nihoyatda katta bo`lgan. Uning hududida arab xalifaligidan nisbiy mustaqillikka erishgan davlatlarning tashkil topishi, xalqimizning bag`rikengligi tufayli yangi marralarga erishdi. Diniy bag`rikenglik va dunyoviy bilimlar takomili. Musulmon Sharqi, jumladan islom joriy etilganidan keyin Vatanimiz xududidan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar ijodida Olloh, inson va tabiat masalalari ilohiyot va dunyoviy falsafaning muhim muammolaridan biri bo`lib kelgan. Bironta buyuk alloma va mutafakkir islomiy qadriyatlar mavzuini chetlab o`tmagan. Diniy ilmlar sohalarida imom Buxoriy, imom Termiziy, imom Abu Hanifa, imom Moturudiy va imom Burhoniddin Marg`inoniylar eshqadamlik qilganlar.