Mаvzu: Qadimgi Misr Darsning turi



Yüklə 30,36 Kb.
səhifə3/3
tarix14.12.2023
ölçüsü30,36 Kb.
#180116
1   2   3
Minavvarov Bahodirxon

Darsning bayoni:
Misrda odamlar paleolit davridan boshlab yashaganlar. Miloddan avvalgi 10—6 ming yillikda Nil atrofidagi savannalarda tarqoq yashagan qabilalar terimchilik, ovchilik, keyinroq esa baliq ovlash bilan shugʻullanishgan. Ular orasida kad, som xalqlariga mansub qabilalar, barbarlar va kushitlar boʻlib, ularning aralashuvidan miloddan avvalgi 4 ming yillikda Misr xalqi vujudga kelgan. Aholi nufuzining ortishi chorvachilik va dehqonchilikka oʻtishni tezlashtirgan, bu esa hududiy jamoalarning paydo boʻlishiga olib kelgan.
Dehqonchilik qilish uchun kanallar, toʻgʻonlar qurish zaruriyati tugʻilgan, buning uchun esa oʻzaro urushlarda asir tushgan qullar mehnatidan foydalanilgan. Natijada jamoada ijtimoiy tabaqalanish roʻy berib, urugʻ zodagonlari ajralib chiqqan, qabila sardorlari podshohchalarga aylangan. Bir qancha mayda quldorlik davlatlar vujudga kelgan. Keyinchalik ular oʻrtasidagi kurash natijasida, shimolida Quyi Misr, janubida Yuqori Misr podsholiklari tuzilgan. Miloddan avvalgi taxminan 3ming yillikda ikkala podsholik birlashib, yagona davlat barpo boʻlgan. M.ning key-ingi tarixi 4 asosiy davrga boʻlinadi: Ilk podsholik (miloddan avvalgi taxminan 3000— 2800), Qadimgi podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2800—2250), Oʻrta podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2050—1700), Yangi podsholik (miloddan avvalgi 1580—1070), Soʻnggi (Liviya-Sais va Eron) davr (miloddan avvalgi taxminan 1070—332). Ilk podsholik davri sugʻorish tarmoqlarining rivojlanishi, tosh va mis qurollarining mukammallashuvi, kulolchilik charxining paydo boʻlishi, ayirboshlash savdosining taraqqiy etishi bilan harakterlidir. Bu davrda davlat apparati va unga xizmat qiluvchi amaldorlar — kotiblar tabaqasi shakllangan, maʼmuriy okruglar — nomlar tashkil topib, ularni noma rxl ar boshqargan, muntazam ravishda bosqinchilik yurishlari uyushtirilib turilgan, jumladan, jan.ga — Kush (Nubiya)ga, shim.-gʻarbga — liviyaliklarga va Sinay yarim oroldagi badaviylarga qarshi (bu yerda mis konlari bor edi) yurishlar qilingan. Qad. podsholik davrida qishloq xoʻjaligi, hunarmandchilik, savdo va qurilish rivojlanishda davom etgan. Xususiy yer egaligi paydo boʻlgan. Oliy mansabdor — tchati (vazir) bosh boʻlgan davlat apparati mustahkamlangan. Firʼavnlar, shuningdek, bosh kohin ham boʻlib, barcha yer va fuqarolarning egasi hisoblangan. Jamoa aʼzolari va qisman kelgindilar (asosan, Kush aholisi)dan tuzilgan muntazam qoʻshin barpo qilingan. Ilohiylashtirilgan firʼavnlarning mutlaq hokimiyati gʻoyasi mahobatli maqbaralar — ehromlar qurilishida mujassamlantirilgan. Bu ayniqsa III —IV sulolalar davrida (Snofru, Xeops, Xefren, Mikerin ehromlari) avj olgan. Ularni bunyod etishda qul va dehqonlar mehnatidan keng foydalanilgan.
Mavzu mustahkamlanadi va yakunlanadi: Dars jarayoni nihoyasiga kelib, uyga vazifa beriladi. Oʼquvchilarga kelgusi mavzular boʼyicha topshiriqlar beriladi.
Yüklə 30,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin