171 Biologiya darslarida elektron darsliklardan foydalanish



Yüklə 275,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix23.06.2023
ölçüsü275,22 Kb.
#134601
  1   2   3   4   5   6
biologiya-darslarida-elektron-darsliklardan-foydalanish



171 
Biologiya darslarida elektron darsliklardan foydalanish
Qo’qon Davlat pedagogika instituti 
Ergasheva Nazokat Alisherovna 
Biologiya kafedrasi o’qituvchisi. 
Annotatsiya. Ushbu maqolada biologiya darslarida AKT dasturlarining o‘rni , 
elektron darsliklarni ishlab chiqishga quyilgan bir nechta talablar va elektron darslikdan 
foydalanish, avzalliklari , ta’lim jarayonidagi ijobiy tomonlari haqida yoritilgan. Hamda 
biologiya fani darslari uchun ishlab chiqilgan elektron darsliklar asosida ishlash 
ko’nikmalari shakllantirishga harakat qilingan. 
Kalit so’zlar; Ko‘rgazmalilik, tirik ob’ektlar, energiya almashinuvi, fotosintez
oqsillar biosintezi, biotexnologiya, Axborot-kommunikasiya texnologiya. 
Biologiya darslarida AKT dasturlarining o‘rni zamonaviy o’qitish tizimida alohida 
ahamiyatga ega. Uzluksiz ta’lim tizimida tashkilnadigan o‘qitish jarayonining 
samaradorligini oshirish yuzasidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda pedagogik va 
axborot texnologiyalaridan uyg‘un foydalanish muhim vazifa sifatida belgilangan. Tabiiy 
fanlar, jumladan, biologiyani o‘qitishda axborot texnologiyalardan foydalanish uchun 
biologiya ta’limi mazmunining o‘zigaxos xususiyatlarini e’tiborga olish zarur: tirik 
ob’ektlar bilan ishlash, ularda kechadigan hayotiy jarayonlarni kuzatish, tajriba qo‘yish va 
boshqalar. Biologiya darsliklarida tasvir va diagrammalar ko‘p. Odam tanasining uch 
o‘lchamda tasvirlangan va har bir organ faoliyati aks ettirilgan virtual taqdimotini tasavvur 
qiling. Bunday taqdimotlarni o‘quvchilar uzoq vaqt esda saqlaydilar. Hujayraning 
tuzilishini darslikdan o‘qib tushunish birmuncha murakkab. Ko‘rgazmali tasvirlardan 
foydalanilsa, tasavvurlar yanada yorqin va tushunarli bo‘ladi. AKTdan foydalanish kundalik 
hayotimizning dolzarb talabi hisoblanib, jamiyatni globallashtirishda muhim rol o‘ynaydi. 
O‘quvchilar yangi tushunchalar haqida rasmiy bilimlarni to‘plamasdan, balki ularni 
tushunib olishlari juda muhim. Biologiya fanini o‘qitish yanada samarali bo‘lishi uchun 
o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘qituvchilar AKT asosida turli ishlanmalar ishlab 
chiqishlari va undan foydalanishi zarur. Biologiya fani o‘qituvchilari dars o‘qitish uchun 
samarali AKT yaratishlari uchun Ms Word, Ms Excel, Ms Power Point, Flash, Movie Maker 
kabi turli dasturiy ta’minotlardan va boshqa “Veb” vositalardan foydalanishlari mumkin.
Biologiya fanini o‘qitishda foydalaniladigan axborot texnologiyalari quyidagi 
vazifalarni bajaradi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga o‘rganiladigan mavzu bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha 
materiallar, asosiy tushuncha va ularning izohlari, turli jadvallar, diagramma, murakkab 
ilmiy va ishlab chiqarish xarakteridagi tajribalar to‘g‘risida keng qamrovli bilim berish 
imkoniyati vujudga keladi; 
O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini yo‘naltirish-:o‘quvchilar axborot texnologiyalari 
mahsullari bo‘lgan ta’lim beruvchi, modellashtirilgan va nazorat dasturlari, shuningdek, 


172 
animatsiyalar vositasida ishlash barobarida, mazkur dasturlar o‘quvchilarning bilish 
faoliyatini tashkil etish va boshqarishni ham o‘zida mujassamlashtiradi, ya’ni o‘quvchilarni 
chuqur va mustahkam bilim olishga yo‘naltiradi;
Ko‘rgazmalilik: boshqa o‘qitish vositalaridan farq qilib, axborot texnologiyalari 
mahsullari bo‘lgan animasiyalar biologik jarayonlarni harakat va dinamik tasvirlaydi, shu 
sababli, o‘qitish jarayonida uning o‘rni beqiyos;
Nazorat:biologiya ta’limining barcha shakllari: dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan 
tashqari darslarda, shuningdek, darsning barcha bosqichlarida o‘quvchilarning o‘zlashtirgan 
bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash, nazoratning haqqoniyligi, 
muntazamliligi, keng qamrovliligi, takrorlanuvchanligini amalga oshiradi;
Rivojlantiruvchi:o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini 
nazorat qilish dasturlaridagi o‘quv topshiriqlarning qiyinlik darajasiga ko‘ra: reproduktiv, 
produktiv, qisman-izlanishli va ijodiy xarakterda bo‘lishi o‘quvchilarning topshiriqlarni 
bilimi, ehtiyoji va qiziqishiga mos holda keyingi bosqich topshiriqlarini bajarishga bo‘lgan 
intilishini orttiradi, fan asoslarini mustahkam o‘zlashtirishiga zamin yaratib, shaxs sifatida 
rivojlanish imkoniyatini vujudga keltiradi
Tarbiyaviy:o‘quvchilarning axborot dasturlari bilan ishlashi natijasida o‘quv va aqliy 
mehnat ko‘nikmalari rivojlantiriladi;
Ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish:tabiat va undagi ob’ektlarni o‘rganish ikkita olam 
(makro va mikroolam)ga ajratilib, biologiya fani o‘zining mazmuniga ko‘ra, aksar hollarda 
mikroolam: hujayrada boradigan jarayonlar, masalan, modda va energiya almashinuvi, 
fotosintez, oqsillar biosintezi, biotexnologiya va gen muhandisligiga doir o‘quv 
materiallarini animasiyalar orqali o‘rgatib, o‘quvchilarning abstrakt tafakkuri va ilmiy 
dunyoqarashini rivojlantiradi. Biologiya fanini o‘qitishda axborot texnologiyalarining 
yuqorida qayd etilgan vazifalarini e’tiborga olgan holda, ta’lim-tarbiya jarayonida 
foydalanish yo‘llarini belgilash va amaliyotga joriy etish bugungi kunda dolzarb vazifa 
sanaladi. Uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarning 
oldidagi muhim vazifalardan biri o‘quvchilarning fan asoslarini o‘zlashtirishga bo‘lgan 
qiziqishlarini orttirish, mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish asnosida 
ularning barkamolligini ta’minlash sanaladi.
Ushbu muammolarni hal etishda axborot texnologiyalari muhim ahamiyat kasb etadi. 
Axborot texnologiyalaridan foydalanilgan darslar axborotlarga boy, ko‘rgazmali, interfaol 
bo‘lib, vaqtdan unumli foydalanish, har bir o‘quvchining o‘z tempi bo‘yicha bilim olish, 
o‘qituvchida esa, o‘quvchilar bilan tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan ta’limni 
amalga oshirish imkoniyati vujudga keladi, shu bilan bir qatorda o‘qitishda natijalarini 
nazorat qilish va baholash uchun zamin yaratadi. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari 
qo‘llanilishi o‘quvchilarning hujayra, to‘qima, kimyoviy elementlar, atom, molekulaning 
tuzilishi, modda va energiya almashinuvi, fotosintez, oqsillar biosintezi kabi jarayonlar 
haqida tasavvur qilishlari, abstraksiyalash va xotirada saqlash imkonini kengaytiradi; 



Yüklə 275,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin