174 roli endi faqat bilim manbai emas, balki bilim olishga yo‘naltiruvchi va bu jarayonni
boshqaruvchisi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu o‘rinda interfaol texnologiyalarning
qo‘llanishi o‘quvchilarning o‘zi ham bilimlarni bir-birlariga uzatish va yangilarini
shakllantirish manbai sifatidagi rolini oshirmoqda. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda
o‘quvchi yoshlarning Twitter, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarni ishg‘ol qilganliklari va
turli qiziqishlar, xususan, ta’lim olish bo‘yicha o‘z uyushmalarini tuzib, faol muloqot
qilayotganliklari, ya’ni o‘zaro keng muloqot ta’lim muhitining yaratilganligi mazkur ta’lim
tizimiga bo‘lgan qiziqishni orttirmoqda. Smart education ta’lim muhiti vositalari ham kun
sayin o‘zgarib bormoqda. Endi istalgan joydan internetga ulanish imkoniyatining
yaratilganligi, mobil kommunikasiya vositalari, “aqlli” doska, “aqlli” ekran va ta’limning
boshqa “aqlli” texnik vositalarining paydo bo‘lishi va kun sayin takomillashib borishi Smart
education ta’lim muhitida faol bilim olish imkoniyatini yanada oshirmoqda. Bu, o‘z
navbatida, bilim manbai sifatida kitob bilan bir qatorda ancha afzalliklarga ega bo‘lgan faol,
qulay va mobil ta’lim mazmuniga bo‘lgan ehtiyojni keltirib chiqarmoqda. Buni birgina kitob
va internetda joylashtirilgan ma’lumotlar, ta’lim mazmuni hajmlarini taqqoslash orqali ham
anglab yetish mumkin. Internetda joylashtirilgan va kun sayin, soat sayin karralab oshib
borayotgan veb resurslardagi ma’lumotlar, yangi bilimlar xazinasidan oqilona foydalanish,
internet qulayliklari va texnik imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish bugungi kunning
dolzarb vazifasiga aylangan. YUNESKO tashkiloti tomonidan e’lon qilingan XXI asrda
“Life Long Learning” -“Butun hayot davomida o‘rganish”, “Barcha uchun ta’lim” ta’lim
tamoyillarini amalga oshirish uchun Smart-ta’lim orqali shart- sharoitlar yaratiladi.
SMART-ta’lim “har doim, har joyda va istalgan vaqtda” ta’lim olish imkoniyatlarini
oshiradi. Ta’lim jarayonida SMART-texnologiyalari turli xil texnik vositalar: smartfon,
planshetlar va boshqa shunga o‘xshash qurilmalar yordamida o‘quvchilarga bilimlarni
yetkazish hamda intellektual virtual o‘quv muhitini shakllantirish vositasi sifatida qaraladi.
Smart education barcha ta’lim jarayonlarini, shuningdek, ushbu jarayonlarda
qo‘llaniladigan usullarni va texnologiyalarni keng qamrovli modernizasiya qilishni o‘z
ichiga olgan konsepsiyadir. Ta’lim sohasidagi aqlli ta’lim konsepsiyasi Smartdoska, Smart-
ekran va har qanday joydan Internetga kirish kabi texnologiyalarning paydo bo‘lishiga olib
keladi. Ushbu texnologiyalarning har biri kontentni rivojlantirish, uni yetkazib berish va uni
yangilash jarayonini yaratish uchun yangi usullarni taqozo etadi. O‘quv jarayoni nafaqat
sinfda, balki uyda, muzeylar, kafelar, jamoat joylari kabi istalgan joyda ham amalga
oshirilishi mumkin. O‘quv jarayonini bir-biriga bog‘laydigan asosiy element faol ta’lim
mazmuni bo‘lib, uning asosida vaqtinchalik va fazoviy chegaralarni olib tashlashga imkon
beruvchi yagona birlashtiriladigan “omborlar” yaratiladi. Cmartfonlar, mobil telefonlar,
planshetlar va boshqa aqlli qurilmalar sizga qanday yordam berishi mumkin? Maktab
o‘quvchilarining ta’lim amaliyotida mobil texnologiyalar quyidagi yo‘nalishlarda
qo‘llanilishi mumkin: internet ensiklopediyalaridan ma’lumotlarni olish; kerakli
ma’lumotlarni izlash; tarjimon orqali so‘z yoki iboralarni tarjima qilish; axborotni
vizuallashtirish; video ma’ruzalarni tomosha qilish; internetda onlayn rejimida test
topshirish yoki anketa savollariga javob berish; turli laboratoriya ishi va tajribalarini
o‘tkazish. Faqat “aqlli” qo‘shimchasi bilan yangi texnologiyalarni qo‘llash yangi turdagi