10-sinf. 25-dars. 3D GRAFIK MUHARRIRI DASTURI INTERFEYSI VA USKUNALAR PANELI Bugungi kunda 3D dizaynerlar tomonidan turli dasturiy Vositalardan foydalangan holda fazoviy modellashtirish jarayoni keng amalga oshirilmoqda. Bunday dasturlar nafaqat Tejalashtirilgan obyekt tasvirini ko'rish, balki uni turli burchaklardan ko'rib chiqish, yaxshiroq idrok etish uchun uning anima-tsion kliplarini yaratish imkonini ham beradi. Blenderda multimedia Vositalarining deyarli har qanday turiga mos keladigan keng doiradagi Vositalar mavjud. Dasturdan butun dunyo dizaynerlari va Studi-yalarturli Ioyiha1 reklama va badiiy filmlar yaratishda foydalanadi. Dasturtez va samarali ishni ta'min-lovchi yuqori sifatli 3D arxitekturasiga ega. Blender dasturining yana bir o'ziga xos Xususiyati - u boshqa mashhur 3D modellashtirish paketlariga nisbatan kichik hajmdagi 3D modellarni ham *blend kengaytmasida saqlay oladi. Blender dasturi Foundation tomonidan bepul tarqatiladigan va dasturiy qo'llab- quvvatlanadigan ochiq kodli dasturiyta'minot hisoblanadi. Blenderdasturini www.blender.org rasmiy saytidan bepul yuklab olish mumkin. BLENDER DASTURIDA ISHLASH Blender dasturi o'rnatib bo'linganidan so'ng dastur ishga tushiriladi. Blender ishga tushirilganda, oynaning markazida muloqot oynasi hosil bo'ladi. Unda Ioyihalarni yaratish yoki oldin yaratilgan blend-fayllarni ochish Imkoniyatlari mavjud. Blender dasturi 3D grafika va animatsiya yaratuvchi dasturlar kabi murakkab interfeysga ega. Blender dasturi interfeysini foydalanuvchi o'z xohishiga qarab sozlab olishi mumkin. Blender dasturida klaviaturadagi tugmachalar bilan bir qatorda Numpad (raqamlar) bloki ham faol ishlatiladi. Agar kompyuterda Numpad bloki mavjud bo'lmasa, Sozlamalarni o'zgartirish yoki Interfeysdagi tugmachalardan foydalanish mumkin. Blender dasturi Interfeysi Dastur interfeysi: a) menyular bandi; b) uskunalar paneli; d) kamera; e) 3D kursor; f) vaqt chizig'i; g) kub; h) chiroq;j) Ioyiha tarkibi; i)joylashuv funksiyalari. Blender dasturi interfeysining 4ta asosiy sohaga bo'linganini ko'rishimiz mumkin: