Farg’ona davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti buxgalteriya hisobi va auditi yo’nalishi 1-bosqich 23. 127 guruh talabasi aburamonov iskandarning


Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, xitoycha: 上海合作组织 ruscha: Шанхайская организация сотрудничества



Yüklə 13,21 Kb.
səhifə2/2
tarix19.12.2023
ölçüsü13,21 Kb.
#185811
1   2
Farg’ona davlat universiteti

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, xitoycha: 上海合作组织 ruschaШанхайская организация сотрудничества

  • Tashkilot faoliyati 1996 -yilda Rossiya va Xitoy davlatlari oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikdan boshlangan. Shu yili ShHT aʼzoligiga Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va 2001-yilda Oʻzbekiston kelib qoʻshilgan.
  • SHHTning boshqa sobiq SSSR hududi joylashgan hududiy tashkilotlardan farqi ushbu tashkilotga MDH davlatlaridan tashqari unga Xitoy, Hindiston va Pokiston ham qoʻshilgan.

Sana

Oʻtkazilgan joyi

Davlat

Yigʻilishlar

1

26-27 1996

Shanxay

 Xitoy

2

24-25 1997

Moskva

 Rossiya

3

3-4 1998

Almati

 Qozogʻiston

4

25-26 1999

Bishkek

 Qirgʻiziston

5

4-5-iyun 2000

Dushanbe

 Tojikiston

6

14-15-iyun 2001

Shanxay

 Xitoy

7

7-iyun 2002

Sankt-Peterburg

 Rossiya

8

28-29-may 2003

Moskva

 Rossiya

9

17-iyun 2004

Toshkent

 Oʻzbekiston

2. Shanxay hamkorlik tashkilotining asoschi mamlakatlaridan biri sifatida O’zbekiston ushbu tashkilotga a’zo bo’lgan boshqa mamlakatlar bilan barobar ShHT rivojlanishining strategiyasini belgilaydi. Bu yo’nalishda aynan mamlakatimiz sa’y-harakatlari bilan tashkilot ish boshlagan 2001-yildan e’tiboran uning faoliyatini takomillashtirish, tashkilot ishtirokchilari, shuningdek, boshqa umumbashariy va mintaqaviy institutlar o’rtasida samarali hamkorlikni yo’lga qo’yish va mustahkamlash borasida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishildi.

  • O’zbekiston ShHT Xartiyasida belgilab qo’yilganidek, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, mintaqa mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini oshirish, tashkilot faoliyatining samaradorligi hamda xalqaro nufuzini yuksaltirishga yo’naltirilgan maqsadlar, vazifa va tamoyillarga qat’iy rioya etilishining tarafdoridir. Blok bo’lish yoki qarama-qarshi turish yo’nalishidan xoli bo’lgan ushbu tizimning ochiqligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’zbekiston ShHTga birinchi marotaba raislik qilgan davrda (2003-2004-yillari; mamlakatimiz ikkinchi marotaba bu birlashmani 2009-2010-yillari boshqargan) tashkilotning institutsional shakllanishi nuqtai nazaridan muhim hujjatlar imzolandi:

3.Xalqaro jamoatchilik SHHT sammitlari ishini diqqat bilan kuzatarkan, uning dunyoda yuz berayotgan voqealarga faol munosabati, xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikni taʼminlashga qaratilgan qatʼiy siyosiy yoʻliga ishonch hosil qilmoqda, deb aytish mumkin. SHHT doirasida qabul qilingan qarorlar aʼzo mamlakatlar tomonidan toʻla maʼqullangan taqdirdagina kuchga kirishi va bu munosabatlar koʻp tomonlama kelishuvlar orqali mustahkamlanishini nazarda tutsak, Tashkilotning qisqa davrda katta obroʻ-eʼtibor qozonishiga sabab boʻlgan omillarni anglagandek boʻlamiz. Tashkilot ayni kunda nafaqat xavfsizlik, balki ijtimoiy-iqtisodiy, savdo-sotiq, transport kommunikatsiyasi, sarmoya va gumanitar masalalarga ham jiddiy eʼtibor qaratmoqda.

eng asosiysi – aholi, ayniqsa, yosh avlodda terrorizm va ekstremizm mafkurasiga qarshi qatʼiy va barqaror immunitetni shakllantirish. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlarining Yoshlarga murojaati va uni amalga oshirish boʻyicha Harakatlar dasturining qabul qilinishi mana shu ezgu maqsadga xizmat qiladi. Ushbu dasturni amalga oshirishda SHHT Yoshlar kengashi haqiqiy “lokomotiv” vazifasini oʻtaydi. Oʻzbekiston ushbu tuzilma faoliyatida faol ishtirok etadi.


Yüklə 13,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin