Farg‘ona davlat universiteti matematika-informatika fakulteti matematika yo’nalishi 22. 04-guruh talabasi xolmatova odinaxon farxod qizining ”fazoda to’G’ri chiziq va tekisliklarga oid aralash masalalar”
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI MATEMATIKA YO’NALISHI 22.04-GURUH TALABASI XOLMATOVA ODINAXON FARXOD QIZINING ”FAZODA TO’G’RI CHIZIQ VA TEKISLIKLARGA OID ARALASH MASALALAR” mavzusida bajarilgan kurs ishiga
TAQRIZ Ish mavzusining dolzarbligi va mazmuni: Mazkur kurs ishida ushbu mavzuni yoritish jarayonida mavzuga doir barcha ma’lumotlarni tahlil qilib,mavzu borasida bilimlarini yanada oshirish uchun harakat qilgan.Bu esa kelajakda bu mavzuga oid misol, masalalarni qiyinchiliksiz yecha olishiga ximat qiladi.
Hozirgi kunda insoniyat hayotida deyarli barcha sohalarda rivojlangan texnika taraqqiyoti, raqamli texnologiyalar davrida matematikaning o’rni beqiyosdir.Tanlagan yo’nalishi ”Matematika”sohasiga o’z hissasini qo’shmog’i darkor.Bu yo’lda matematikaning har bir bo’limlari, unga aloqadar sohalarni mukammal o’rganishi lozim.O’rganiladigan bo’limlar qatorida ”Geometriya ”ham juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur kurs ishini yoritish bo’yicha olib borilgan izlanishlar tekislikda umumiy tenglamasi berilgan ikkinchi taribli chiziqlarni mufassal o’rganish uning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish zaruratini keltirib chiqaradi va ushbu tadqiqotning dolzarbligini belgilab beradi.
Ishning bo’limlariga tavsif:Kurs ishi kirish qismi,6 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
Birinchi paragrafda asosan Ikkinchi tartibli chiziqlarning fanda hamda texnikada keng qo’llanishi,ularga ta’luqli boshqa ma’lumotlar tahlil qilingan.
Ikkinchi paragrafda ikkinchi taribli chiziqlarning umumumiy formulasi haqida tushuncha berilgan.
Uchinchi paragrafda esa ikkinchi tartibli chiziqni to’g’ri chiziq bilan kesishi haqida ma’lumot keltirib o’tganman.
To’rtinchi paragrafda ikkinchi tartibli chiziqning klassifikatsiyasi qandayligi haqida ma’lumot berilgan .
Beshinchi paragrafda ikkinchi tartibli chiziqning urinma tenglamalari haqida tushunchlar keltirilgan.
Oltinchi paragrafda esa ikkinchi chiziqni tenglamasiga ko’ra qanday yasalishi keltirib o’tilgan.
Xulosa qismida kurs ishining asosiy natijalari va uning amaliy tadbiqlari bayon qilingan.
Ishning kamchiliklari:Kurs ishida ba’zi kamchiliklarga yo’l qo’yilgan. Masalan, imlo xatolariga yo’l qo’yilgan. Lekin bu ishning dolzarbligi va talab darajasida loyihalanganligi bois uning mohiyatini yoritib berishda katta kamchilik sifatida qarashga asos bo’lmaydi.
Xulosa: Ushbu kurs ishini ko’rib chiqib,shuni ta’kidlash lozim deb topaman: mavzuni dolzarbligi, mavzuga mosligi va muallif tomonidan mustaqil fikrlar asosida yaratilganligi, ijodiy yondashuvga erishilganligi, yutuqlari va kamchiliklarini hisobga olib, talab va meyorlar doirasida bajarilganligi uchun Matematika yo’nalishi 22.04-guruh talabasi Xolmatova Odinaxon Farxod qizining ”Fazoda to’g’ri chiziq va tekisliklarga oid aralash masalalar” mavzusida bajarilgan kurs ishini himoyaga qo’yishga tavsiya qilaman.
Ilmiy rahbar: F.Topvoldiyev