Farg'ona davlat universiteti Pedagogika psixologiya fakulteti Amaliy psixologiya yo'nalishi



Yüklə 21,02 Kb.
səhifə4/5
tarix24.08.2023
ölçüsü21,02 Kb.
#140332
1   2   3   4   5
22.22-guruh talabasi Yusupxojayeva Nilufarxon

Ijtimoiy-psixologik xodisalar -- shunday fenomenlarki, ular inividlar hamda jamoalar tarzidagi sub'ektlarning o'zaro hamkorligi tufayli paydo bo'ladigan turli xil munosabatlar, shunday hamkorlik ta'sirida boshdan kechiriladigan his-kechinmalar, o'zaro axborot almashunuvi hamda odamlarning guruh bo'lib to'planishi oqibatida ro'y beradigan faoliyatlarning xususiyatlarini mujassam etadi. Ya'ni, shaxsni alohida individ sifatda olinganda amalga oshiradigan faoliyatidan farqli o'laroq, guruh bo'lib harakat qilgandagi ro'y beradigan faoliyatning o'ziga xosligi bo'lib, bu farqni ijtimoiy psixologiya o'zining predmeti sifatida ajratib olgan.
Shunday qilib, ijtimoiy psixologiya o'rganadigan ijtimoiy-psixologik xodisalarga avvalo quyidagilar kiradi: muloqot, muomala, ijtimoiy fikr va kayfiyat, jamoaviylik, stratifikatsiya, ya'ni, jamiyatning turli qatlamlarga bo'linishi jarrayonlari, streotiplar, ziddiyat, turmush tarzi, ijtimoi
Ijtimoiy-psixologik xodisalar -- shunday fenomenlarki, ular inividlar hamda jamoalar tarzidagi sub'ektlarning o'zaro hoshqalar.
Ijtimoiy-psixologik xodisalar namoyon bo'lishining asosiy mexanizmi sifatida muloqot jarayonini qabul qilish ko'pchilik olimlarning nuqtai nazariga xosdir. Muloqot tufayli va uning ta'sirida shaxs shakllanadi, kichik guruhlar paydo bo'ladi, kaatta ijtimoiy guruhlarning mavjud bo'lishi uchun sharoit yaratiladi. Aynan muloqot va odamlarning bir-birlariga munosabatlari asosida namoyon bo'ladigan universal mexanizmlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) taqlid qilish -- biror xulq namunasi yoki turmush tarziga ergashish;
2) ishontirish -- biror xulq namunasi yoki fikrga o'zgalarni deyarli ongsiz va tanqidsiz ergashishiga erishish.
3) ta'sirlanish -- bir shaxs hissiy emotsional xolatining o'zga bir shaxsga uzatilishi jarayoni;
4) e'tiqod -- shaxsning ongiga, imoniga ta'sir ko'rsatish;
5) identifikatsiya -- bir insonning boshqasiga o'xshatilishi, deyarli qo'shilishi jarayoni.
Aynan shu mexanizmlar ijtimoiy xulq va o'rgatishning asosini tashkil etadi.

3
Ijtimoiy psixologiya fan sifatidagi tarixi uning ijtimoiy - psixologik qarashlar yoki ijtimoiy psixologik tafakkur tarixidan yoshdir. Chunki insoniyatning birgalikda yashash, mehnat qilish, bir-biriga ta'sir ko'rsatishiga intilishi ehtiyoji qanchalik qadimiy bo'lsa, ijtimoiy tafakkur, odamlarning bir-birlariga o'zaro hamjihatlik ko'rsatishga bo'lgan moyilligi va istaklari ham shunchalik qadimiydir. Ikkinchi tomondan qadimgi tarixdan bilamizki, odamlar marosimlar aqidalarni an'analar ham ma'lum ma'noda o'zaro munoabatlarni tartibga solish, hamkorlikda mehnat qilish va bir-birlarini turli balo-qazolardan muhofaza qilish yo'llarini o'ylab topganlar. Qaysi bir xalq udumi yoki qadimgi an'anasini olmaylik, unda jamoviylik psixologiyasi hukm surishini yaxshi bilamiz. Unda eng avvalo jamoa a'zolarining axloq-normalari va shaklanishi uchun real asoslar mavjuddir. Masalan, turkistonliklarning ko'plab udumlari, masalan, to'y maraka qilish va undagi ommaning to'planishi , hashar yo'li bilan biror inshooyni bitiruv va undagi barcha mehnatga layoqatli odamlarning jam bo'lish ma'noda jamoa bo'lib yashashi va axloqiy mezonlari namunasidir. aynan shu kabi udumlar moziyda ijtimoiy-psixologik tafakkurning paydo bo'lishi uchun asos bo'lib xizmat qilgan. Shu bois ham ijtimoiy psixologik fan sifatidagi tarixida muayyan umumiylik va farqlar mavjud, davr jihatidan fan ancha kech shakllangan.
Aynan shunday davrga kelib antropologiya, etnografiya , arxalogiya sohasida ham qator muvaffaqiyatlar boshlandiki, ular ham qo'lg kiritgan noyob natijalarni ijtimoiy psixologiyasis aniq tariflay va tavsiflay olmadi. Masalan, shu davrda ingliz antropologi
Yüklə 21,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin