Farg’ona davlat universiteti sirtqi bo`lim tarix yo`nalishi o`zbek davlatchiligi tarixi fanidan kurs ishi Mavzu: Ashtarxoniylar sulolasi davrida Buxoro xonligi Qabul qildi:- bajardi
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO`LIM TARIX YO`NALISHI O`ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXI FANIDAN
Kurs ishi
Mavzu: Ashtarxoniylar sulolasi davrida Buxoro xonligi
Qabul qildi:-
Bajardi:- Ashtarxoniylar sulolasi davrida Buxoro xonligi (1601-1753 yillar)
Reja:
Kirish.
II. Asosiy qism.
1. Ashtarxoniylarning hokimiyat tepasiga kelishi.
2. Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot.
3. Ashtarxoniylar davrida ma`naviy-ma`rifiy, madaniy hayot.
III. Xulosa.
IV. Adabiyotlar.
Kirish.
Ashtarxoniylar Jo’jixon naslidan bo’lib, XIV asrning 80-yillaridan boshlab Ashtarxon (Hoji Tarxon, Astraxan) va uning atrofidagi yerlar va xalqlar ustidan hukmronlik qilgan. 1556-yilda Astraxanni Rusiya bosib olgach, ashtarxoniylardan Yormuhammadxon oila a’zolari va qarindoshurug’i bilan Buxoroga keladi.Ularni Buxoro xoni Iskandarxon (Abdullaxon II ning otasi) izzat-ikrom bilan kutib oladi. Iskandarxon qizi Zuhrabegimni Yormuhammadxonning o’g’li Jonibek Sultonga beradi. Jonibek Sulton Zuhrabegimdan uch o’g’il (Dinmuhammad,Boqi Muhammad, Vali Muhammad) ko’radi. Jonibek Sulton va uning o’g’illari Buxoro xonligida yuksak mavqega erishib, Buxoro xonligi viloyatlarida hokim vazifasida faoliyat yuritadilar. 1601- yilda Jonibek Sultonning o’g’li Boqi Muhammad Buxoro taxtiga o’tqazildi. Buxoro xonligi tarixida yangi sulola — ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi boshlanib, 175 yil davomida mamlakat shu sulola tomonidan boshqariladi. II. Asosiy qism Boqi Muhammad (1601-1605) mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solish uchun ko’p urindi. 1602- yilda Eron safaviylariga zarba berib, Balxni kuch bilan bo’ysundirdi va ukasi Vali Muhammadni hokim etib tayinladi. 1603- yilda Eron safaviylarining Balxga hujum qilgan qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratdi. Boqi Muhammad Toshkent uchun qozoq sultonlariga qarshi kurashdi. 1604- yilda qozoq xoni Kelimuhammad qo’shinlarini mamlakat hududidan haydab chiqarib, qator hududlarni Buxoro xonligiga bo’ysundirdi. 1605- yilda Boqi Muhammad vafot etgach, uning ukasi Vali Muhammad taxtga o’tqazildi. Ichki kurash yana avj oldi. Qabila beklari xon hokimiyatiga bo’ysunmay muxolifatchilikni kuchaytirdilar. Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon uyushtirganligidan xabar topgan Vali Muhammad farzandlarini olib Eronga qochadi. Amirlar taxtga Boqi Muhammadxonning o’g’li Imomqulixonni (1611-1642) o’tqazdilar. U Vali Muhammad boshlab kelgan Eron qo’shinlarini tor-mor keltirib, mamlakat mustaqilligini saqlab qoldi. Vali Muhammad asir olinib qatl etildi. Imomqulixon Toshkent va xonlikning shimoli-sharqiy chegaralari uchun qozoqlar, jung’ar (ayrat) lar, qalmoqlar, qoraqalpoqlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi. 1613- yilda Toshkent yerlarini egallagan qozoqlarga hujum qilib, Toshkentni o’z tasarrufiga kiritdi. O’g’li Iskandar Sultonni Toshkent hokimi etib tayinladi. Iskandar Sulton aholiga boj, xiroj va boshqa soliqlarni ko’paytirib, qattiq zulm o’tkazdi. Bunga qarshi Toshkentda qo’zg’olon ko’tarildi va Iskandar Sulton o’ldirildi. Bu voqeadanxabar topgan Imomqulixon Toshkent ustiga qo’shin tortdi. Qo’zg’olonchilar ayovsiz jazolandi, Iskandar xuni uchun aholi qirg’in qilindi. Imomqulixon davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi. Imomqulixondan keyin taxtni egallagan Nodir Muhammad (1642-1645) davrida ijtimoiy-siyosiy tarqoqlik yana kuchaydi. Xonning o’zi mamlakatning asosiy viloyatlarini mulk qilib 12 nafar o’g’li, 2 nafar jiyani va nabirasiga taqsimlab berdi. Bu oqibatda davlatchilik asoslarini zaiflashtirdi. 1645- yilda qozoqlar yana Movarounnahrga yurish qilib, Xo’jandgacha yetib keladilar. Nodir Muhammad ularni quvib chiqarish uchun o’g’li Abdulaziz boshchiligida katta qo’shinni safarbar etadi. Xondan norozi bo’lgan bir guruh amirlar yurish davrida Abdulazizni xon deb e’lon qiladilar. Abdulaziz Buxoroga keladi, aslzodalar uni taxtga o’tqazadilar. Nodir Muhammad Balxga qochib ketadi va toj-u taxtni qaytarib olish maqsadida Hindiston podshohi temuriyzoda Shoh Jahondan yordam so’raydi. Shoh Jahon Balx viloyatini o’ziga bo’ysundirish maqsadida u yerga o’g’illari Murodbaxsh va Avrangzeb boshchiligida katta qo’shin yuboradi. Nodir Muhammad Shoh Jahon o’g’illari yordamga emas, Balx viloyatini egallash uchun kelayotganini bilgach, unga qarshi chiqadi. Maymana yo’lida bo’lgan jangda Nodir Muhammad yengilib, Eronga qochadi va shoh Abbos huzurida panoh topadi. 1647- yilda Shoh Jahon o’g’illari Balxni egallaydilar. Nodir Muhammad shoh Abbos yordamida Balxni qayta egallaydi. Bu voqealardan tashvishga tushgan Abdulazizxon ukasi Subhonquli yetakchiligida Balxga katta qo’shin yuboradi va 1651 yilda SubxonquliBalxni egallaydi va u Balx hokimi etib tayinlanadi. Nodir Muhammad Makkaga hajga borayotib yo’lda vafot etadi. Abdulazizxon davrida (1645-1681) Xiva xonlarining talonchilik yurishlari kuchayadi. 1655- yilda Xiva xoni Abdulg’ozixon katta qo’shin bilan yurish qilib, Buxoro atroflarini ikki bor talon-taroj qiladi. Qorako’l aholisining bir qismini asir olib, Karmanani vayronaga aylantiradi. 1658- yilda Vardonzeni talab, 1662- yilda Buxoro shahrigacha yetib boradi. Tinimsiz urushlar, ichki ziddiyatlar Buxoro xonligining ijtimoiyiqtisodiy ahvolini murakkablashtirib yuborgandi, siyosiy vaziyat izdan chiqqandi. Keksayib qolgan Abdulazizxon 1680- yilda taxtdan voz kechib, Makkaga hajga ketadi va u yerda vafot etadi. Abdulazizxondan keyin taxtga o’tirgan Subhonqulixon (1681- 1702) davrida ham ahvol o’nglanmadi. Subhonqulixon, bir tomondan, Balx viloyatlarida hokimlik qilayotgan o’g’illariga qarshi, ikkinchi tomondan, Movarounnahr viloyatlaridagi amir va beklarga qarshi urushlar qilishga majbur bo’ldi. Uchinchi tomondan, Xiva xoni Anushaxon qo’shinlari hujum qilib, Buxoro, Karmana va Vardonzeni egalladi, hatto Samarqandni ham ishg’ol qildi. Samarqandda Anushaxon nomiga xutba o’qitilib, uning nomidan tanga pullar zarb etiladi. Subhonqulixon qatag’on urug’idan bo’lmish Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliq yordamida Xiva qo’shinlarini Samarqanddan quvib chiqarishga erishdi. Samarqandliklar qattiq jazolandi. So’ngra Balxga yurish qilib, isyonkor o’g’li Siddiq Muhammadga zarba beradi va zindonband qilib, o’ldiradi.Balx hokimligi yuzqabilasining sardori Muhammad hoji otaliqqa topshiriladi. Subhonqulixon Balxdaligidan foydalangan Anushaxon Buxoro atroflariga yana bostirib kelib u yerlarni talon-taroj qiladi va katta o’ljalar bilan qaytib ketadi. Subhonqulixon fitnasi bilan 1686- yilda Xiva xoni Anushaxon ko’ziga mil tortiladi va taxtdan tushiriladi. Subhonqulixon 1688- yilda Xivadagi tarafdorlari xizmatidan foydalanib, Xiva xoni Erengxonning o’ldirilishiga erishadi va Xorazm Buxoro xonligi tasarrufiga olinadi. Subhonqulixon Amir Shohniyozni Xivaga hokim etib tayinlaydi. Qirg’inbarot urushlar, ichki nizolar mamlakat iqtisodiyotini chuqur tanazzulga tushiradi. 1702-yili Subhonqulixon vafot etgach, toj-u taxtni uning o’g’li Ubaydullaxon (1702-1711) egallaydi. Ubaydullaxon II goh isyonkor qabilalarga qarshi, goh bo’ysunmas mahalliy hukmdorlarga, goh davlat sarhadlariga bostirib kirgan ko’chmanchilarga qarshi urush olib borishga majbur bo’ldi. Ubaydullaxonning asosiy maqsadi siyosiy tarqoqlikni tugatishdan iborat edi. U ana shu maqsad yo’lida harakat qildi. Dastlab u Balxni bo’ysundirish yo’lini izladi. Ma’lumki, Ubaydullaxon II ning otasi Subhonqulixon Balxni qatag’on qabilasi boshlig’i Mahmudbiy otaliqqa alohida xizmatlari uchun tortiq qilgan edi. Ubaydullaxon davrida Mahmudbiy Balxda hokimiyatni to’liq o’z qo’liga oladi va o’zini 1706- yilda xon deb e’lon qiladi. Tez orada u Termizni ham egallaydi. Ubaydullaxon awal Termizga, so’ngra Balxga yurish qilib, 1707- yilda Balxni egallaydi. Mahmudbiy qochib ketadi. Ubaydullaxon Buxoroga qaytgach, Balxni yana Mahmudbiy egallaydi. Uning suverenlik huquqini Ubaydullaxon tan olishga majbur bo’ladi. Buxoro xonligi tasarrufida bo’lgan Farg’ona vodiysida ham XVIII asr boshlarida ajralib chiqish harakati boshlanib, hokimiyat avval Chust yaqinidagi Chodak xo’jalari qo’liga o’tadi. 1710-yilda esa hokimiyatni ming qabilasi boslilig’i Shohruhbiy egallab, mustaqil Qo’qon xonligiga asos soladi. Ubaydullaxon davrida ijtimoiy-siyosiy parokandalik kuchaydi. Наr bir viloyat hokimi mustaqil bo’lishga intildi. Natijada, Ubaydullaxonga qarshi fitna uyushtirildi va 1711 - yilning 16-martida u o’ldirildi. Taxtga Ubaydullaxonning inisi Abulfayzxon (1711-1747) o’tqizildi. Abulfayzxon tomonidan fitnaning hamma ishtirokchi va ijrochilari saxiylik bilan mukofotlandi. Ular katta-katta lavozim egalari bo’ldilar. Ubaydullaxonning yaqinlari, amaldorlarining mol-mulklari talandi, o’zlari esa qatl etildi. Shunday qilib, parokandalikka qarshi, oliy hokimiyatni kuchaytirish va mamlakat birligini ta’minlash uchun kurashgan Ubaydullaxonning hukmronligi fojiali yakunlandi. Abulfayzxon kundan kunga mamlakat hayotida nufuzi kuchayib borayotgan amirlar va zodagonlar qo’lida bir qo’g’irchoq hukmdor edi, xolos. Bu davrga kelib, xonning ahvoli shu darajaga borib yetdiki, uning farmonlari saroy ostonasidan nariga o’tmaydigan bo’lib qoldi. Zamondosh tarixchilarning ma’lumotlariga qaraganda, Abulfayzxon „Saroyning oldi (ya’ni Registon) tinch bo’lsa bo’lgani”, degan gapni doimo takrorlab turgan. Abulfayzxon davrida o’zbeklarning mang’it qabilasidan kelib chiqqan Muhammad Hakimbiy katta nufuzga ega bo’lib oladi. U barcha shahzodalar otaliqlarining boshlig’i deb tan olingan edi. Bu boshqa qabilalar aslzodalarining qat’iy noroziligiga sabab bo’ladi. Shahrisabz hokimi, kenagas qabilasidan chiqqan Ibrohimbiy Urgut va Miyonqol hokimlari bilan til biriktirib, Buxoro xonligidan mustaqil, poytaxti Samarqand bo’lgan davlat tuzishga qaror qildi. Bu maqsadini amalga oshirish uchun 1716-1719- yillarda Qarshiga va Buxoroga hujum qilib, hokimiyatni qo’lga olishga harakat qildi. Bu urinish natijasiz tugagach, 1722- yilda Samarqandni egallab, kuyovi Rajab Sultonni xon deb e’lon qildi. Natijada mustaqil Samarqand xonligiga asos solindi va 1730-1731- yillargacha bu xonlik mustaqilligi saqlanib turildi. Ibrohimbiy o’ziga „amir-ul-umaro” (ulug’ amir) unvonini oldi. Ibrohimbiyning navbatdagi maqsadi Buxoro taxtini egallash,Rajab Sultonni Buxoro taxtiga o’tqazish hamda shu yo’l bilan xonlikning eng nufuzli kishisi bo’lish edi. Abulfayzxon siyosatidan norozi bo’lgan beklar Ibrohimbiyga qo’shiladilar. Ibrohimbiy kattaqo’shin to’plab Buxoroga yurish boshlaydi. Ibrohimbiy va Rajab sultonlar kimki ularga qo’shilsa, g’alabadan so’ng juda katta boylik va amal ulashishni va’da qiladilar. Jangda Muhammad Hakimbiy otaliq boshchiligidagi Buxoro qo’shinlari mag’lubiyatga uchraydi.Lekin Rajab Sulton Buxoro shahrini egallay olmaydi. Qanday bo’lmasin Buxoro taxtini egallash ishtiyoqida yonayotgan Ibrohimbiy va Rajab Sulton oqibatini chuqur o’ylab ko’rmasdan turib ko’chmanchi qozoqlardan yordam so’raydilar. Ularga katta o’ljalar va’da qiladilar. Jung’ar (qamoq) ko’chmanchilarining bosqinidan katta talafot ko’rgan, talangan hamda ocharchilikka duchor etilgan qozoqlar bu taklifga rozi bo’ladilar. Mamlakatga kirib kelgan qozoqlar talon-tarojlikni avj oldiradilar.Ular yetti yil mobaynida Zarafshon va Qashqadaryo vohalarigatalonchilik yurishlarini uyushtirib, hamma yoqni talab, xonavayron qiladilar. Na Buxoroda, na Samarqandda ularni to’xtatishga qodir kuch topilmadi. Bunday sharoitda ichki nizolar yanada avj oldi. Aholining Abulfayzxondan noroziligi kuchayib ketdi. Nihoyat, Abulfayzxon yaqinlarining talabi bilan Muhammad HakimbiyniBuxorodan chiqarib yuborishga qaror qiladi. Hakimbiy Qarshiga jo’nab ketadi, biroq u qulay fursat tug’ilishi bilanoq Buxoroda hokimiyatni yana o’z qo’liga olish niyatidan qaytmagan edi. Abulfayzxon esa vaqtini ko’ngilxushlik ishlariga sarflab, mayxo’rlikka berilib ketadi. Uning yetti farzandi bor edi. Mast chog’ida ularni o’limga mahkum etdi. Hali go’dak bo’lgan Abdulmo’mingina taxt ostiga yashirinib, omon qolgan. Xon davlat ishlarini deyarli nazorat qilmay qo’ydi. Oliy hokimiyat amalda oliyqo’shbegi bo’lib olgan Jovshon qalmoq qo’liga o’tdi. Markaziy hokimiyatning zaiflashuvi siyosiy tarqoqlikni yanada kuchaytirdi.Samarqand, Qarshi, Balx, Farg’ona, Badaxshon amalda mustaqil bo’lib oldilar. Bu ahvol tashqi dushmanlarning Movarounnahrga bostirib kirishiga qulay imkoniyat yaratdi. Eron shohi Nodirshoh Kavkaz, Hindiston, Usmonli turklar saltanati va Afg’onistonga qarshi zafarli yurishlardan so’ng, 1736- yili Buxoro xonligiga bostirib kirdi. Nodirshohning o’g’li Rizoqul yetakchiligidagi qo’shinlar Amudaryodan o’tib, ko’pgina hududlarni bosib oladi va Qarshini 15 kun qamal qiladilar. Bunday og’ir sharoitda Buxoro xoni Xiva xonidan yordam so’rashga majbur bo’ldi. Xiva xoni Elbarsxonning yordamga kelayotganidan xabar topgan Nodirshoh buyrug’iga binoan Rizoqul qo’shinlari orqaga qaytib ketadilar. 1740- yilda Eron qo’shinlari Buxoroga qarshi ikkinchi marta hujum qiladilar. Bu safar qo’shinni Nodirshohning o’zi boshqaradi. Buxoro va Xiva xonlari umumiy dushmanga qarshi kurashish uchun birlasha olmaydilar. Bu ham yetmaganidek, Buxoroning o’zida xoinlik yuz beradi. Xonlikda yetakchi mavqega ega bo’lib olish niyatidan qaytmagan Qarshi hukmdori Muhammad Hakimbiy Nodirshoh tomoniga o’tib ketadi. Abulfayzxon Eron bosqiniga qarshi kurashni uyushtira olmay, taslim bo’ladi. Nodirshoh Buxoro xonligining taslim bo’lish shartlarini Muhammad Hakimbiy orqali Abulfayzxongajo’natadi. Abulfayzxon Zarafshon daryosining bo’yidagi Chorbakr qo’rig’iga — Nodirshoh huzuriga borishga va shartnomani imzolashga majbur bo’ladi. Shartnomaga ko’ra, Nodirshoh qo’shinlari uchun 8 yilga yetadigan 200 ming xarvar bug’doy va arpa to’plab beradi. Bundan tashqari, Buxoro xonligi aholisidan 10 ming nafarli qo’shin to’planib, Nodirshoh ixtiyoriga jo’natiladi. Bu qo’shinga Muhammad Hakimbiyning o’g’li Muhammad Rahim qo’mondon etib tayinlanadi. Shunday qilib, Buxoro xonligi Eronga qaram davlatga aylanadi. Muhammad Hakimbiy esa imkoniyatdan foydalanib qo’shbegi (bosh vazir) lavozimini egallaydi. Butun hokimiyat amalda uning qo’lida to’planadi. Ashtarxoniylar hukmronligining barham topishi muqarrar bo’lib qoladi. Ashtarxoniylar davrida davlat tizimi va boshqaruvi o’z tuzilishi, mohiyati jihatidan shayboniylar davridagidan deyarli farq qilmas edi. Davlatning ichki va tashqi siyosatiga doir masalalar rasman oliy hokimiyat boshlig’i Xon ixtiyori bilan hal qilinardi. Markaziy va mahalliy hokimiyat boshqaruvida ham shayboniylar davrida amalda bo’lgan lavozimlar saqlanib qolgan (7-§ ga qarang). Ashtarxoniylar davrida saroy qutlovi davlat lavozimi joriy etilib, u davlat mablag’i hisobiga amalga oshiriladigan qurilish, suv inshootlari barpo etish va obodonchilik ishlarini boshqargan. Buxoro xonligi ma’muriy jihatdan viloyatlarga, viloyatlar tumanlarga bo’linib boshqarilgan. Viloyat hokimlari xon tomonidan tayinlangan. Harbiy sohada doimiy qudratli harbiy qo’shin, markaziy harbiy qo’mondonlikning yo’qligi, qo’shinning zamonaviy qurolyarog’lar, zambaraklar bilan ta’minlanmaganligi Buxoro xonk’gining harbiy jihatdan o’ta zaiflashuviga olib keldi. Ashtarxoniylar davrida yerga egalik qilishning, ilgarigi asrlarda amalda bo’lganidek mulki sultoniy, xususiy mulk, vaqf yerlari shakllari mavjud edi. Mulki sultoniy davlat yerlari hisoblanib, undan keladigan daromad xon xazinasiga kelib tushardi. Davlat yerlaridan o’sha joylarda yashagan dehqonlar foydalangan, ular yerni ishlatib, olingan hosildan xiroj solig’i to’laganlar. Xon davlat tasarrufidagi yerlarni, aholi yashaydigan qishloqlarni shahzodalarga, yirik din ulamolari va sayyidlarga suyurg’ol shaklida, harbiy qism boshliqlari, saroy amaldorlariga tanho shaklida in’om qilardi. Suyurg’ol qilingan katta yer egalari xon xazinasiga soliq to’lamas edi. Tanho shaklida in’om qilingan yerlar tanhodorning xususiy mulki bo’lmay, o’sha yerlarda ishlayotgan dehqonlardan soliq olish huquqi berilar edi. Xon ayrim shaxslarga hukmdorga ko’rsatgan alohida xizmatlari uchun ham yer-mulklar in’om etardi. Bunday mulklar soliqlardan ozod qilinardi va shu boisdan ular „Mulki xurri xolis” deb atalardi. Xususiy mulkchilik tobora kuchayib bordi. Xon tomonidan davlat yerlarini soliqqa tortmaslik sharti bilan yirik boylar va saroy amaldorlariga sotish hollari ham yuz berdi. Xususiy mulk egalari u yerlarda o’zlari ishlamas edi, yersiz dehqonlarga ijaraga berib, ularni zo’ravonlik bilan ishlatib, katta daromad olardilar. Diniy mahkamalarga mulki sultoniy hisobidan berilgan u yerlar, masjidlar, xonaqohlar, qabristonlar vaqf mulki hisoblanardi. Vaqf mulkidan ham soliq olinmas edi. Ko’chmanchi chorvador qabilalar ham katta-katta yerlarni egallab, o’troqlashib, dehqonchilik bilan shug’ullanadigan bo’ldilar. Natijada Qo’ng’irot, Mang’it, Nayman, Do’rmon va boshqa aholi yashaydigan yirik manzilgohlar vujudga keldi. Barcha mulk shakllariga xos xususiyat shunda ediki, ularda yersiz kambag’al dehqonlar ijara hisobiga mehnat qilganlar. Buxoro xonligidagi yerga egalik qilishning bunday tartibi oqibatda: qishloq xo’jaligidan tushadigan daromadlarning alohida shaxslar qo’lida to’planib borishiga; xon xazinasiga tushadigan daromadlarning kamayib, davlatning kuchsizlanishiga; — yerda ter to’kib ishlovchi, mahsulot yetishtiruvchi mehnatkash aholi moddiy ahvolining og’irlashuviga olib keldi. Tinimsiz urushlar, qabila boshliqlari va amirlar o’rtasidagi ichki kurashlar mamlakat iqtisodiy hayotini, aholining moddiy turmushini ayanchli ahvolga tushirdi. Sug’oriladigan yerlarda bug’doy, афа, jo’xori, loviya, mosh, sholi, paxta, savzavot va poliz ekinlari ekilgan. Dasht va tog’oldi lalmi yerlarda ham boshoqli ekinlar, kunjut, tarvuz, qovun ekilib, dehqonchilik qilingan. Dehqonchilik mamlakat iqtisodining butunlay inqirozga tushib qolishidan saqlab turgan asosiy omil bo’lib, aholining oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilgan. Imomqulixon davrida, 1614 - 1615- yillarda Qashqadaryodan Qarshi cho’liga kanal qazilgan. 1633 - 1634- yillarda Qo’shqo’rg’onda kanal qazilib, vohalarga suv chiqarilgan. Biroq ashtarxoniylar davrida suv inshootlari qurilishiga yetarli e’tibor berilmadi. Chorvachilik ham qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’i bo’lgan. Mehnatkash aholi chorva mollarini boqib, go’sht, sut mahsulotlari yetishtirgan. Ammo katta yaylovlar xon, saroy amaldorlari, din peshvolari, qabila boshliqlariga tegishli bo’lib, ming-minglab qo’ylar, podalar, yilqilar, tuyalar boqilardi. Jun, ten va boshqa chorvachilik mahsulotlari yetishtirilar, ichki va tashqi bozorda sotilar edi. Ho’kizlardan yer haydashda, omoch va mola tortishda keng foydalanilar edi. Hunarmandchilik mahsulotlari asosan shaharlarda, qisman yirik qishloqlarda yetishtirilar edi. Hunarmandchilikning to’qimachilik tarmog’ida ip yigirish, gazlamalar tayyorlash, tayyor kiyimlar tikish, gilam to’qish, kashtachilik ancha rivojlandi. Hunarmandchilikning kulolchilik tarmog’i ham rivoj topadi. O’lkada sog’ tuproq manbalarining ko’pligi sopol va chinni idishlar, ko’za, kosa va boshqa tayyor kulolchilik mahsulotlari tayyorlashga imkoniyat berardi. Metall va yog’ochga ishlov berish orqali uyro’zg’or buyumlari tayyorlash, binolar qurilishida yog’och va ganch o’ymakorligi kabi hunarmandchilik tarmog’i ham ancha o’sdi. Buxoro va Samarqandda yuqori sifatli yozuv qog’ozi ishlab chiqarish, tog’li hududlardan nodir metallar, kaliy qazib olish ham yo’lga qo’yilgan. Buxorolik hunarmandlar 200 ga yaqin kasb turlari bilan shug’ullangan. XVII - XVIII asrlarning birinchi yarmida savdo-sotiq ishlari ham bir qadar o’sib bordi. Savdo-sotiq ishlarida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Toshkent, Balx va boshqa yirik shaharlarning mavqeyi baland edi. Ichki savdoda dehqonchilik, chorvachilik mahsulotlariga, hunarmandchilik buyumlariga ehtiyoj kattaligi sababli bozorlar gavjum bo’lardi. Tashqi savdo ham to’xtab qolmadi. Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Qashg’ar, Turkiya mamlakatlariga paxta, teri, jun, turli matolar va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlari chiqarilar edi. Buxorolik savdogarlarning Sibir shaharlarida o’z savdo rastalari bo’lgan. Xitoydan shoyi matolar, chinni idishlar, dori-darmon, choy, Hindistondan qimmatbaho toshlar, matolar, oltin iplar olib kelib sotilgan. Ashtarxoniylar davrida davlat xazinasini boyitishning yagona usuli soliq deb hisoblangan. Shu boisdan soliqlar turi va miqdori ko’paytirilgan. Asosiy soliq to’lovchi raiyat — dehqonlar, chorvadorlar, hunarmandlar, savdogarlar bo’lib, ulardan xiroj, zakot, ixrojot, boj va boshqa soliqlar undirilgan. Soliqlardan tashqari aholi kanallar qazish, ariqlarni tozalash, qurilish va boshqa ishlarga majburan jalb etilardi. Urush yillarida soliq miqdori haddan tashqari oshirilardi. Subhonqulixon davrida raiyatdan 7 yillik soliqlarni birdaniga yig’ib olish hollari bo’lgan. Ubaydullaxon esa aholidan yig’iladigan soliqlar miqdorini 4 baravarga ko’paytirgan. Ubaydullaxon 1708- yilda pul islohoti o’tkazib, tarkibining 35 foizini kumush tashkil etuvchi tangalar o’rniga, tarkibida 9 foiz kumush bo’lgan tangalarni zarb ettiradi va uning qimmatini oldingi tangalarga teng deb belgilaydi. Natijada pulning qadri 4 baravar kamayadi, norozilik kuchayib, do’kondor va hunarmandlar o’z mahsulotlarini sotmay qo’yadi, do’konlar yopiladi, savdo-sotiq ishlariga katta zarar yetadi. Muhammad Amin Buxoriyning „Ubaydullanoma” asarida „Oddiy xalq va kambag’allar mushkul ahvolda qoldilar, kundalik yeyish-ichishdan mahrum bo’ldilar, hatto kafan uchun mato topolmay,jonlarini xudoga topshirdilar”, deb yozilgan edi. Bunday ahvolga chiday olmagan xalq 1708- yilda Buxoroda qo’zg’olon ko’taradi. Qo’zg’olonchilar xon saroyiga yaqinlashib, saroyni o’rab oladilar. Ark darvozasiga tosh yog’dirib, xonni haqoratli so’zlar bilan badnom qiladilar. Qo’zg’olon bostiriladi, yangi tangalar qimmati ikki baravarga tushirilib, do’konlar qayta ochiladi. 1712- yilda Samarqandda qo’zg’olon ko’tarilib, xalqqa zulm va zo’ravonlik qilayotgan kenagas qabilasidan qo’yilgan Sulton To’qsabo shahardan haydaladi. XVIII asrda Balx, Karmana, Miyonqol, Shahrisabz va boshqa viloyatlarda ham xalq qo’zg’olonlari ko’tariladi. Biroq qo’zg’olon tartibsiz, tarqoq holda bo’lganligi uchun tezda bostiriladi. Xalq qo’zg’olonlari Buxoro xonligi siyosiy tartiblarining istiqboli yo’qligini yaqqol ko’rsatdi va uni yanada zaiflashtirdi. Ashtarxoniylar davrida avj olgan ichki ziddiyatlar, tinimsiz urushlar, siyosiyparokandalik ma’naviy-ma’rifiy, madaniy hayotga salbiy ta’sir etdi. Biroq bunday murakkab siyosiy vaziyat maorif, ilmfan, madaniyat rivojini to’xtatib qololmadi. XVII - XVIII asrlarda shahar va qishloqlarda ko’plab maktab (maktabxona)lar faoliyat ko’rsatgan. O’g’il va qiz bolalar alohida alohida maktablarda o’qitilgan. O’g’il bolalar maktablari masjidlar, madrasalar, korxonalar qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida tashkil etilgan bo’lib, masjid imomi yoki madrasani tugatgan ziyoli kishilar o’qituvchilik qilgan. Ularni domla deyishgan. Qiz bolalar maktablari badavlat kishilar yoki o’qituvchi ayollar uylarida tashkil etilgan, qizlarni otinoyi, otinbibi, bibixalifa,bibiotin deb atalgan ayol o’qituvchilar o’qitishgan. Maktablar xarajati va domlalarning maoshi vaqf mulkidan tushgan daromadlar hamda o’quvchilarnmg ota-onalari tomonidan o’qish uchun to’langan mablag’lar hisobidan qoplangan. Yetim-yesirlar bepul o’qitilgan. Bolalar maktabga 6 - 7 yoshdan berilgan va 5 - 8 yil davomida ularga boshlang’ich ta’lim berilgan. O’quvchilarga avval harflar o’rgatilgan, keyin bo’g’inlar, ularni qo’shish orqali so’z tuzish, «Haftiyak» („Qur’oni Karimning yettidan biri”) kitobini o’qish o’rgatilgan. Hisob darsida sonlar, ularni qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish amallari o’rgatilgan. O’quvchilar Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Mashrab, Hofiz Sheroziy, So’fi Olloyor asarlarini, „Chor kitob”ni o’qib saboq olganlar. Qizlar maktablarida uy-ro’zg’or tutish, pazandachilik, odob-axloq, pokizalik sirlarini o’rganishga ko’proq o’rin berilgan. Bolalar o’qishni to’liq o’zlashtirib olganlaridan keyingina yozishga o’tganlar. Bolalarga kitoblardan ko’chirib yozish, mustaqil ravishda duoyi salom xati, ish yuzasidan turli ma’lumotlar yozish malakalari o’rgatilgan. Maktablarda imtihonlar bo’lmagan, o’quvchilarga maktabni bitirgani to’g’risida hujjat ham berilmagan. Bolaning ravon o’qishi, to’g’ri yoza olishi, hisob-kitobni bilishi maktabni bitirganligiga guvoh bo’lgan. Madrasa o’rta va oliy o’quv yurti hisoblangan. Madrasaga maktabxonalarni tugatganlar qabul qilingan. Madrasa ta’limi talabalar iqtidoriga qarab 7 - 12 yil davom etgan. Buxoro xonligi shaharlarida 150 dan ortiq madrasa bo’lgan. Madrasada arab, fors tilida yozilgan kitoblar o’qitilgan, ular talabalarga mudarris tomonidan turkiy tilda sharhlab berilgan. O’qish „Avvali ilm” deb nomlangan fors tilidagi o’quv qo’llanmasini o’zlashtirishdan boshlangan. Keyin arab tili grammatikasi o’qitilgan. Fiqh (huquq) kursi majburiy kurs hisoblangan. Madrasalarda umumta’lim kurslaridan falakiyot, handasa, tibbiyot, kimyo, tarix, jug’rofiya, adabiyot, araz ilmi, me’morchilik asoslari, xattotlik, musiqa, axloq, notiqlik kabi fanlar o’qitilgan. Talabalardan Imom al-Buxoriy, Abu Mansur Moturidiy, Burhoniddin Marg’inoniy asarlarini, jami 137 darslik va o’quv qo’llanmalarini o’zlashtirish talab etilgan. Diniy mutaassiblik, xalq ommasidan diniy aqidalarga so’zsiz itoat etish talablarining kuchayishi ilm-fan ravnaqiga salbiy ta’sir etdi. Shunga qaramasdan ilm-ahllari ijodi batamom to’xtab qolmadi. XVII asrning taniqli olimi, Mir Arab madrasasi mudarrisi Muhammad Sharif Buxoriy (1609-1697) falsafa, tasavvur, tarix, fiqh, tilshunoslik, astronomiya sohasida 20 dan ortiq asarlar yozgan. Uning „Davriylik haqida risola” asari makon va zamon masalalariga bag’ishlangan. Uning „Xoqonga foydali maslahatlar” kitobi 25 bob 32 fasldan iborat bo’lib, unda shariat qonun-qoidalari, ijtimoiy hayot va axloqiy muammolarga oid ma’lumotlar, hukmdorlar to’g’risida qiziqarli lavhalar o’z ifodasini topgan. Matematika, handasa, kimyo, astronomiya sohasida Mulla Tursun Fariziyning, falsafa va mantiq sohasida Mulla Yusuf Qorabog‘iyning asarlari bizgacha yetib kelgan. Boboxoja ibn Xoja Orif Samarqandiy tomonidan 1678-yilda falakiyot, ilmi hay’at haqida risola yozilgan. Mahmud ibn Valining 1636- yilda yozilgan „Baxrul-asror” („Sirlar dengizi”) asarida samarqandlik va buxorolik 20 nafar olim haqida ma’lumotlar berilgan. Subhonqulixon davrida tibbiyot ilmi rivojlandi. Uning tashabbusi bilan Buxoroda „Dor ush-shifo” qurilib, bemorlarni davolash ishi yo’lga qo’yilgan, tibbiyotga ixtisoslashgan madrasa qurilib, shifokorlar tayyorlangan. Subhonqulixonning tibbiyotga oid kitoblar jamlangan nodir kutubxonasi bo’lgan. U „Subhoniy tibbiyoti bo’yicha davolash”, „Baxtli soatni aniqlashda oy manzillarining mohiyati” nomli ilmi nujumga oid kitoblar yozgan. XVII - XVIII asr birinchi yarmida Buxoro tarixiga doir qator asarlar yaratiladi. Tarixchi va geograf olim Mahmud ibn Valining „Oliyjanob insonlar jasorati xususida sirlar dengizi” asarida Movarourmahr va Xuroson tarixi, mamlakatlar, shaharlar, okean va dengizlar, hayvonot olami haqida qimmatli ma’lumotlar bayon qilinadi. U „Muhabbatnoma”, „Axloq husnlari” risolalari hamda 50 ming baytdan iborat katta devon muallifidir. Tarixnavislikda Muhammad Yusuf Munshiyning „Tarixi Muqimxoniy”, Muhammad Amin Buxoriyning „Ubaydullanoma”, Muhammad ibn Muhammad Zamon Buxoriyning „Muhit ut-tavorix” („Tarixlar dengizi”), Abdurahmon Tolening „Abulfayzxon tarixi”, Xojamqulixon Balxiyning „Qipchoqxon tarixi” asarlari muhim ahamiyatga egadir. XVII - XVIII asr birinchi yarmida adabiyot ancha rivoj topdi. Adabiy muhitda Bedil (asli ismi Mirzo Abdulqodir, 1644 - 1721) ning o’rni katta. U kesh (Shahrisabz)lik, turkiy barlos urug’idan, Hindistonga ko’p marta safar qilgan, Dehlida vafot etgan. Bedil inson erkinligi, tafakkuri haqida falsafiy, axloqiy qarashlarini she’riy va nasriy asarlarida bayon etgan. Bedil 120 ming misradan ortiq she’riy va nasriy asarlar yozgan. Uning yirik asari „To’rt unsur” nasrda yozilgan bo’lib, havo, suv, yer, olov , haqida, shuningdek, o’simliklar, hayvonlar va odamning kelib сhiqishi haqida o’z qarashlarini bayon etadi. Bedilning „Irfon” dostonida falsafa, tarix va ilohiyotning xilma-xil masalalari bayon etilgan. Bedilning fikricha, dunyo abadiy bo’lib, to’xtovsiz harakat qiladi va o’zgarib turadi. U she’rlarida jamiyatdagi jabr-zulm, adolatsizltk kabi illatlarni qoralaydi. Bedil asarlarining ko’pchiligi 16 jildli „Kulliyot”iga kirgan (Bombey, 1882). Bedil Turkistonda „Abulma’oniy” („Ma’nolar otasi”) degan nom olgan. Sayido Nasafiy (asl ismi Mirobid 1637-1710) to’quvchilik bilan shug’ullangan, ko’pgina she’rlarida ijtimoiy tengsizlikka, jabr-u zulmga qarshi norozilik bayon etilgan. U 212 xil kasb-hunar egalari haqida fikr bildirib, hunar ahlini ulug’lagan. Uning „Bahoriyat” („Hayvonotnoma”) majoziy-munozara asarida, g’azallarida o’z davrining ijtimoiy-siyosiy hayoti qalamga olingan. Turdi (XVII asr) hajviy she’rlari bilan tanilgan shoir. Turdining merosi 18 she’rdan iborat bo’lib, ulardan 12 tasi g’azal, 5 tasi muxammas janriga oid. 434 misra hajmdagi bu merosning 165 misrasi Subhonqulixon haqidagi hajviyalardir („Subhonqulixon to’g’risidahajviya”, 1691). Uning tasavvufiy she’rlari g’oyat go’zal va teran falsafiy mazmunga boy bo’lgan. U yurtni boshqarayotgan beklarga shunday murojaat qiladi: Tor ко‘ngullik beklar, manman demang, kenglik qiling, To‘qson ikki bovli о‘zbek yurtidir, tenglik qiling... So’fi Olloyor (1644 - 1724) tariqat arbobi va shoir. U shayxlik martabasiga ko’tarilgan, valiulloh (karomat sohibi) bo’lib yetishgan. U forsiy tilda „Taqvodorlar maslagi”, „Oriflar murodi”, turkiy tilda „Ojizlar saboti”, „Najot tantanasi” kabi masnaviy asarlarini yaratgan. Uning „Taqvodorlar maslagi” („Maslakul-muttaqin”) asari 12 ming bayt, 135 ta bobdan iborat bo’lib, ilohiy ma’rifat badiiy talqinda bayon etilgan o’zbek falsafiy adabiyotining yetuk namunasidir. Bu asar maktab va madrasalarda darslik qatorida o’qitilgan. Buxoro xonligi adabiy muhitini Mashrab (Boborahim Mulla Vali o’g’li), Xoja Samandar Termiziy, Mutribiy, Samarqandiy, Mulla Sodiq Samarqandiy kabi yetuk namoyandalar ham o’z asarlari bilan boyitdilar. Xattotlik, miniatura rassomlik san’ati, kitob ko’chirish, ularni naqsh va tasvirlar bilan bezatish san’ati davom ettirildi. 1624- yilda Samarqandga ko’chirilgan Sharafiddin Ali Yazdiyning „Zafamoma” kitobi o’sha davr kitobat san’atining yorqin namunasidir. Xalq ommasining o’ziga xos ijodiyoti qo’shiqlar, ertaklar, masxaraboz-qiziqchilarning shahar maydonlarida namoyish qiluvchi san’atida, askiyalarida namoyon bo’ldi. Musiqa san’atida turli sozandalar xalq yoqtirgan kuylar va ashulalarni ijro etib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’lardilar. Buxoro xonligi tasarrufidagi hududlarda me’morchilik ishlari ham ancha rivoj topdi. Ko’plab masjidlar, madrasalar, bozorlar, xonaqohlar, karvonsaroylar, hammomlar, sardobalar bаrpо etildi. XVII asrda Samarqand Registoni ansamblining hozirgi qiyofasi shakllantirildi. Samarqand hokimi Yalangto’sh Bahodir 1619-1635- yillarda vayrona holatga tushib qolgan Registon maydonida Ulug’bek madrasasi qarshisida Sherdor madrasasini, uning yonida 1646-1659- yillarda Tillakori madrasa-masjidini o’z mablag’lari hisobidan bunyod ettirgan. Samarqand Registon ansambli o’zining rang-barang koshinkor bezaklari, naqshinkor peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan O’rta Osiyo me’morchiligining noyob tarixiy yodgorligi bo’lib, bugungi kunda jahon jamoatchiligi, sayyohlari e’tiborini o’ziga jalb qilmoqda.
Xulosa Buxoroda yirik me’moriy majmua — Labihovuz ansambli bunyod etildi. Buxoroning eng badavlat kishilaridan biri bo’lgan Nodirdevonbegi 1620- yilda bozor maydoni o’rtasida bo’yi 45 metr, eni 36 metr, chuqurligi 5 metr bo’lgan katta hovuz qurdirib, atrofini shag’al, marmar va toshlar bilan mustahkamlattiradi. Hovuz atrofida Nodirdevonbegi madrasasi va xonaqohi, Ko’kaldosh madrasasi, Ernazar elchi madrasasi bunyod etiladi. 1652- yilda Buxoro shahrida Abdulazizxon qurdirgan qo’sh imoratli madrasa mustahkamligi, nan’s naqshli koshinlarga boyligi bilan ajralib turadigan, o’z zamonasi me’morchiligining yetuk namunasi hisoblanadi. Imomqulixon Madina shahrida Chorbog’, Makkadagi Ka’baga kiraverish darvozalaridan biri ostonasi uchun oltin va kumush tutqichli yog’och zina qurdiradi. XVIII asr boshlarida Qarshida Shermuhammadbiy, Xo’ja Qurbonbiy madrasalari, savdo yo’llarida hashamatli rabotlar barpo etiladi. Xulosa qilib aytganda, XVII - XVIII asr birinchi yarmida og’ir siyosiy vaziyatga qaramasdan xalqimiz o’zining ijodkorlik, bunyodkorlik xislatlarini namoyon qila oldi. XVII - XVIII asrlarda shahar va qishloqlarda ko’plab maktab (maktabxona)lar faoliyat ko’rsatgan. O’g’il va qiz bolalar alohida alohida maktablarda o’qitilgan. O’g’il bolalar maktablari masjidlar, madrasalar, korxonalar qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida tashkil etilgan bo’lib, masjid imomi yoki madrasani tugatgan ziyoli kishilar o’qituvchilik qilgan. Ularni domla deyishgan. Qiz bolalar maktablari badavlat kishilar yoki o’qituvchi ayollar uylarida tashkil etilgan, qizlarni otinoyi, otinbibi, bibixalifa,bibiotin deb atalgan ayol o’qituvchilar o’qitishgan. Maktablar xarajati va domlalarning maoshi vaqf mulkidan tushgan daromadlar hamda o’quvchilarnmg ota-onalari tomonidan o’qish uchun to’langan mablag’lar hisobidan qoplangan. Yetim-yesirlar bepul o’qitilgan. Bolalar maktabga 6 - 7 yoshdan berilgan va 5 - 8 yil davomida ularga boshlang’ich ta’lim berilgan. O’quvchilarga avval harflar o’rgatilgan, keyin bo’g’inlar, ularni qo’shish orqali so’z tuzish, «Haftiyak» („Qur’oni Karimning yettidan biri”) kitobini o’qish o’rgatilgan. Hisob darsida sonlar, ularni qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish amallari o’rgatilgan. O’quvchilar Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Mashrab, Hofiz Sheroziy, So’fi Olloyor asarlarini, „Chor kitob”ni o’qib saboq olganlar. Qizlar maktablarida uy-ro’zg’or tutish, pazandachilik, odob-axloq, pokizalik sirlarini o’rganishga ko’proq o’rin berilgan. Bolalar o’qishni to’liq o’zlashtirib olganlaridan keyingina yozishga o’tganlar. Bolalarga kitoblardan ko’chirib yozish, mustaqil ravishda duoyi salom xati, ish yuzasidan turli ma’lumotlar yozish malakalari o’rgatilgan. Maktablarda imtihonlar bo’lmagan, o’quvchilarga maktabni bitirgani to’g’risida hujjat ham berilmagan. Bolaning ravon o’qishi, to’g’ri yoza olishi, hisob-kitobni bilishi maktabni bitirganligiga guvoh bo’lgan. Madrasa o’rta va oliy o’quv yurti hisoblangan. Madrasaga maktabxonalarni tugatganlar qabul qilingan. Madrasa ta’limi talabalar iqtidoriga qarab 7 - 12 yil davom etgan. Buxoro xonligi shaharlarida 150 dan ortiq madrasa bo’lgan. Madrasada arab, fors tilida yozilgan kitoblar o’qitilgan, ular talabalarga mudarris tomonidan turkiy tilda sharhlab berilgan. O’qish „Avvali ilm” deb nomlangan fors tilidagi o’quv qo’llanmasini o’zlashtirishdan boshlangan. Keyin arab tili grammatikasi o’qitilgan. Fiqh (huquq) kursi majburiy kurs hisoblangan. Madrasalarda umumta’lim kurslaridan falakiyot, handasa, tibbiyot, kimyo, tarix, jug’rofiya, adabiyot, araz ilmi, me’morchilik asoslari, xattotlik, musiqa, axloq, notiqlik kabi fanlar o’qitilgan.