O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIMI
Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 24-14 gurux talabasi
Araqulova Durdona
MUSTAQIL ISHI
GO'DAKLIK DAVRINING PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Go`daklik davri bo`yicha psixologik nazariyalar.
2. Go`dakda muloqot ko`lamining kengayishi.
3. Nutqning paydo bo`lishi.
Go`dakning bir yoshgacha davridagi psixologik xususiyatlarini
o`rganish bo`yicha qator tadqiqotlar mavjud. Shular orasida N.L.Figurin,
M.P.Denisova,
M.Yu.Kistyakovskaya,
A.Vallon,
D.B.Elkonin,
Ye.A.Arkin, S.Fayans, Sh.Byuler, F.I.Fradkinalarning asarlari alohida
ahamiyatga molikdir.
S.Fayans tajribasida go`dakka chiroyli va jozibador o`yinchoqlar 9
sm masofadan ko`rsatilganda u butn vujudi bilan ularga intilgan
keyinchalik oraliq 60 sm bo`lganida bolaning intilish, qo`l cho`zishi,
sustlashgan va nihoyat ular 100 sm dan ko`rsatilganda bolada intilishi,
cho`zilishi, ixtiyorsiz harakati mutlaqo so`ngan. U o`yinchoq bilan bir
qatorda turgan katta kishiga ham ana shunday befarq qaragan. Masofa
qanchalik qisqarsa, bolaning unga intilishi, qiziqishi shunchalik
kuchayib borishini kuzatib borish mumkin.
Yuqoridagi tajriba materiallari asosida, shunday xulosa chiqarish
mumkin: kattalr go`dak qatnashayotgan faoliyatni jonlantiradilar.
Go`dakni qurshab turgan jismlar borgan sari uning nigohini o`ziga
tortib, maftun qilib, qo`zg`atuvchi vazifasini bajarib, bolaning qidirish,
mo`ljal olish, chamalash faoliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Tadqiqotchi A.V.Yarmolenko yarim yoshlik go`daklarda jozibali
narsalarning o`zaro qiyosiy tasnifini tadqiq qilgan. Mkallif olgan
ma`lumotlarga qaraganda, go`dak bexisob jismlar orasida insonni (katta
yoshli odamlarni) tobora aniqroq, ravshanroq ajrata boshlagan. Shu
bilan birga harakatsiz ko`ruv qo`zg`atuvchisiga diqqatni to`plash 26
sekunddan 37 sekundgacha, harakat qilmayotgan odamga bolaning
tikilishi 34 sekunddan 111 sekundgacha, harakatdagi ko`ruv
qo`zg`atuvchisiga qarashi, 41 sekunddan 78 sekundgacha, harakatdagi
insonga e`tibor berishi 49 sekunddan 186 sekundgacha ortgan. Tajribada
go`dakning harakatlanayotgan odamga diqqatni to`plab turishi to`rt
marotaba ortgani aniqlangan.
Bizningcha, go`dak jonsiz narsalarga qaraganda odamga diqqatini
barqarorroq qaratishi uning kattalarga munosabati o`zgarganidan emas,
balki ular bilan aloqaga kirishganda sust ritseptor o`rnini faolroq
retseptor egallaganidandir. Go`dakda fazoviy tassavurning boyishida
jismlarni idrok qilishdagi farqlashning takomillashuvi muhim vosita
hisoblanadi. hayot tajribasi ortib borishi, mashqlar natijasida jismlarning
alomat va belgilarni farqlash uquvi paydo bo`ladi.
Frantsuz psixologi Anri Vallon go`dakda ijtimoiy ta`sirlanish ortib
borishini atroflicha tadqiq qilgan olimdir. Uning tag`kidlashicha, yarim
yoshli bolada boshqa odamlardan farqli ravshda javob reaktsiyasi
(ta`siri) o`zining yuqori bosqichiga ko`tariladi. Bola olti oyligida boshqa
kishilarning imo-ishorasiz ta`siriga javob berishi (ta`sirlanishi) 50 foizgi
tashkil qiladi, yetti oyligida esa aynan shu reaktsiya 20 foizga kamayadi,
ammo imo-ishora orqali muloqot 41 foizga ortadi; yetti-sakkiz oylikda
boshqa kishilarga talpinishi, tabassum qilish birinchi yarim yillikdagidan
to`rt marta ko`pdir.
Yuqoridagi tadqiqotlarning fikr-mulohazalarini umumlashtirsak,
qimmatli
umumpsixologik
fikrlarni
muayyan
tartibda,
izchil
joylashtirish mumkin bo`ladi. Birinchidan, mazkur yosh davrida bola
bilan uni parvarish qilayotgan kattalar o`rtasida yaqin va nisbatan
barqaror aloqa o`rnatiladi. Ikkinchidan, go`dak qatnashadigan har
qanday favquloddiy holat va muammoli vaziyatda kattalar markaziy
siymoga aylanadilar. Uchinchidan, go`daklik davrining oxirida
hamkorlikdagi o`yin faoliyati individual o`yin faoliyatiga aylanadi.
SHunday qilib, go`daklik davrida kattalar bilan faol aloqaga
kirishish ehtiyoji tug`iladi va bu aloqa nutq davrigacha muloqotning
o`ziga xos yangi shakli sifatida bolaning o`sishida muhim rol o`yynaydi.
Bir yoshgacha davrda raydo bo`lgan ehtiyojning tobora chuqurlashuvi
bilan nutq davrigacha muloqot cheklanganligining nomutanosibligi bir
yoshdagi inqirozi keltirib chiqaradi. Vujudga kelgan qarama-qarshilik
o`z yechimini nutq orqali muloqot davrida topadi va bola o`sishning bir
bosqichidan ikkinchi bosqichiga o`tayotganinin ifodalaydi. Go`dakning
nutq faoliyati takomillashgani sayin muloqotning mazmuni boyib,
ko`lami kengayib boradi. Natijada haqiqiy ma`nodagi shaxslararo
munosabat vujudga keladi, go`dakning shaxsga aylanishi va
ijtimoiylashuviga
keng
imkoniyatlar
yaratadi.
Mazkur
davrda
go`dakning o`sishini ta`minlovchi ob`ektiv va sub`ektiv sharoitlar
yaratilishi – bolaning faollligi ortishi uchun psixologik negiz bo`ladi.
Harakatning psixologik xususiyatlari va mexanizmlarini qator
tajribalar asosida o`rgangan olimlardan D.B.Elkoninning ishonch bilan
ta`kidlashicha 2-3 haftalik go`dakda ko`z konvergentsiyasi vujudga
kelsa ham, o`z nigohini turli jismlarga qaratib turish jarayoni qiyin
kechadi, hayotining 3-5 haftalarida esa uning nigohi oz fursat bo`lsada,
muayyan ob`ektga to`plana boshlaydi. 4-5 haftalik go`dakda 1-1,5 metr
naridagi jismlarni kuzatish ko`nikmasi hosil bo`ladi. Ikki oylik bola 2-4
metr uzoqlikdagi narsani kuzatishni o`rganadi, u uch oyligida 4-7 metr
oraliqdagi jismlarni ham payqay oladi, nihoyat, 6-10 haftalik go`dak
hatto, aylanayotgan predmetning harakatini idrok qilish imkoniyatiga
ega bo`ladi. Keyinchalik hissiy organlarining ko`z bilan funktsional
aloqalar o`rnatish qaror topadi. Go`dak to`rt oyligida uning jismga
tikilish va uni tomosha qilishi nisbatan barqaror bo`ladi.
Yuqoridagi fikrlarga qaramay, mazkur yoshdagi bolalarda qo`l
harakati hali beixtiyor xususiyatga ega bo`lib, jismlarna maqsadga
muvofiq harakatlantirishdan ancha uzoqdir. Go`dak 4 oyligidan boshlab
narsaga qo`lini yo`naltiradi, asta-sekin unda payraslash uquvi namoyon
bo`la boshlaydi. 5-6 oyligida predmetni ushlash va uni o`ziga tortib olish
(qo`ldan yulib olish) ko`nikmalari shakllanadi. harakat va teri tuyush
organlari sifatida qo`sh vazifani o`tovchi ko`rish qobiliyati bir maromda
rivojlanishdan bir muncha kechikadi. Bola 6 oyligida unda o`tirish,
turish, emaklash, yurish, gapirish ko`nikmalari shakllanadi.
Qo`l ushlash harakatining vujudga kelishi ham go`daklik davrining
muhim rivojlanish pallasi hisoblanadi. Chunki qo`l bilan ushlash
harakati, birinchidan ko`rish harakatini muvofiqlashtirsa, ikkinchidan,
mazkur psixologik holat birinchi yo`naltirilgan harakatni ifodalaydi,
uchinchidan, jismlarni ishlashga intilishning o`zi predmet bilan turli
harakatlarni bajarish (manipulyatsiya)ning eng qulay shartidir.
Tadqiqotchilarning ta`kidlashlaricha, “yangilik” alomati bola
uchun muhim ahamiyat kasb etgani sababli unda orientir refleksi borgan
sari faollashib borgan. Shuning uchun “yangi” lik alomatining
qo`zg`atuvchilik xususiyati bolaning faoliyatida uchraydigan takroriy va
uzluksiz harakat mexanizmlarini tushinishga, idrok qilinayotgan
narsalarga faol ko`z yugurtirish va predmet bilan turli harakatlarni
bajarishning psixolgik mohiyatini ochishga xizmat qiladi.
R.Ya.Abramovich – Lextman go`dakning bir yoshgacha davrida
predmetlar bilan harakat qilishini o`rganib, ularning oltita rivojlanish
bosqichidan iborat ekanligini aytadi. Bular: a) faol sergaklik (tetiklik)-2
haftalikdan 4-5 haftalikkacha; b) sensor faollik-1,5 oylikdan 2,5-3
oylikkacha; v) harakatoldi-2,5-3 oylikdan 4-4,5 oylikkacha; g) sodda
“sermahsul” harakat –4 oylikdan 7 oygacha; d) o`zaro bog`langan
(uyg`un) harakat-7 oylikdan 10 oylikkacha; ye) funetsional harakat –10-
11 oylikdan 12-13 oylikkacha davom etadi. Muallif har bir bosqichining
o`ziga xos xususiyatlarini ham sxematik, ham tekstual tarzda ifodalagan.
Bir yoshgacha bolalarda ta`sirlanishning eng muhim jihatlari paydo
bo`lishi va shakllanishi jarayonining rivojlanishi sxemasini N.L.Figurin
va M.P.Denisova tuzdilar. Buning uchun ular ta`sirlanishning 34 ta
ko`rinishini tanlab: ta`sirlanish mavjud emasligi, ta`sirlanish namoyon
bo`lishi, uzil-kesil ta`sirlanish shakllanishi bosqichlarida psixologik
tavsif berganlar.
Predmetning xususiyatiga qarab bola harakatidagi o`zgarishlarni
M.Yu.Kistyakovskaya,
D.B.Elkonin,
Ye.A.Arkin,
V.S.Muxina,
N.A.Menchinskaya va boshqalar, reptseptor faoliyat mexanizmlarni
I.P.Pavlov va uning shogirdlari F.R.Dunaevskiy va boshqalar
o`rganishgan.
Ularning
talqinicha,
emaklash-go`dakning
fazoda
mustaqil holda o`rin almashtirishi, harakat qilishning dastlabki
ko`rinishidir. Mustaqil yurish – go`dakning insonlarga xos yo`sinda
fazoda siljish, joyidan qo`zg`alishni amalga oshirish uchun muayyan
darajada
tayyorgarlikni
taqozo
qiluvchi
harakatlarining
yangi
ko`rinshidir.
SHunday qilib, go`dakning jismlar bilan bevosita amaliy aloqaga
kirishuvi va ular yordamida harakatlanishi narsalarning yangi xossa va
xususiyatlarini bilib borishi, ular bilan munosabatini yanada
kengaytirishi uchun imkon yaratadi.
Go`dakda muloqot ko`lamining kengayishi va nutqning vujudga
kelishi.
Oldingi sahifalarda bayon qilinganidek, go`dakning kattalar bilan
uzviy bog`liqligi majburiy muloqotga kirishishni taqozo qiladi.
Shaxslararo aloqa o`rnatish zarurati bolada noverbal, nutqsiz
muloqotning maxsus shakli paydo bo`lishiga olib keladi. Shuni alohida
ta`kidlash kerakki, organizmning tashqi va ichki qo`zg`atuvchilariga
javobi “jonlanish”ni keltirib chiqaradi. Muloqotning eng oddiy
ko`rinishlari keyinchalik boshqa murakkabroq ko`rinishlarining vujudga
kelishiga puxta zamin yaratadi.
Katta yoshli kishilar tovushiga taqlid qilib, go`dakni qurshab
turgan odamlar nutqini idrok qilinishi tom ma`nodagi nutq faoliyatini
tarkib toptiradi. Muloqotning so`nggi turlari go`dak hayotining ikkinchi
yarim yilida ko`zga tashlanadi. Uning o`zini parvarishlayotgan,
odamlarga ilk tabassum, quvonch va shodlik tuyg`usi bilan boqishi faqat
xush kechinmalaridan emas, balki ichki mexanizmlarini ifodalovchi,
muayyan darajada tashkil topgan ijobiy ta`sirlanishni aks ettiruvchi
muloqotdan ham iboratdir. Katta yoshli odamlardan ta`sirlanish his-
tuyg`usi go`dakning hayoti va faoliyatida bir necha yo`nalishda qaror
topib boradi. Ulardan bittasi quvonch yoki tabassum tuyg`usida:
kattalarga butun vujudi bilan talpinishi, tikilib turishi, harakatlarini
kuzatishi, qo`lini uzatishi, boshini qo`zg`atuvchi kelgan tomonga
burishi, o`ziga xos tovushlar chiqarishi yoki gugulashida yaqqol
ko`rinadi. Ta`sirlanish his-tuyg`usi “jonlanish majmuasi” bilangina
emas, balki uning alohida tarkibiy qismlari (tovush, chehra va
hokazolar) ta`sirida ham vujudga keladi. Ta`sirlanish tuyg`usi
keyinchalik tanlovchanlik xususiyatini kasb etib, faqat ayrim (yaqin,
tug`ishgan) kishilarga nisbatangina hosi bo`ladi.
Bolaning hamkorlikdagi (ota-ona, enaga, murabbiya yoki
tug`ishganlari ishtrokidagi) o`yin faoliyati ham, his-tuyg`uga berilishi
ham nutq va nutq faoliyati bilan chambarchas bog`liq bo`ladi.
Olima G.L.Rozengart-Pupko bolaning nutqni tushinishi (idrok
qilishi) jarayonini o`rganib, ko`ruv idroki va predmetlarga ko`z
yugurtirish, ularning nomlarini tushinish rivojlanishiga yordam beradi,
deya xulosa chiqaradi. Tadqiqotchilardan Z.I.Barabanova go`dakning
nutqni idrok qilishini tekshirib, undagi turli analizatorlarning roliga baho
beradi. Uning ma`lumotlariga qaraganda, g`o`zqatuvchi 10 marta
namoyon bo`lishida ko`ruv analizatorlarining yo`nalishi 86 foiz bolaga
saqlangan, eshituv analizatorining esa 60 foiz sinaluvchilarga yo`qola
boshlagan. Qo`zg`atuvchining 20 marta ta`sir ko`rsatishi natijasida
ko`ruv analizatorini ta`sirlanish orientirovkasi 18 foiz bolada so`ngan,
eshituv analizatori xuddi shu paytda umuman batamom so`nib bo`lgan.
D.B.Elkonin xulosasiga ko`ra, nutqni tushinish vujudga kelishining
asosiy shartalri quyidagilardan iborat: a) umumiy holatdagi predmetni
ajrata olish; b) predmet diqqat e`tiborini to`plash; v) favqulodda holatga
qarab anglanadigan his-tuyg`uning mavjudligi va boshqalar.
O`zgalar nutqini tushinish ko`ruv idrokining zamirida vujudga
keladi. Bolani o`zgalar nutqini tushinishga o`rgatishda katta odamlar
biror o`yinchoqdan ta`sirlanishi hosil qiladigan qo`zg`atuvchini
uyg`otadi.
Nutqni idrok qilish va tushunishning oxirgi bosqichi go`dakning 9-
10 oyligidan boshlanadi va uni o`zgalarnutqini tushunishning ilk shakli
va ko`rinishi deb ataladi.
Tadqiqotchi F.I.Fradkina kattalarning go`dakka qaratilgan nutqidan
quyidagi ta`sirlanish holatlarini ko`rish mumkinligin aniqlagan: 1) nomi
aytilgan prkdmetga javob tariqasida burilib qarash (7-8 oylikdan); 2)
turmush tajribasiga egallangan harakatlarni kattalar eslatishi bilanoq
bajarishga intilish (7-8 oylikda); 3) kattalarning nutq orqali ko`rsatmasi
bo`yicha oddiy topshiriqlarni bajarish (9-10 oylikda); 4) nutq orqali
ko`rsatma bo`yicha zarur predmetni tanlab olish. (10-11 oylikda); 5)
“Mumkin emas” degan taqiqlovchi so`z ta`sirida harakatini to`xtatish
(12 oylikda) va hokazo.
Go`dakda o`zgalar nutqini idrok qilish va unga javob berishga
intilish, xususan qo`zg`atuvchiga javoban u yoki bu harakatni amalga
oshirish murakkablashib boraveradi. Bular uning aqliy imkoniyatlari
darajasiga (tiyrakligiga, topqirligiga) bevosita bog`liq bo`lib, bola
ulardan ta`sirlanish natijasida narsalarga nigoh tashlaydi, uni ushlab
olish uchun qo`l cho`zadi, unga emaklab boradi. Tushunish vujudga
kelayotgan jarayonda favqulodda holatga qarab ta`sirlanishning o`zi
ham murakkablashib boradi. Dastlab ta`sirlanish biror jismga nisbatan
paydo bo`ladi, keyinchalik biror jismni boshqa ob`ektlar bilan yonma-
yon turgan joyidan tanlab olish birmuncha qiyinchilik bilan ko`chadi.
Tushunishning rivojlanish bosqichlari ko`ruv idroki bilan nutq
o`rtasidagi o`ziga xos munosabat tariqasida namoyon bo`ladi. Shuning
uchun tushunish, ya`ni nutqni idrok qilish go`dakni orientirlash faoliyati
negizida vujudga kelib, ko`ruv orientiri shaklida ifodalanadi.
Tushunishning o`zi ham ko`ruv orientirning o`sishidan yangi bosqich
hisoblanib, harakatning so`z bilan boshqaruv bosqichiga ko`chganligini
bildiradi.
D.B.Elkonin fikricha, bir yoshgacha bola psixikasi o`sishining
o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1) kattalar nutqini
tushunish hamda, dastlabki so`zlarni mutaqil talaffuz qilish; 2)
predmetlar bilan xilma-xil harakatlarni uyg`unlashtirib, ish-harakatini
bajarish; 3) yurishga urinishning ro`y berishi; 4) xatti-harakatni so`z
bilan boshqara olish; 5) so`z bilan go`dakning idrok qilish faoliyatini
boshqarish va hokazolar.
SHunday qilib, bir yoshgacha go`dak egallagan eng qimmatli
xususiyat paydo bo`ladi va u boladagi ijtimoiy ehtiyojning vujudga
kelishida va uning shu ehtiyoj orqali katta yoshdagi odamlar bilan
bevosita muloqotga kirishida o`z ifodasini topadi. Shuning uchun jismlar
bilan maqsadga muvofiq xatti-harakatlarni birgalikda amalga oshirishda,
bilish jarayonlari va shakllari zamirida muloqotga ehtiyoj tug`iladi.
Go`dakning o`sishi kattalar bilan muloqotga kirishish natijasida ro`y
beradi.
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr:
Dostları ilə paylaş: |