YANGI OʻZBEKISTON: YANGI TA’LIM TIZIMI VA YANGICHA
YONDASHUVLAR TA’LIM TARAQQIYOTI ASOSI. OLIY TA’LIM
TARAQQIYOTI: MUAMMO VA YECHIM
Nasiba Madreymova
madreymova.nasiba1993@mail.ru
Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini
rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr yuritilgan.
Kalit soʻzlar:
oliy ta’lim, yoshlar, vazirlik
NEW UZBEKISTAN: NEW EDUCATIONAL SYSTEM AND NEW
APPROACHES BASIS OF EDUCATIONAL DEVELOPMENT.
DEVELOPMENT OF HIGHER EDUCATION: PROBLEM AND SOLUTION
Nasiba Madreimova
madreymova.nasiba1993@mail.ru
Nukus branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract:
This article discusses the reforms implemented in the field of
development of the higher education system of the Republic of Uzbekistan.
Keywords:
higher education, youth, ministry
Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda har bir sohada keng koʻlamli
islohotlar amalga oshirilmoqda. Oʻz navbatida, mazkur islohotlarning salmoqli
qismini ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar tashkil etmoqda. Soʻnggi
yillarda ta’lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil
etish boʻyicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, oliy ta’lim tizimida
islohotlar va amaliy chora-tadbirlar judayam keng ko’lamli amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Miromonovich
Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimda
ta`kidlaganlaridek: Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham,
mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu - ilm-fan, ta’lim va
tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorugʻ istiqboli, birinchi navbatda ta’lim
tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bogʻliq.
1
Mutaffarkir olim Abu Nasr Farobiyning fikricha “Ta’lim - degan soʻz xalqlar va
shaharliklar oʻrtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar oʻrtasidagi
1
Sh.M. Mirziyoyevning Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqidan
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
771
http://oac.dsmi-qf.uz
tugʻma fazilat va amaliy kasb hunar fazilatlarini birlashtirish degan soʻzdir. Ta’lim
faqat soʻz va oʻrgatish bilangina boʻladi. Farobiyning ta’lim-tarbiya yoʻllari, usullari
vositalari haqidagi qarashlari ham qimmatlidir. U insonda goʻzal fazilatlar ikki yoʻl -
ta’lim va tarbiya yoʻli bilan hosil qilinadi. Ta’lim nazariy fazilatlarini birlashtirsa,
tarbiya esa tugʻma fazilat - nazariy bilimlar va amaliy kasb - hunar, xulq odob
fazilatlarini birlashtiradi. Ta’lim soʻz va oʻrganish bilan tarbiya esa amaliy ish, tajriba
bilan amalga oshiriladi, deydi. Har ikkalasi birlashsa yetuklik namoyon boʻladi,
ammo bu yetuklik bilim va amaliy koʻnikmalarni qay darajada oʻrganganligiga qarab
paydo boʻladi, deb koʻrsatadi.
Farobiy ta’limda barcha fanlarning nazariy asoslari oʻrganilsa, tarbiyada
ma’naviy - axloqiy qoidalar, odob me’yorlari oʻrganiladi, kasb-hunarga oid malakalar
hosil qilinadi, deb uqtiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining 30 yoshgacha boʻlgan aholisi butun aholining 60
foizini tashkil etadigan noyob demografik holatga yuz tutish arafasida
2
Shunday ekan
yoshlarning ongini, ma`naviyatini, salohiyatini, madaniyatini, bilim darajasini
shakllantirmay turib biz kelajagimizga istiqbolimizga nazar tashlay olmaymiz. Bu
boʻyicha qator qonunlar qarorlar chiqarilayotgani hech kimga sir emas. Oʻzbekiston
Respublikasining ta’lim toʻgʻrisidagi qonuni Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 30
yilga moʻljallangan konseptsiya va ta’lim toʻgʻrisidagi bir qancha qaror va
qonunlarning qabul qilinishi yoshlarimizning kelajagini oʻylab, davlatimiz rivojini
oʻylab amalga oshirilayotgani bejiz emas.
Yurtimizda bugungi kunda eng dolzarb muammo va yechimlarni qamrab olgan
30-yilgacha moʻljallangan konseptsiyaning qabul qilinishi va amalga oshirilishi
yurtimizda ta’lim sohasida ulkan oʻzgarishlar amalga oshishiga olib keladi. Ta’lim
sifati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
kontseptsiyasi oliy ta’lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam
integratsiyasini ta’minlash asosida ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar
tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni
rivojlantirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
yil 11 iyuldagi PQ-4391-son "Oliy va oʻrta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning
yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori ijrosi yuzasidan
ishlab chiqilgan.
Kontseptsiya Oʻzbekiston Respublikasida oliy ta’limni rivojlantirishning
strategik maqsadlari, ustuvor yoʻnalishlari, vazifalari, oʻrta va uzoq muddatli
istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda sohaga oid dasturlar va kompleks chora-
tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan
2
https://www.unicef.org
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
772
http://oac.dsmi-qf.uz
Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
Kontseptsiyasida : Oliy ta’lim tizimining joriy holati va mavjud muammolar, Oliy
taʻlim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yoʻnalishlari,
Oliy ta`lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar
tayyorlash sifatini oshirish , taʻlim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy
usullarni joriy etish, oliy taʻlim muassasalarida ilmiy - tadqiqot ishlari natijadorligini
oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish ilm-fanning innovattsion
infratuzilmasini shakllantirish, ma’naviy - ma`rifiy va tarbiyaviy ishlar
ta’sirchanligini oshirish, yuqori malakali mutaxxassislar tayyorlash jarayoniga
kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish, oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy
mustaqilligi
va barqarorligini ta’minlash, moddiy - texnik ta’minotini
mustahkamlash, oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv
faoliyatini takomillashtirish, oliy ta’lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini
oshirish,
xalqaro
miqyosda
tanilishi
va
raqobatbardoshligini ta’minlash,
konseptsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar xususida keng qamrovli
masalalar qamrab olingan.
Statistik ma’lumotlarga koʻra, 2019 yil respublikada 114 ta oliy ta’lim
muassasasi mavjud boʻlib, ulardan 93 tasi mahalliy hamda 21 tasi xorijiy oliy ta’lim
muassasasi va ularning filiallari hisoblanadi. Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi
Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan OTM lar sonini ochiqladi. Qayd etilishicha,
bugungi kunda Oʻzbekistonda 159 ta jumladan, Toshkent shahrida 72 ta, hududlarda
87 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud.Shundan universitet 28 ta, institutlar 47 ta,
akademiya 3 ta, konservatoriya 1 ta, filial 26 ta, xorijiy OTM va uning filiallari 30 ta,
nodavlat OTM 24 ta. 59 Bundan koʻrinib turibdiki bugungi kunda ta`lim tizimidagi
ijobiy oʻzgarishlar sezilarli darajada oʻsgan. Davlat oliy ta`lim muassasalari
tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan: Xorijiy oliy ta’lim
tashkilotlari soni soʻnggi 3 yilda ikki barobar oshgan.2020-2021- oʻquv yili boshida
respublika boʻyicha 20 ta xorijiy oliy ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan.
3
Bu
ma’lumotlar esa ta’lim tizimimiz uzviyligi toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganini koʻrsatib
turibdi. Davlat oliy ta’lim muassasalari tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar
tasarrufiga biriktirilishi- oliy ta’limda kadrlar sifatini oshirish, har bir yoʻnalish
boʻyicha yetuk mutaxassislarning tayyorlanishi nazarda tutilgan. Xorijiy oliy ta’lim
muassasalarining soʻngi 3 yilda 2 barobar oʻsishi ham buning isbotidir.
Bu oliy dargohlarning koʻlami yildan-yilga oʻsib borayotgani va
mamlakatimizning rivojiga hissa qoʻshadigan turli yoʻnalishlarda kadrlar
tayyorlayotgani bugun hech kimga sir emas. Kadrlar buyurtmachilari takliflari
asosida Oliy ta’lim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga 329 ta ta’lim
yoʻnalishi va 582 ta magistratura mutaxassisligi kiritildi. 2019-2020 oʻquv yilida 59
3
https://daryo.uz
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
773
http://oac.dsmi-qf.uz
ta oliy ta’lim muassasasida sirtqi ta’lim, 10 ta oliy ta’lim muassasasida kechki ta’lim
shakli joriy etildi. Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar
soni bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha 410 ming, magistratura mutaxassisligi
boʻyicha esa 13 ming nafarni tashkil qilib, soʻnggi 3 yilda 1,7 baravarga oshdi.
Talabalarning 54,8 foizi gumanitar va pedagogik, 25,2 foizi ishlab chiqarish-
texnik, 5,2 foizi ijtimoiy soha, iqtisod va huquq, 5,9 foizi qishloq va suv xoʻjaligi, 4,4
foizi sogʻliqni saqlash va ijtimoiy ta`minot, 4,5 foizi xizmat koʻrsatish bilim
sohalariga oid ta’lim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha tahsil olmoqdalar.
Magistratura talabalarining 40,8 foizi gumanitar va pedagogik, 23,3 foizi ishlab
chiqarish-texnik, 13,3 foizi ijtimoiy soha, iqtisod va huquq, 5,9 foizi qishloq va suv
xoʻjaligi, 13,5 foizi sogʻliqni saqlash va ijtimoiy ta’minot, 3,2 foizi xizmat koʻrsatish
bilim sohalariga oid ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olmoqdalar. 2019-2020 oʻquv
yili uchun qabul parametrlari 121 mingtani tashkil etdi va oʻtgan yilga nisbatan 18
foizga, 2016 yilga nisbatan esa 92 foizga oshdi. Respublikaning 16 ta oliy ta’lim
muassasasida 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan
hamkorlikda qoʻshma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash faoliyati yoʻlga
qoʻyildi.
Soʻnggi 3 yilda oliy ta`lim muassasalarining 1611 nafar professor-oʻqituvchisi
xorijiy oliy ta’lim muassasalarida stajirovka oʻtashi va malaka oshirishi ta’minlandi.
Xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar magistratura
mutaxassisligiga 112 nafar, doktoranturasiga 51 nafar yoshlar ta’lim olishga qabul
qilindi.
"El-yurt umidi" jamgʻarmasi orqali 46 nafar professor-oʻqituvchining Kanada,
Buyuk Britaniya va Italiya davlatlarida stajirovka oʻtashi ta’minlandi. 2017-2019
yillarda ta’lim jarayoniga 1154 nafar xorijlik yuqori malakali pedagog xodim va olim
jalb etildi (AQShdan 94 nafar, Yevropa mamlakatlaridan 445 nafar, Osiyo
mamlakatlaridan 299 nafar, MDH mamlakatlaridan 316 nafar). Oliy ta’lim
muassasalarida fan doktori ilmiy darajasiga ega professorlarning bazaviy lavozim
maoshlari 2016 yilga nisbatan 3,2 baravarga oshirildi.
4
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ta’minlashni va nazorat
qilishni xorijiy tajribalar asosida oshirish, mazkur mavzu dolzarbligi va bugungi
kunda zaruratini koʻrsatadi. Kadrlar raqobatbardoshligini ta’minlash uchun oʻqitishni
yangi zamonaviy ta’lim texnologiyalarga moslashtirish, zamonaviy metodlarni va
tamoyillarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etishda xorijiy tajribalar bugungi
kunda zarur bo’ladi. Bugungi kunda oliy ta’lim sifatini ta’minlash va
modernizasiyalashtirishda avvalombor, zamonaviy oʻquv-metodik ta’minotni
shakllantirish masalasi paydo boʻldi. Shu sababli davlatimiz tomonidan oliy ta’lim
4
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. 2-bob.
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
774
http://oac.dsmi-qf.uz
oldiga qoʻyayotgan masalalarni ijobiy hal etish uchun zamoaviy oʻquv-metodik
ta’minotni yaratish dolzarb masala boʻlib turibdi.
Ta’lim sifati va ta’lim samaradorligi jamiyatda hayot sifatini koʻrsatuvchi asosiy
omillardan biri hisoblanadi. Davlat va jamiyat umumiy va kasbiy ta’limga qanchalik
ko’p mablagʻ sarflasa va natijasi eng yuqori xalqaro standartlarga javob bersa, hayot
sifati shunchalik yuqori boʻladi.
Ta’lim samaradorligini belgilashda eng optimal qarorlar qabul qilish yuqori
ta’lim sifatga erishishni talab etadi. Mamlakatimizning hozirgi davrdagi rivojlanish
bosqichida oliy kasbiy ta’lim globallashuv jarayonlari davrida mamlakatning milliy,
iqtisodiy, ekologik, siyosiy xavfsizligini ta’minlashga qodir boʻlgan shaxslarning
shakllanishidagi, insoniyatning universallashuvi va postindustrial axborot jamiyatiga
oʻtishidagi asosiy vositalardan biri boʻlib hisoblanadi. Shu bilan birga hozirgi
kundagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi asoratlari davom etayotgan bir pallada
oliy ta’lim jamiyatni birlashtirishning, yagona ijtimoiy-madaniy makonni saqlab
qolish, ijtimoiy nizolar va etnomilliy ziddiyatlarni yengib oʻtishning eng muhim
salohiyatli omili sifatida olib qaralishi lozimdir. Yangicha ta’lim tizimlarining
shakllanishi tendensiyalari aniq ravshan turibdiki, hozirgi zamon jamiyatining
umumiy rivojlanishi tendensiyalar bilan belgilanadi.[3]
Ta’lim sifati an’anaga koʻra oʻqitishning va ilmiy tadqiqotlarning OTM
darajasidagi tabiiy elementi va olimlarning kasbiy faoliyatidagi ajralmas bir boʻlagi
boʻlib sanaladi. Hozirgi kunda oliy ta’lim sifatini oshirish butun dunyoda ta’lim
tizimidagi eng muhim va asosiy masalalardan biri boʻlib qolmoqda. Shuning uchun
ham oliy ta’lim sifatini baholashdagi yondashuvlarni tadqiq qilishga ehtiyoj tuǵiladi.
Shunga koʻra, oliy ta’lim sifatini ta’minlash turli oqibatlarga va xususiyatlarga
ega bo’ladi. Oliy ta’lim sohasidagi turli tadqiqotchilar ta’lim sifatini ta’minlashning
adekvat(mos) tizimini ishlab chiqishda har doim ilgʻor tajribalarga tayanadilar.
Ta’lim sifatini ta’minlash “jangovar harakat qoidalari” deb talqin qilinishi mumkin
bo’lgan aniq oqibatlarga ega bo’ladi. Shu bilan birga tashqi intensiv nazorat
zaruratini pasaytiradigan ta’lim xizmatlari sifatining shaffofligi borasidagi
“yozilmagan qoidalar” ham mavjuddir.
Xulosa qiladigan bo’lsak, oliy ta’lim sifatini ta’minlash borasida shu paytgacha
mavjud bo’lgan milliy va xorijiy tajribalar shuni ko’rsatadiki, hozirgi paytda
OTMlarda alohida, tizimsiz tarzda o’tkaziladigan islohotlar va innovatsiyalar
samarasiz boʻlib, bu koʻpincha oliy ta’lim sohasidagi umumiy samaradorlikka putur
yetkazadi. Shuning uchun oliy ta’lim sifatini oshirish boʻyicha shu paytgacha
toʻplangan xorijiy tajribalarni milliy ta’lim tizimi yutuqlari bilan o’zaro
uygʻunlashtirgan holda ham faqat majmuaviy, tizimli va bir butun tarzda amalga
oshirish mamlakatimizda oliy ta’lim sifatini yangi bosqichga koʻtarishi shak-
shubhasizdir. Aqliy rivojlanishning barcha sohalarida shaxs ijtimoiy munosabatlar
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
775
http://oac.dsmi-qf.uz
oʻzgaradi. Bu jarayonda oʻquv faoliyatining yetakchi roli kichik maktab yoshidagi
oʻquvchining boshqa tadbirlarga faol qoʻshilishini istisno etmaydi, uning davomida
bolaning yangi yutuqlari yaxshilanadi va mustahkamlanadi. L.S.Vigotskiyning
ta’kidlashicha boshlangʻich maktab yoshining oʻziga xos xususiyati shundaki,
faoliyatning maqsadlari asosan bolalar uchun kattalar tomonidan belgilab beriladi.
Yangi Oʻzbekistonda oliy ta’lim sohasidagi islohotlar bugungi kunda oʻzining
dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo
qolishmaydi. Bu islohotlar bugun allaqachon natijasini ham koʻrsatyapti. Yuqorida
keltirilgan ma’lumotlar ta’lim tizimimizdagi ijobiy natijalar ushbu sohada amalga
oshirilayotgan islohotlarning yanada keng koʻlamda davom etayotganligidan dalolat
beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sh.M. Mirziyoyevning Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan
tantanali marosimdagi nutqidan.
2. https://www.unicef.org
3. https://daryo.uz
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi. 2-bob
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
776
http://oac.dsmi-qf.uz
Dostları ilə paylaş: |