Farg’ona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti geografiya yo’nalishi 1- kurs talabasi Ermahmmadova Mohlaroyning Gidrologiya va Iqlimshunoslik fanidan tayyorlagan taqdimoti
Farg’ona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti geografiya yo’nalishi 1- kurs talabasi Botirov Egamberdining Gidrologiya va Iqlimshunoslik fanidan tayyorlagan taqdimoti.
Muzlik yillab, asrlab qor yigʻilishi uning ablatsiyasidan (erish va sublimatsiya) oshib ketgan yerlarda shakllanadigan doimiy katta muz jismidir. Muzlik yuzasi kamida 0.1 km², qalinligi esa 50 m boʻladi, u bunday vazn ostida asta-sekin deformatsiyalanadi va oqadi, unda darz va teshiklar paydo boʻladi. Muzlik oqishi natijasida kar va morenalar yuzaga keladi. Muzliklar quruqlikda vujudga keladi, suv havzalaridagi katta muz boʻlaklari esa dengiz muzi deyiladi. Muzliklarni oʻrganuvchi fan sohasi glatsiologiya deyiladi. Muzliklar global kriosfera uchun muhimd
Muzlik — sharoit qulay joylarda qor toʻplanishidan hosil boʻlib, qiya tomonga siljib turuvchi muz massasi. Qor chegarasidan yuqorida relyefning botiq joyida toʻplanadigan qorning zichlanishidan vujudga keladi. Yer yuzasida hozirgi vaqgdagi M.lar maydoni 16,1 mln. km² dan ortiq (qarang Muzliklar). M.lar joylashgan oʻrni va shakliga koʻra togʻ M. va tekislik M.ga boʻlinadi. M. ni-shab tomonga surilib turadi. 1 ° qiyalikda yerda M. siljishi uchun kalinligi 55–60 m boʻlishi kerak. 45° qiyalikda 1,5–2 m kalinlikdagi muz siljiydi. M.ning siljish tezligi muz temperaturasiga, joyning qiyaligiga va muz qalinligiga bogʻliq. M. kuniga bir necha mm dan 2–3 m gacha siljishi mumkin. Togʻ muzliklari daryolarni suv bilan toʻyintiruvchi manbadir. Baʼzan siljib borib, vodiylarni toʻsib qoʻyadi va suv toshqinlariga sabab boʻladi
Yer sayyorasidagi muzliklarning 99% i qutb mintaqalarida yotadi, biroq muzliklarni har qitʼadagi togʻlarda va baʼzi baland orollarda ham uchratish mumkin. 35° shimoliy va 35°S janubiy kengliklar orasida muzliklarni faqat Himoloy, And, Sharqiy Afrikadagi baʼzi baland togʻlar, Meksika, Yangi Gvineya va Eronda topish mumkin.
Muzliklar Yerdagi eng katta chuchuk suv zahiralaridir, ulardagi suv dunyo aholisining uchdan bir qismiga yetadi. Aksariyat muzliklar suvni bir fasl davomida saqlab, boshqa faslda erib chiqaradi, bu erigan suv oʻsimlik va hayvon dunyosi uchun kerakli suv manbaidir.
Muzliklar yogʻin, harorat va bulut qatlami kabi uzoq vaqtli iqlim oʻzgarishlariga sezgir boʻlib, iqlim oʻzgarishidan xabardor etadi va dengiz sathi oʻzgarishiga hissa qoʻshadi.
Perito Moreno muzligi, gʻarbiy Patagonia, Argentina.
O‘rtа Оsiyodа 12 minggа yaqin dаryo bоr. Ulаr o‘lkаdа judа nоtеkis jоylаshgаn. 10 mingdаn оrtiq dаryo tоg‘lаrgа to‘g‘ri kеlаdi. Fаqаt yirik dаryolаrginа cho‘llаrni kеsib o‘tgаn. Dаryolаr yomg‘ir, qоr, muzlik, yerоsti suvlаridаn to‘yinаdi. O‘rtа Оsiyo dаryolаri to‘yinishigа, ya’ni qаyеrdаn suv оlishigа qаrаb 4 guruhgа bo‘linаdi. 1. Muzlik va qor suvlaridan to‘yinadigan daryolar (Amudaryo, Zarafshon, So‘x, Isfayramsoy, Chu, Ili, Lepsa, Oqsuv). Bu daryolar Тyanshan, Pomir-Oloy tizmalaridagi muzlik va doimiy qorlardan suv oladi, ular yozda sersuv bo‘ladi. 2. Qor va muzliklarning erishidan to‘yinadigan daryolar (Sirdaryo, Surxondaryo, Chirchiq, Qoradaryo). Bu daryolarning suvi, asosan, iyun, iyul oylarida ko‘payadi. 3. Doimiy va mavsumiy qorlarning erishidan to‘yinadigan daryolar (Ohangaron, Qashqadaryo). Bu daryolarning suv oladigan manbalari past tog‘larda bo‘lib, suvi bahorda ko‘payib, ba’zan toshadi, yozda esa sayozlanib qoladi. 4. Mavsumiy qor va yomg‘ir suvlaridan to‘yinadigan daryolar (Murg‘ob, Тajan, Atrek, G‘uzordaryo, Sheroboddaryo, Sarisuv, Nura, Тo‘rg‘ay daryolari, Farg‘ona vodiysi va Nurota tog‘lari etagidagi adirlarda oquvchi daryolar, soylar). Bu daryolar, asosan, kichik, sho‘x va kam suvli daryolar bo‘lib, bahorda, ayniqsa, jala tarzida yog‘adigan yomg‘irlar vaqtida juda sersuv bo‘ladi. Yerosti suvlaridan to‘yinadigan daryo va soylar tog‘ etaklarida, adirlarda ko‘p uchraydi. Ayniqsa, ular Farg‘ona, Norin, Issiqko‘l vodiylari, Nurota, Zarafshon tog‘ etaklarida ko‘p.
Amudaryo — O‘rta Osiyoning eng sersuv daryosi. U Pomir tog‘laridan oqib tushuvchi Panj va Vaxsh daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Uzunligi 2540 km, suv to‘plash havzasining maydoni 309 ming km.kv. Amudaryo avvaliga chap tomondan Afg‘onistondan oqib keluvchi Qunduzdaryoni, o‘ng sohilda esa Kofirnihon va Surxondaryoni qo‘shib oladi. Xuddi ana shu o‘ng sohilda unga Sherobod daryosining suvi ham kelib qo‘shiladi. Shu yerdan to quyilish joyi — Orol dengiziga qadar (salkam 1500 km masofada) tekislikda, Qoraqum va Qizilqum cho‘llari orasidan keng o‘zanda oqib o‘tadi, bu qismida unga boshqa irmoqlar qo‘shilmaydi, balki, aksincha, uning suvi juda ko‘p miqdorda sug‘orishga, bug‘lanishga sarf bo‘lib, yerga shimilib, kamayib qoladi. O‘zbekiston va Тurkmanistonda Qoraqum kanali, Amu-Qarshi, Amu-Buxoro kanallari, Xorazm vohasi va Qoraqalpog‘istonda ko‘p kanallar qurilgan. Amudaryo suvi bilan bir necha million gektar yer sug‘oriladi.
Ili daryosi Sharqiy Тyanshan tog‘lari tugunidan boshlanuvchi Kunges va Xoliqtog‘dan boshlanuvchi Тekes daryolari qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Тekes bilan birga uzunligi 1384 km. Havzasining maydoni 154 ming km.kv. Ili, asosan, qor va muzliklardan suv olib, Balxash ko‘liga quyiladi. Daryoning Qopchig‘ay darasidan o‘tgan joyida to‘g‘on qurilib, Qopchig‘ay suv ombori bunyod etilgan. Daryodan ko‘plab sug‘orish kanallari chiqarilgan
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati: Asosiy adabiyotlar. Rasulov A.R., Hikmatov F.H. Umumiy gidrologiya. Toshkent: Universitet, 1995.175 b. Rasulov A.R., Hikmatov F.H., Aytbaev D.P. Gidrologiya asoslari. Toshkent:Universitet, 2003.327 b. Chebotarev A.I. Obshaya gidrologiya. L.: Gidrometeoizdat, 1975.544 s.