To’g’ri jinsiy tarbiya. Hayotning jinsiy jihatiga e’tibor berish. Jinsiy yaqinlikni tark etmang, hatto yosh o’tishi bilan yugurish yoki suv muolajalari kabi o’zingizni majbur qiling. Jinsiy hayotning muntazamligi – barcha a’zo va tizimlar uchun optimal biologik chiniqtirish mashg’uloti deyish mumkin.
Ikkita yosh yigit va qizni “muhabbat” asosida oila qurishi biologik va ijtimoiy munosabatlarga bog’liq bo’lgan ruhiy, jismoniy qovushishidan iborat bo’lib, bularning bir-birlariga oilaviy ma’suliyat va baxtni o’zida mujassamlashtiradi.
O’zbekistonda nikoh xaqidagi qonun O’zbekiston Respublikasining Konistitutsiyasiga bir necha modda etib kiritilgan. O’zbekistonda nikoh qonunlari, jamoatchilik asosida er va xotin xuquqlari ximoya qilishadi.
Qonunda ko’rsatilishicha er xotininning homiladorligi davrida, yoki bola tug’ilgandan keyin bir yilgacha ajrashish xaqida ish qo’zg’atishi mumkin emas.
Rossiya federatsiyasida 15000 ta oila qurgan yoshlardan ijtimoiy so’rov o’tkazilganda shu narsa ma’lum bo’lganki, ularning aksariyat ko’pchiligi intim munosabatlarni anatomiya-fiziologiyasi va psixologiyasi haqida tushunchaga ega emas. Ular videofilmlar, hayosiz rasmlar, hayosiz yozilgan kitoblar va kichik risolalardan xabardor bo’lganlar.
O’zbek millatida ota-onalar yigit yoki qiz bolaning o’rtoqlari, turmush qurgan akalari, amma va xolalari oila yaratishning psixologik xususiyatlari xaqida ma’lumot berib boradilar. YOshlarni bolaligidan erkak kishiga munosabati, qiz bolani bo’lg’usidagi turmush o’rtog’iga bo’ladigan munosabatlari haqida bilim va ko’nikmalarni tarkib toptirib boradilar.
Er – xotin o’rtasida nizo kelib chiqishining asosiy sababi er-xotinning bir-biriga ko’nika olmasligi. Er va xotinning o’zaro munosabatlari psixologiyasida bir-birini xurmat qilish, e’tiborli bo’lish, erkalash, g’amxo’rlik qilish, shirin so’z, xuo’muomala bo’lish asosiy o’rinni egallaydi.
O’rinsiz xazil, shilqimlik, e’tiborsizlik, jinsiy munosabatda sovuqqonlik, andishasizlik jinsi faoliatini susaytiradi, frigidlik jinsiy sovuqqonlikga sabab bo’ladi.
Bunday xulq atvor shartli refleks hosil qiladi va mustahkamlanib boradi. Bunday yomon xulq er yoki xotinda kishida bo’ladi.
Jinsiy munosabatlarda turmushdagi mayda chuydalar: mebel, devorining rangi, yoritish, o’rin-ko’rpalarni tozaligi, er yoki xotinning kiyimlari, atirning hidi va boshqalar er va xotinni qoniqtirishi kerak. Bunday kamchiliklar ikkita odamni yaqinlashuviga to’sqinlik qilmasligi kerak. Jinsiy munosabatlarda unga tayyorgarlik: e’tiborli bo’lish, erkalash, erogen zonalarni ta’sirlash muhim ahamiyatga ega.
Jinsiy faoliyat – har bir odamni o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan psixologik jarayondan iborat. Oiladagi psixologik munosabatlar sog’lom turmush tarziga ijobiy yoki salbiy ta’sir etadi.