Tayanch iboralar: Valeologiya, salomatlik, predmet, omil, ichki muxit, immunitet, abiotik, biotik, valeologiya yo‘nalishlari, anemiya. Valeologiya – salomatlik haqidagi fan bo’lib «valeologiya» lotincha so’z bo’lib, valoe-«salomatlik», «sog’lom bo’lish» ma’nosini anglatadi. Bu atamani birinchi bo’lib K.I. Brexman (1987) yilda kiritdi. Valeologiya fan va o’quv predmeti sifatida keng e’tibor qozonmoqda.Dastur mualliflaridan biri V.N. Vayner (2001)ning fikricha «Valeologiya» oliy o’quv yurtlarida asosiy o’rinlardan birini egallaydi.Valeologiya - inson salomatligi, uni mustahkamlash yo’llari, aniq sharoitlarda inson hayotiy faoliyatini shakllantirish va saqlash haqidagi bilimlarning fanlararo yo’nalishidir. O’quv fani sifatida u inson salomatligi va sog’lom hayot tarzi haqidagi bilimlar majmuasini tashkil etadi.
Valeologiyaning markaziy muammosi - individual salomat-likka munosabat va shaxsni individual rivojlantirish jarayonida salomatlik madaniyatini tarbiyalashdir
Valeologiya - salomatlik yoki qanday qilib sog’lom bo’lish mumkinligi haqidagi fan bo’lib, tibbiyot fanidan tubdan farq qiladi. Tibbiyot o’z oldiga turli kasalliklar tabiati, ularning kelib chiqish sabablari, kasalliklarni oldini olish va davolash vazifalarini qo’ysa, valeologiya salomatlik tabiati, sog’lom bo’li-shi omillari va mexanizmi masalalarini echadi.
Valeologiya predmeti Valeologiya predmeti - individual salomatlik va inson salomatligi zahiralari, shuningdek sog’lom hayot tarzi demakdir. Valeologiyaning turli kasalliklarning oldini olishni tavsiya etuvchi profilaktik meditsinadan asosiy farqi ham shunda. (V.N. Vayner, 2001).Valeologiya organizm tuzilishi va vazifalari, uning harakat imkoniyatlari, jismoniy holatini takomillashtirish, salomat-likni saqlash va yaxshilash, sog’lom hayot tarzi bo’yicha bilim va ko’nikmalarni tizimini o’rganish, muntazam jismoniy mashqlarni bajarishga ehtiyojini mustahkamlashga yo’naltirilgan faoliyat sifatida ko’rib chiqiladi.Shu munosabat bilan insonning jismoniy rivojlanishi haqidagi pedagogik qonunlarni tadqiq etish, shu asosda har tomonlama etuk insonni shakllantirish bo’yicha maxsus pedagogik tarbiya jarayoni nazariyasi va metodikasini aniqlash valeologiya fanining predmeti hisoblanadi.O’qituvchilarning talabalarda sog’lom hayot tarzi ko’nikma-larini shakllantirish, ularni salomatlik va jismoniy etuklikni asrash va yaxshilash bo’yicha bilim va ko’nikmalar bilan qurollan-tirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyati valeologiya fanining ob’ekti hisoblanadi.Jismoniy yetuklikka intilish deganda insonni turli hayotiy sharoitlarga optimal moslashuvini ta’minlovchi va faol ijodiy turmush, o’quv va kelajakdagi mehnat faoliyati, hayotdagi o’rnining manbasi hisoblanuvchi jismoniy holati, jismoniy va funktsional tayyorgarligi, gavda tuzilishi va jismoniy rivojlanishini yaxshi-lovchi pedagogik jarayon tushuniladi.
1. Jismoniy ahvolni aniqlash.
2. Jismoniy rivojlanish, jismoniy va funktsional tayyor-garlikni baholash.
3. Insonning jismoniy etukligi dinamikasini aniqlash.
4. Sog’lomlashtirishning effektiv usullarini aniqlash.
5. Yetuklikka erishish jarayonini rejalashtirish tizimini o’rganish.
6. Jismoniy yetuklikka erishishni individuallashtirish.
7. Jismoniy mashqlar bilan mustaqil, muntazam, amaliy shug’ullanishga ehtiyojni rivojlantirish.
8. O’z-o’zini nazorat qilish usullariga o’rgatish va h.k.
Insonning jismoniy etukligi haqida ma’lumot pedagogik, tibbiy-biologik va psixologik ko’rsatkichlar bilan bog’liqlikda ko’rib chiqilishi kerak, bu jismoniy ahvolni ob’ektiv boshqarish imkonini beradi.Pedagogik ko’rinishlarni son jihatdan tahlil qilishda matematik statistikadan foydalaniladi. Matematik statistika jismoniy yetuklikka erishish va jismoniy tarbiyaning ob’ektiv qonunlarini o’rganishning effektiv usullaridan biridir.Jismoniy yetuklikka erishishning effektiv sog’lomlash-tiruvchi vositalarini aniqlash uchun jismoniy rivojlanishi,gavda tuzilishi va jismoniy, funktsional tayyorligi ko’rsatkichlarining korrelatsion bog’liqligini aniqlash kerak.Yoshlarning jismoniy yetuklikka erishishining ilmiy asos-langan vositalarini aniqlashga bunday yondashuv sog’lomlashtirish profilaktika ishlarini effektiv rejalashtirish va mashqlarni to’g’ri tanlash imkonini beradi.