1 Ma`ruza Mavzu: Fiziologiya va inson salomatligi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Reja



Yüklə 401,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix04.04.2023
ölçüsü401,03 Kb.
#93253
  1   2   3   4   5   6   7
1 Ma`ruza Fiziologiya



1 Ma`ruza
 
Mavzu: Fiziologiya va inson salomatligi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari 
 
Reja: 
 
1. “Fiziologiya va inson salomatligi” fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
2. “Fiziologiya va inson salomatligi” fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 
3. “Fiziologiya va inson salomatligi” fanining rivojlanish tarixi va 
barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida tutgan o‟rni.
1. 
“Fiziologiya va inson salomatligi” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. 
Fiziologiya va inson salomatligi fani biologiyaning mustaqil bir tarmog`i hisoblanib, ikkita alohida 
fanning birikmasidir. Bu fanlar o`zaro bir-birini to`ldiradi va yosh avlodni tarbiyalashda katta ahamiyatga 
ega. Shuning uchun ham Fiziologiya va inson salomatligi fani 1970 yildan boshlab pеdagogika oliy o`quv 
yurtlarining o`quv rеjasiga kiritildi. 
Fiziologiya va inson salomatligi fani - turli yoshdagi bolalar va o`smirlarning organizmlarida 
kеchadigan o`sish va rivojlanish jarayonlarini, organlari, to`qimalari va tizimlarining o`ziga xos yosh 
xususiyatlarini o`rganadi. 
Shaxs fiziologiyasi o`rganadigan asosiy ob'еkt bolalar va o`smirlardir. 
Maqsadi-yosh avlodning jismoniy va aqliy jihatdan uyg`un rivojlanishi, sog`lom hayot kechirish 
asoslarini aniqlashdan iborat. 
Shaxs fiziologiyasining vazifasi o„sish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish, bir butun 
organizm, uning tizimlari, organlari to„qimalari va hujayralarini ishlash xususiyatlarini turli yoshga 
aloqador davrlarda aniqlashdir. Shaxs fiziologiyasi organizmning individual rivojlanish jarayonida 
funksiyalar evolyusiyasini kuzatib boradi, fiziologik jarayonlarni o„zaro munosabatlari va ular o„rtasidagi 
bog„lanish sabablarini aniqlaydi. Shu bilan birga yuksak darajada tuzilgan materiya, yaʻni bosh miya 
po„stlog„ining organlar va umuman butun organizm faoliyatida etakchi rol o„ynashini tushunib olishga 
yordam beradi. O„sib rivojlanib kelayotgan bola organizmining turli davrlarida, har xil organ va 
tizimlarning faoliyati bir qator o„ziga xos xususiyatlar bilan harakterlanadi. 
Shaxs fiziologiyasi o`sib rivojlanib kelayotgan organizmning yoshiga oid morfologik xususiyatlari, 
nerv sistemasi, yurak-qon tomir, tayanch harakatlanish fiziologiyasi va rivojlangan organizmning 
xususiyatlari, kasalliklarning oldini olish, sog`likni saqlash kabi fiziologik jarayonlarni tushunib olishga 
yordam beradi. 
Shuningdek, o`sib kelayotgan organizmdagi turli bosqichlarga xos bo`lgan funksional va psixologik 
xususiyatlarga etibor beradi. Shu asosida tashqi muhitning turli omillariga bo`lgan gigiyenik talab va 
normativlarini hamda bolalar va o`smirlarning normal funksional rivojlanish imkoniyatlarini yanada 
takomillashtirish tadbirlarini yo`lga qo`yishda muhim ahamiyatga ega. 
Fiziologiya fani biologiya fanlarining muhim tarmoqlaridan bo„lib, organizm, undagi aʻzolar, 
to„qimalar hujayralar, va hujayra strukturasi elementlarining funksiyalarini tashqi muhitga bog„lab, har 
tomonlama chuqur o„rganadi. 
“Fiziologiya” so„zi grekcha so„z bo„lib, “tabiat” va “bilim” degan maʻnoni anglatadi. Fiziologiya 
anatomiya fani bilan chambarchas bog„liqdir, chunki anatomiya aʻzolarning tuzilishini ularning 
vazifasiga bog„liq holda shakllanib borishini o„rgansa, fiziologiya fani organlar va organizm hayoti 
jarayonlarini o„rganish bilan shug„ullanadi. Fiziologiya fani hamisha fizika, kimyo qonunlariga tayanadi, 
organizm va har bir 
1 Theodore hough and William T. Sedgwick - The human mechanism its physiology and hygiene 
and the sanitation of its surroundings- Ginn and company proprietors Boston U.S.A.-2010, 2 p 
hujayra faoliyati fizik va kimyoviy jarayonlar asosida sodir bo„ladi. Fiziologiya ko„p tarmoqli fan 
bo„lib, mehnat fiziologiyasi, jismoniy tarbiya fiziologiyasi, ovqatlanish fiziologiyasi, yosh fiziologiyasi 
va boshqa sohalarni o„z ichiga oladi. 
Shaxs fiziologiyasi turli yoshdagi organizmlarning rivojlanish jarayonida organlar tizimi va butun 


organizmda sodir bo„ladigan o„zgarishlarni o„ziga xos yosh xususiyatlarini o„rganadi. Bola organizmi 
katta odam organizmidan tubdan farq qiladi. Demak, bola organizmi faqat katta odam qolipi bo„lmay, 
balki hajmi, fiziologik xususiyatlari va tashqi muhitga moslashishi bilan farq qiladi. Bolalar va o„smirlar 
fiziologiyasining asosiy o„rganadigan obʻekti bolalardir. Binobarin, pedagoglar taʻlim tarbiya ishlarini 
yosh fiziologiyasi maʻlumotlariga asoslangan holda olib borishlari muxim ahamiyatga ega. O„quv 
yurtlarida jismoniy tarbiya, mehnat darslarida, ijtimoiy – foydali mehnatda, sog„lomlashtirish ishlarida 
bolalar va o„smirlarning anatomo-fiziologik xususiyatlari albatta hisobga olinishi kerak. 
O„sib rivojlanib kelayotgan organizm salomatligini, jismoniy va aqliy qobiliyatini baholash, 
sog„lom hayot kechirish asoslarini aniqlash yosh fiziologiyasi ilmi yutuqlariga bog„liq. Shuning uchun 
yosh fiziologiyasi ilmi ijtimoiy ahamiyatga egadir. 
“Gigiena” tushunchasi grekcha so„z bo„lib, “foydali” degan ma‟noni bildiradi. U tashqi muhit 
omillarining (kimyoviy, fizikaviy, ijtimoiy va hokazo) inson salomatligiga taʻsirini o„rganadigan va 
olingan ma‟lumotlarga tayangan holda tashqi muhitni sog„lomlashtirish, inson sog„lig„ini 
mustahkamlashning meʻyor va qoidalarini ishlab chiqadigan, ayniqsa, yuqumli kasalliklarning oldini 
oladigan, ishlash qobilyatini oshiradigan, umrni uzaytirish tadbirlarini ishlab chiqadigan fandir. Gigiena 
inson bilan atrof-muhitning uzviyligini taʻminlaydi. Muhit sog„lom bo„lmay turib, tan-sog„liqni 
taʻminlash qiyin. Shu maʻnoda gigiena tabiiy-ijtimoiy muhit, borliqning odam organizmiga ijobiy va 
salbiy taʻsirini ham o„rganadi, tavsiyalar beradi. Gigiena fani tavsiyalari amaliyotga sanitariya (lotincha 
so„z bo„lib, “sog„liq” degan maʻnoni anglatadi) muassasasi tomonidan joriy qilinadi, garchi ular orasida 
mustahkam bog„lanish bo„lsa ham ularning vazifalarini ajrata bilish lozim. 
Buyuk fiziolog olim I.P. Pavlov: “Zamonaviy tibbiyot kasalliklarning hamma sabablarini bilib 
olgandagina kelajak tibbiyotga, yaʻni keng ma‟nodagi gigiyenaga aylanadi” deb be‟jiz aytmagan. 
Gigiyena fani bolalar va o„smirlar gigienasi, kommunal gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi, mehnat 
gigiyenasi va gigiyenaga oid boshqa fanlarni o„z ichiga oladi. 
Bolalar va o„smirlar gigienasi gigiena fani sohalaridan biri bo„lib, tashqi muhit omillarining bola 
organizmiga, uning hayot faoliyati, ta‟lim tarbiyasiga ta‟sirini o„rganadi va o„sayotgan avlodning 
sog„lig„ini mustahkamlash hamda jismoniy va maʻnaviy jihatdan bekamu-ko„st rivojlanishi uchun zarur 
bo„lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi. 
Bolalar va o„smirlar gigienasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
1. 
Bolalar va o„smirlar sog„lig„ini saqlash; 
2. 
Bolalar va o„smirlar faoliyati gigiyenasi; 
3. 
Tashqi muhit gigiyenasi; 
4. 
Bolalar va o„smirlar ovqatlanish gigiyenasi; 
5. 
Bolalar va o„smirlarga tibbiy xizmat ko„rsatish; 
6. 
Psixogigiyena. 

Yüklə 401,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin