1 Ma`ruza Mavzu: Fiziologiya va inson salomatligi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Reja


partada to„g„ri o„tirish yo„llarini ishlab chiqdi



Yüklə 401,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix04.04.2023
ölçüsü401,03 Kb.
#93253
1   2   3   4   5   6   7
1 Ma`ruza Fiziologiya


partada to„g„ri o„tirish yo„llarini ishlab chiqdi. 
N.R. Gundobin sog„lom o„sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda gigiena muhim rol o„ynaydi deb 
o„qitgan va uni pediatriyaning ajralmas bir qismi deb hisoblagan. U Yoshlik davrlari tizimini tuzgan. 
V.M.Bonch-Bruevich, I.A.Semashko, V.I.Molchanov, P.N.Speranskiylar bolalar va o„smirlar gigienasi 
sohasiga katta hissalarini qo„shganlar. 
1918 yilda Toshkentda Turkiston dorilfununining tashkil topishi O„zbekistonda fiziologiya va 
gigiena fanlarining rivojlanishiga asos bo„ldi. Fiziologiyaga oid dastlabki ilmiy tadqiqot izlanishlar 
Turkiston dorilfununining professorlari E.G„.Polyakov va I.P.Mixaylovskiylar tomonidan olib borilgan. 
Keyinchalik professorlar A.S.Shatalina, N.V.Danilov va A.I.Izaillar ilmiy tadqiqot ishlari fiziologiya 
fanining rivojiga katta hissalarini qo„shganlar. 
Hozirgi davrda ham biologiya va tibbiyot sohasida ko„pgina taniqli olimlar etishib chiqdilar
jumladan A.Yu.Yunusov fiziologiya fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo„shgan. U yuqori 
haroratni organizmning qon, tuz, suv almashinuvi, energiya almashinuvi, hazm funksiyalariga taʻsiri 
xaqida bir necha ilmiy asarlar yaratdi. “Odam fiziologiyasi” darsligi, fiziologik lug„atni yaratdi. 
Yo.X.To„raqulov qalqonsimon bez kasalligini o„rganish va davolashga doir olib borgan ilmiy ishlari 
uchun Davlat mukofotining sovrindori bo„lgan, I.K.Musaboev yuqumli kasalliklarnig tarqalish 
sabablarini, U.Oripov jarrohlik sohasida, K.A.Zufarov turli kasalliklar tufayli hujayralarda kechadigan 
o„zgarishlarni, Sh.S.Shamsiev bolalar kasalliklarini o„rganish va davolashga doir salmoqli ilmiy ishlar 
olib borgan. Bulardan tashqari, ko„plab zamondosh olimlarimiz biologiya va tibbiyot fanining turli 


sohalarini rivojlantirishga o„z hissalarini qo„shmoqdalar. 
O„rta asrlar tarixi haddan tashqari katta epidemiyalar va Evropa aholisining qirilishini bir qadar aks 
ettiradigan tarixdir. O„rta asrlarda Evropada chechak, tif, gripp epidemiyalari bir-biriga ulanib 
turgan.Tanosil kasalliklari, teri va ko„z kasalliklari keng tarqalgan. XVI asrda toun epidemiyasi Evropa 
aholisini to„rtdan bir qismining yostig„ini quritgan. Yangi paydo bo„lgan burjuaziya sinfi sanoatni 
rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirish va foydali ko„paytirishdan manfaatdor edi. Bunday 
maqsadga erishishida unga sog„lom ishchilar kerak bo„lganligi uchun ham va ma‟lum sanitariya chora-
tadbirlarini amalga oshirishga majbur bo„ldi. 
Ketma-ket sodir bo„lib turgan epidemiyalar yirik shaharlarda sog„lomlashtirishga oid shoshilinch 
sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshirishni, vodoprovod, kanalizatsiya o„tkazish kabilarni taqazo etdi. 
XIX asrning o„rtalarida biologiya, kimyo va fizika fanlarining gurkirab rivojlanishi gigiena taraqqiyotida 
ham yangi davrni boshladi. Bakteriologik va fizik-kimyoviy tahlil usullari gigienaga ham kirib keldi, 
aholi istiqomat qiladigan hudud va uy-joylar sanitariya holatini sog„lamlashtirish, ovqatlanish gigienasi, 
me‟yor va talablarni asosolashda qo„llanila boshladi. Bu gigienadagi eksperimental yo„nalishning 
ibtitdosi bo„ladi. Ingliz olimi Parks va nemis gigienisti Pettenkofer gigiena fanining asoschilari 
hisoblanadi. 
Parks 1857 yilda tashqi muhit omillarini fizik-kimyoviyva bakteriologik tekshirish natijalariga 
asoslangan gigienasha oid asarlarini nashr ettirgan bo„lsa, Pettenkofer gigienaning aniq fanga aylanishiga 
yo„l ochgan ko„p yillik laboratoriya-statistik tekshirishlarini o„tkazdi. Pettenkoferning turar joylarni 
shamollatish (ventilyasiya qilish) va isitish sohasida olib borgan tekshirishlari muhim ahamiyatga ega 
bo„ldi. Pettenkoferning zamondoshi va hamkori – fiziolog Foytning ovqatlanish fiziologiyasi va gigienasi 
sohasidagi ishlari, ayniqsa qimmatlidir. Pettenkoferning izdoshlari Rubner va Flugge havo, tuproq, suv, 
turar joy va kiyim-kechakka sanitariya nuqtai nazaridan baho berishning gigienik me‟yorlarini ishlab 
chiqdilar. 
XIX 
asrning ikkinchi yarmida bakteriologiyaning rivojlanishi mashhur Lui Paster (1822-1895) 
kashfiyotlari bilan bevosita bog„liq. Uning kashfiyotlari turar joylar, aholi yashaydigan joylarni 
sog„lomlashtirish va kasalliklarning oldini olish masalalarini hal qilish uchun gigienada yangi tekshirish 
usullaridan foydalanish imkonini berdi. Bu gigienaning yangi sohalari epidemiologiya va sanitariya 
bakteriologiyasining tez rivojlanishiga olib keldi. Gigiena mustaqil ilmiy fan sifatida XIX asrning 
o„rtalarida rivojlana boshladi. 
Gigiena kafedrasi ilk bor 1871 yilda Peterburg harbiy meditsina akademiyasida tashkil etildi, unga 
gigienaning turli masalalariga oid 90 dan ortiq ilmiy asarlar muallifi 
A.P. Dobroslavin boshchilik qildi. “Jamoat sog„lig„ini saqlash kursi”, “Gigiena”, “Harbiy gigiena 
kursi” kitoblar uning qalamiga mansubdir. Moskva Universitetida F.F. Erisman rahbarligida gigiena 
kafedrasi tashkil qilindi. U va uning shogirdlari tomonidan uch tomlik “Gigiena bo„yicha qo„llanma” 
asarini chop etishdi. Unda gigienaning barcha bo„limlari o„z aksini topdi.
2
Xulosa 
“Fiziologiya va inson salomatligi” fаni tаlаbаlаrgа, tаshqi muhit bilаn o‟zаrо bоg‟liqligi, insonlarda 
uchrаydigаn turli kаsаlliklаr vа ulаrni оldini оlish yo‟llаrini o‟rgаtishdа, kаttа аhаmiyatgа egа. 

Yüklə 401,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin