1 Ma`ruza Mavzu: Fiziologiya va inson salomatligi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Reja



Yüklə 401,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix04.04.2023
ölçüsü401,03 Kb.
#93253
1   2   3   4   5   6   7
1 Ma`ruza Fiziologiya

Fiziologiya 
asoschilari 
Dioskorid 
Aristotеl 
Galеn 
Gippokrat 
9 asr: Xusayin ibn 
Ibodiy;Abu Xanifa 
11 asr: 
 
Abu Ali ibn 
Sino; 
10 asr: Abu Rayxon 
Bеruniy; Abu Bakr ar 
13 asr: 
 
Abu Xomid Muxammad 


organlarni bayon etadi. Uning fikricha, odamning kasallanishiga asriy sabab havo, muhit, turmush 
sharoiti, yil fasllarining o„zgarishidir. Ar-Roziy birinchi bo„lib bemorga tashxis qo„yishni taklif etadi. U 
birinchi bo„lib chechakni oldini olish uchun emlash hamda uni qanday ijro etish kerakligini to„liq 
ko„rsatib bergan. 
Jaxon ilmiy tafakkuri rivojiga ulkan hissa qo„shgan buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino (980–1037) 
juda katta ilmiy meros qoldirgan. U o„zidan oldin o„tgan Sharq mutafakkirlarining asarlarini chuqur 
o„rganish bilan birga, qadimgi yunon tibbiy-ilmiy va falsafiy merosini, xususan, Aristotel, Evklit, 
Ptolomey, Galen, Gippokrat kabilarning asarlarini qunt bilan o„rgandi. Ibn Sinoning “Kitob al-qonun 
fittib” (Tib qonunlari) kitobi beshta katta kitobdan iborat bo„lib, 1956-1962 yillarda rus va o„zbek tillarida 
qayta nashr etilgan. Bu kitoblarda odam anatomiyasi, fiziologiyasi va gigienasi kabi tibbiyotning nazariy 
fanlariga hamda ichki kasalliklar, jarrohlik, dorishunoslik, yuqumli kasalliklarga tegishli bilimlar bayon 
etilgan. Bu kitob 600 yil davomida butun jaxondagi shifokorlar uchun asosiy qoʻllanma bo„lib keldi, 
undagi ko„pgina maʻlumotlar hozir ham ahamiyatini saqlab kelmoqda. U 36 marta qayta nashr etilgan. Ibn 
Sino turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishida ifloslangan suv va havoning roli katta 
ekanini uqtirib, suvni qaynatib yoki filtrlab isteʻmol qilishni tavsiya etgan. U tashqi muhitdagi turli tabiiy 
narsalar suv, havo orqali kasallik tarqatuvchi ko„zga ko„rinmaydigan “mayda hayvonlar” yaʻni mikroblar 
haqida L. Pasterdan 800 yil ilgari o„z fikrini bildirgan. Kasalliklarni oldini olishda tashqi muhitni 
muhofaza qilish, shaxsiy va ijtimoiy gigiena qoidalariga amal qilish zarurligi haqidagi fikrlarni bundan 
100 yil ilgari bayon etgan. Ibn Sinoning bolani tarbiyalash va o„stirish to„g„risidagi fikrlari diqqatga 
sazovordir. 
XII asrda yashab ijod qilgan Ismoil Jurjoniy, Najibuddin Samarqandiy, XVI asrda yashagan Sulton 
Ali Tabib Xurosoniy anatomiya, fiziologiya va gigiena fanining rivojiga katta hissa qo„shganlar. 
XVII-XVIII asrlarda S.Gels qon bosimini o„lchadi. V.M.Lomonosov, L.Paster, R.Kox, 
I.I.Mechnikov va boshqalar o„z kashfiyotlari bilan anatomiya, fiziologiya va gigiena faning rivojlanishiga 
katta hissalarini qo„shganlar. 
XIX asrga kelib anatomiya, fiziologiya va gigiena fani tez rivojlana boshladi. Rus fiziologlaridan 
I.M.Sechenov, I.P.Pavlov S.P.Botkinlar tomonidan progressiv taʻlimot yaratildi. 
I.M. Sechenov 1862 yili “Bosh miya reflekslari” nomli asarini nashr qilgan va ushbu asarida 
markaziy nerv sistemasidagi tormozlanish jarayonini ochib bergan. Fiziologiya fanining rivojlanishida 
I.P. Pavlovning hissasi juda katta. U reflekslar nazariyasini rivojlantirdi. 
Bolalar va o„smirlar gigienasi mustaqil fan sifatida XIX asrning o„rtalarida shakllana boshladi. Rus 
gigiyenist olimlari A.P. Dobroslavin va F.F. Erismannning uzluksiz tajribalar olib borishlari natijasida 
gigiena eksperimental fan bosqichiga ko„tarildi va tez rivojlana boshladi. 
Erisman (1842-1915) ko„plab o„quv qoʻllanmalarini yaratdi, barcha gigienik talablarga javob bera 
oladigan sinf xonalarining modeli, o„quvchilarning bo„yiga mos jihozlarning turlarini, o„quvchilarni 
Yüklə 401,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin