Texnika fanlari bilan fiziologiyaning o‟zaro aloqasi va hamkorligi hozirda yaggol sezilmoqda.
Bir tomondan murakkab texnikani boshqaruvch inson ongi muammosini yechishda, ikkinchi tomondan,
fiziologik hayotning murakkab girralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu
ikki yo‟nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi.
Murakkab zamonaviy texnika sir-asrorlarini bilish, uning jamiyat va fan ravnaqiga xizmatini
ta‟minlash o‟ta dolzarb masala va inson aqliy va jismoniy salohiyatini oqilona sffarbar qilinishini
taqozo etadi.
3. “Fiziologiya va inson salomatligi” fanining rivojlanish tarixi va barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida tutgan o‟rni. Inson sog„lig„ini muhofaza qilish va mehnat qobiliyatini ko„tarish haqida g„amxo„rlik qilish
muhim davlat vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu vazifalarni hal etishda, jumladan, kasalliklarning oldini
olish, sog„lom turmush tarzini targ„ib qilishda tibbiyot xodimlari bilan bir qatorda pedagoglar ham katta
kuch bo„lib xizmat qiladilar.
Zamonaviy bilim berish uchun avvalo murabbiy o„sib, rivojlanib kelayotgan avlodning turli
davrlardagi o„zgarishlarini, tashqi muhit sharoitining bola organizmiga taʻsirining gigienik ahamiyatini
bilib olgandagina o„quv-tarbiya jarayonini to„g„ri tashkil eta oladi.
Avlodni jismonan sog„lom, aqliy va ruxiy jihatdan tetik, qaddi-qomati kelishgan qilib tarbiyalash
uchun har qanday o„qitish shaklidagi bilim muassasalari tarbiyachi va o„qituvchilari “Fiziologiya va inson
salomatligi” fani asoslari haqidagi bilimga ega bo„lishlari kerak.
O„qituvchi bolalar va o„smirlarning anatomik-fiziologik xususiyatlarini o„rganar ekan, ayrim tizim
va organlarning (suyak-muskul, nafas olish, qon aylanish va nerv sistemasi, sezgi organlari, oshqozon-
ichak trakti, ichki sekretsiya bezlari, ayiruv organlari) tuzilishi, xususiyatlari hamda ularning faoliyatlari
gigienasi bilan tanishadi. Ayniqsa, uyqu va aqliy mehnatni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilish,
o„quv yuklamalarini o„quvchining yoshiga mos ravishda belgilash uchun nerv sistemasining o„ziga xos
yosh xususiyatlarini bilish juda muhimdir. O„sib, rivojlanib kelayotgan bolalar va o„smirlar anatomiyasi
va fiziologiyasini bilmay turib, o„quvchilar shaxsiy gigienasi, darsdan tashqari ishlar gigienasi va o„quv
tarbiyaviy ishlar gigienasi masalalarini yechib bo„lmaydi.
Organizmdagi har bir sistemaning fiziologiyasi va gigienasi aniq tadbirlarni boshqarishni, masalan:
suyak-muskul sistemasining gigienasi, harakat rejimini, partada to„g„ri o„tirish, ishlash jarayonida
gavdani to„g„ri tutish, yozayotganda qoʻl barmoqlarini ishlatilishini meʻyorga solish va hokazolarni talab
etadi. Bu tadbir choralarni yo„lga qo„yish, ularga rioya qilish, o„sib rivojlanib kelayotgan bolalarni
salomatligini mustahkamlashga, uni muhofaza qilishga va turli kasalliklarni oldini olishga imkon beradi.
“Fiziologiya va inson salomatligi” fani talabalarga, bo„lajak o„qituvchilarga rivojlanayotgan
organizm organ va sistemalarining o„ziga xos yosh xususiyatlari, uning tashqi muhit bilan o„zaro
bog„liqligi, bolalar va o„smirlarda uchraydigan turli kasalliklar va ularni oldini olish yo„llarini
o„rgatishda, bilimga ega qilishda katta ahamiyatga ega.
“Fiziologiya va inson salomatligi” fanining asosiy maqsadi – yosh avlodning zuvalasini pishiq
qilib, jismoniy va maʻnaviy jihatdan uyg„un rivojlanishini taʻminlashdan iborat.
“Fiziologiya va inson salomatligi” fanining rivojlanish tarixi. Odamning hayot faoliyati
eramizdan avval yashab, ijod etgan olimlar tomonidan o„rganilgan. Bunday olimlardan Bukrot
(Gippokrat), Arastu (Aristotel), Galen va boshqalarni eslash mumkin.