Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Valeologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi



Yüklə 432,66 Kb.
səhifə4/61
tarix05.04.2023
ölçüsü432,66 Kb.
#93551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
valeologiya maruza matni

Valeologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Valeologiya anatomiya, fiziologiya, psixologiya, sotsiologiya, falsafa, matematika, kibernetika va boshqa fanlar bilan chambarchas bog’liqdir. Valeologiyaning yuqorida qayd etilgan fanlar bilan bog’liqligi haqida-anatomiya odam organizmini tuzilishini o’rganadi,fiziologiya o’rganlarning funqsiasini,matematika statistika ma’lumotlarini tahlil qilish uchun kerak, psixologiya odam psihologiasi bilan bo’g’lik holatlarni o’rganadi. Pedagogik tadqiqotlar, tibbiy tekshirishlar va axborot ta’minoti usullari qo’llanilgan kompleks ma’lumotlar quyidagi masalalarni hal etishda yordam beradi.
Salomat tushunchasi va “me’yorlar” beriladigan ta’riflar juda ko’p bo’lib, ularning mazmuni mualliflarning kasbiy nuqtai nazari bildan belgilanadi. Eng falsafiy, har tomonlama qamrab oluvchi va eng qisqa ta’rif Butunittifoq salomatlik jamiyati tomonidan 1948 yilda qabul qilingan : “Salomatlik-bu faqatgina kasallik va jismoniy nuqsonlardan holi bo’lish emas, balki to’liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanganlikdir.”Jismoniy, ruhiy, individual va ijtimoiy salomat-bu jismoniy jihatdan. jismoniy ishga layoqatlilik va morfologik rivojlanish darajasiga ruhiy tetik bo’lishiga ytiladi.Quyidagi ta’riflar fiziologik nuqtai nazaridan aniqlovchi hisoblanadi: “Insonning individual sog’ligi-organizmning patologik siljishlarsiz, muhit bilan optimal bog’lanishda, barcha funktsiyalar bir-biriga moslashgan tabiiy holati”. (G.Z. Demchinkova, N.L.Polonskiy). “Salomatlik-bu inson hayotiy faoliyatining ruhiy, xis-tuyg’u, psixik, jismoniy sohalarning oddiy holati bo’lib, bu holat inson shaxsining, qobiliyat va layoqatining gullab-yashnashi, atrof-olam bilan uzluksiz bog’liqligini, uning uchun ma’sulligini anglashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi”.V.I.Dubrovskiy (1999) fikricha, salomatlikni baholash mezonlari quyidagicha:
-berilgan bosqichda jismoniy ishga layoqatlilik va morfologik rivojlanish darajasi;
-maxsus ish qobiliyatini cheklovchi surunkali kasalliklar, jismoiny nuqsonlarning mavjudligi;
-ijtimoiy qulayliklar, turmushning o’zgaruvchan sharoitiga moslashuvchanlik, atrof-muhitning noqulay omillarning ta’siriga chidamlilikni, oraginzmning tashqi muhitga ta’siriga reaktsiyasini saqlash.
Inson hayotiy faoliyati ro’yxati umumiy qabul qilingan jismoniy, ruhiy, ijtimoiy tashkil etiluvchilaridan tashqari his tuyg’u, bioenergetik, axborot, ahloqiy, motivatsiya va boshqa ko’plab tashkil etuvchilarni o’z ichiga olishi mumkin.
Aholi salomatligining holati yoki jamiyat salomatligini darajasini baholash uchun turli xil ko’rsatkichlardan foydalaniladi: demografik (tug’ilish, o’lish, o’rtacha yosh), kasallanish, kasallanuvchanlik, nogironlashtirishva b. Ko’rsatkichlar. Individium salomtalik darajasini aniqlashda birinchi navbatda organizmning jismoiny rivojlanishi hamda funktsional holatini, asosiy fizioloigk rezervlar holatini o’z ichiga oladigan somatik salomatlikni baholashga asoslaniladi. Nisbatan oddiy testlar va jismoiny ko’rsatkichlar yordamida salomatlikni baholash imkonini beruvchi skrining usulikalari amaliy valeologiya uchun katta qiziqish tug’diradi. Ularning bahzilarpi kompyuter variantlariga ega bo’lib, ko’p sonli kishilarni tekshirish natijalarini tezlik bilan qayta ishlash va salomatlik monitoringini tashkil etish imkonini beradi. Organizmning sog`lomligi bilan kasalligi hayotda bir-biri bilan almashinib turadi. Kasal odam sog`ayishi, aksincha, sog`lom organizm kasalga chalinishi mumkin. Sog`lom odam xamisha mehnat qilishi, jamiyat ishida qatnashib turishi bilan kasal organizmdan farqlanadi. Sog` odam bakuvvat va ruhiy tetik bo’ladi.Kasallik A.A.Ostroumov (1844-1908) ning iborasicha, organizm holati bilan atrof muhit o`rtasidagi muvozanatning natijasidir. Lekin organizmdagi o`zgarishlar atrof muhit ta’siridan tashkari o`zining holatiga, a’zolarining o`zaro munosabatiga va mavjud bo`lgan o`zgarishlarga moslashish qobiliyatiga xam bog`lik bo’ladi. Sog`lom odam organizmi turli sharoitga (ishlaganda, sport bilan shug`ullanganda) moslashadi, yurak urishi kuchayib qon aylanishi, nafas olishi tezlashadi, modda almashish kuchayadi. Bunday holat fiziologik normal holat hisoblanadi. Kasalliklar turlicha bo’lib, ularning xar birini o`ziga xos alomat (simptom)lari bo’ladi. Jumladan, organizm harorati o`zgarib, et uvishishi, kuvvatsizlik, terida o`zgarish paydo bo`lishi, og`rik paydo bo’lib, ko`ngil aynishi, ich ketishi yoki qayt qilish kabi alomatlar kuzatiladi. Binobarin, kasallik organizmning normal holatini buzishi tufayli u atrof-muhitga moslasha olmay, mehnat qobiliyati pasayadi.Inson sog’lig’ining ahvolini baholash “norma” tushunchasi bilan bog’liq. Yosh va individual-shaxsiy normalar farqlanadi. Yosh normalari turli yosh guruhlarida o’tkazilgan o’lchovlar hamda har bir tadqiq etilgan guruh uchun o’rtacha qiymat hisoblanishiga asoslanadi. Har bir yosh guruhi uchun olingan o’rtacha qiymat normaning standarti deb olinadi. SHaxsiy-individual norma jinsiy, konstitutsional belgilari, kasbi, turar joyi, turmush tarzi va boshqalarni hisobga olinishini ko’rsatib beradi.Organizmning sog`lomligi bilan kasalligi hayotda bir-biri bilan almashinib turadi. umr uzoqligi kabi qimmatli fazilatlarini ancha darajada namoyon qilishga imkon beradi.

Yüklə 432,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin