Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Mustaqillik yillarida qabul qilingan ijtimoiy dasturlarning xalq salomatligini mustahkamlashdagi o’rni va ahamiyati



Yüklə 432,66 Kb.
səhifə9/61
tarix05.04.2023
ölçüsü432,66 Kb.
#93551
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61
valeologiya maruza matni

Mustaqillik yillarida qabul qilingan ijtimoiy dasturlarning xalq salomatligini mustahkamlashdagi o’rni va ahamiyati.
Mustaqillikning e’lon qilingan birinchi kunlaridanoq O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. Karimov, Respublikamiz hukumati tomonidan o’sib kelayotgan yosh avlodning sog’lig’iga doimiy g’amxo’rlik qilingan. Sog’liqni shakllantirish va uyg’un rivojlanish, bolalarning sog’lom turmush tarzini rivojlantirishning muhim omillaridan biri jismoniy tarbiya va sportdir. Ommaviy bolalar sportining rivojla-nishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 oktyabrdagi 3154-sonli «Bolalar sportini rivojlantirish fondining tuzilishi to’g’risida»gi Farmoni va 2002 yil 31 oktyabrdagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 374-sonli «O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish fondi faoliyatining tashkil etilishi to’g’risida»gi Qarori qabul qilingan. Ushbu hujjatlarda Sog’liqni saqlash vazirligi oldida o’sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama jismoniy va ma’naviy rivojlanishini ta’minlashga imkon beruvchi bolalar sporti turlarining asosiy yo’nalishlarini rivojlantirishning tibbiy-ilmiy asoslarini ishlab chiqish vazifasi qo’yilgan.Sog’lom bolalarni rivojlantirish sohasida ilmiy tadqiqotlar bolaning organizmiga jismoniy tarbiyaning hal qiluvchi ta’siridan dalolat beradi. Inson organizmi harakatga bo’lgan biologik ehtiyojni sezadi, ushbu harakatlar jismoniy va intellektual rivojlanishni takomillashtirishning faol biologik rag’batlantirishning omillari bo’ladi. Harakatlarning roli organizmning keskin va kuchli o’sishi va rivojlanishi davrlarida – bolalik va o’smirlik yoshida ayniqsa kattadir.Bola organizmining o’sish jarayonini passiv kuzatish shunga olib keladiki, o’smirlik yoshiga kelib tayanch-harakat tizimi va ichki a’zolari tarafidan kasalliklar shakllanadi. Bolada psixologik ichki noqulaylik kuzatiladi. Bugungi kunda Respublikamiz fuqarosining sog’lig’ini shakllantirish va uyg’un rivojlantirish jismoniy tarbiya va sportsiz tasavvur etilishi mumkin emas. Bolalarning jismoniy tarbiyasi va sport bilan shug’ullanishini to’g’ri tashkil etishn ularning sog’lig’i hamda noqulay tashqi sharoitlarga moslashuvining ko’rsatkichlariga hal qiluvchi ta’siri haqidagi ilmiy asoslangan tadqiqotlar mavjud. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish bolalarda va o’smirlarda hayotga ishonch, shodlik va tetiklikni hosil qiladi, vatanparvarlik tuyg’usi va Vatanga muhabbatni tarbiyalaydi.Inson tabiatdan olgan eng bebaho ne’mati – salomatlikdir. Xalqda «Salomat, zo’r kishiga hammasi zo’r!» deb bejiz aytishmaydi. Bu sodda va dono haqiqatni organizmda buzilishlar paydo bo’lib, biz shifokorlarga murojaat qilishga majbur bo’lgan paytimizda emas, har doim eslab turish lozim. Tibbiyot naqadar takomillashgan bo’lmasin, u har bir kishini uning kasalliklaridan xalos eta olmaydi. Inson o’z salomatligining yaratuvchi-sidir, shuning uchun ham ilk yoshidan boshlab faol va sog’lom turmush tarzini yuritib, chiniqib borish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish, shaxsiy va ijtimoiy gigiena qoidalariga amal qilish va shu yo’l bilan oqilona yo’llar orqali haqiqiy uyg’unlikka erishish yaxshi bo’lar edi. Aholining salomatligini mustahkamlash muammosi zamonaviy jamiyat sharoitida unga xos bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik rivojlanish xususiyatlari hamda qadriyat fikrlarining jiddiy o’zgarishini hisobga olgan holda hal etilishi – birinchi darajali ahamiyatiga ega bo’lgan muammodir.Butunjahon Sog’liqni saqlash Tashkilotining ekspertlari ta’rifiga ko’ra, sog’liq – bu bor-yo’g’i kasalliklar va jismoniy nuqsonlarning yo’qligi emas, balki to’liq jismoniy, ruxiy va ijtimoiy farovonlik holatidir. Zamonaviy olimlarning ko’pchiligi sog’liq tushunchasini kishining optimal fiziologik, psixologik va ijtimoy faoliyat yuritishga layoqati deb ta’riflaydilar. Insonning salomatligi amalda uning hayotiy faoliyatining barcha sohalari bilan bog’liq. Ularning istalgan biridagi o’zgarishlar bevosita yoki vositali holda sog’liqning psixosomatik darajasiga chiqadi. Sog’liq – bu insonning biologik va ijtimoiy xususiyatlarining uyg’un yaxlit birikmasi bo’lib, unga makro- va mikrosferaning sharoitlarga moslashish, shuningdek ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan mahsuldor hayot bilan yashashga imkon beradi. Insonning sog’lig’i hayot sifatining kategoriyasi bo’lib, fiziologik mexanizmlar, tashki muhitning sharoitlariga moslasha olish, o’z-o’zini tashkil etish qobiliyati, o’z-o’zini rivojlantirish va o’z-o’zini saqlashga layoqati bilan belgilab beriladi. Sog’liqqa bo’lgan ehtiyoj umumiy tusga ega, u ham alohida bir individga, ham umuman jamiyatga xos bo’ladi. Sog’liqning ahvoli insonlar hayotining barcha sohalariga ta’sirini o’tkazadi. U insonning jismoniy, psixik va aqliy qobiliyatining yuqori salohiyatini belgilab beradi va uning to’laqonli yashashining garovi bo’lib xizmat qiladi. Aholining salomatligi jamiyatning iqtisodiy rivojlanishining dinamikasiga ulkan ta’sir ko’rsatadi, hamda uning ijtimoiy-etik yetukligining o’lchovi bo’ladi. Bularning hammasi shaxsga o’zining salomatligi, uning avlodlarining salomatligi hamda u yordam berishi mumkin va lozim bo’lgan kishilarning salomatligiga nisbatan ma’lum mas’uliyatni yuklaydi. O’z salomatligiga e’tibor berish, uning buzilishlarining individual profilak-tikasini ta’minlay olish, sog’lom turmush tarzi kishining jamiyatdagi o’z tutgan o’rni hamda o’zi va yaqinlarining oldidagi mas’uliyatini anglashining ko’rsatkichlari bo’ladi.SHunday qilib, sog’liq–bu absolyut va boqiy qadriyat bo’lib,butun insoniyat qadriyatlarining ierarxik zinapoyasida eng yuqori pog’onalardan birini egallaydi. Sog’liq shunday bir zaxiraki, insonning deyarli barcha ehtiyojlarini qondirish darajasi unga ega bo’lish darajasiga bog’liq bo’ladi. U faol, ijodiy va to’laqonli hayotning asosi sifatida yuzaga chiqib, qiziqishlar va ideallar, uyg’unlik va go’zallikning shakllanishida ishtirok etadi, inson mavjudligi va yashashining ma’nosi va baxt-saodatini belgilab beradi.Sog’liqning ob’ektiv va sub’ektiv ko’rsatkichlari farqlanadi. Sub’yektiv ko’rsatkichlarga o’zini sezish, ishlash qobiliyati, uyqu, ishtaha ko’rsatkichlari kiradi. Ob’ektiv ko’rsatkichlar antropometrik o’lchovlar bilan (tana vazni, bo’yi, ko’krak qafasining aylanasi, bo’yin, elka, son, tizza, qorin va h.k.), nafas olishning tezligi, o’pkaning hayotiy sig’imi, tomir urish, arterial qon bosimi va hokazolar bilan bog’liq.Inson sog’lig’ining ahvolini baholash “norma” tushunchasi bilan bog’liq. Yosh va individual-shaxsiy normalar farqlanadi. Yosh normalari turli yosh guruhlarida o’tkazilgan o’lchovlar hamda har bir tadqiq etilgan guruh uchun o’rtacha qiymat hisoblanishiga asoslanadi. Har bir yosh guruhi uchun olingan o’rtacha qiymat normaning standarti deb olinadi. SHaxsiy-individual norma jinsiy, konstitutsional belgilari, kasbi, turar joyi, turmush tarzi va boshqalarni hisobga olinishini ko’rsatib beradi. Zamonaviy tibbiyot o’z imkoniyatlari yig’indisida sog’liq ahvoliga tashhis qo’yishning yangi uslublarining etarli soniga ega bo’lib, ularning ichida noan’anaviy uslublar va usullar katta o’rin tutadi.Sog’liqning asosiy mezonlari quyidagilardir:

  • genetik–inson genotipining tuzilishi va faoliyatining xususiyatlari;

  • fiziologik – inson anatomo-fiziologik tizimlarining tuzilishi va faoliyat yuritishining xususiyatlari;

  • psixik – inson asab tizimining tuzilishi va faoliyat yuritishning xususiyatlari, psixikasi va shaxs statusining xususiyatlari;

  • ijtimoiy – insonning ijtimoiy faolligi.

Insonning salomatligi bir necha omillardan tarkib topadi va organizmning nasliy xususiyatlarining atrof voqelik sharoitlari bilan o’zaro ta’sirga kirishuvining natijasi bo’ladi. Ushbu sharoitlarga qarab sog’liqni saqlash va mustahkamlash omillarining bir nechta guruhi ajratiladi, ularning inson ongi va faol faoliyat yuritishi bilan bog’lanishi bir darajada yoki teng bo’lmaydi.Inson ongi va faol faoliyat yuritishiga bog’liq bo’lmagan omillar: genotip; nasliy sabablar bilan belgilab berilgan organizm va psixikasining xususiyatlari.Inson ongi va faol faoliyat yuritishiga vositali bog’liq bo’lgan (ijtimoiy-iqtisodiy) omillar: ijtimoiy-iqtisodiy turmush sharoitlari; yashash joylarining ekologiyasi; sog’liqni saqlash rivojlanishining darajasi.Inson ongi va faol faoliyat yuritishi bilan bevosita to’g’ri bog’langan omillar (turmush tarzi): jismoniy faolligi; ovqatlanishi; mehnat va dam olish tartibi; zararli odatlarining yo’qligi; profilaktik va sanitariya-gigiena normalariga rioya qilishi; jinsiy sog’lig’i; oilada, o’qish, ish yoki xizmat joyida psixologik iqlim; hayotining ijtimoiy-iqtisodiy sharoit-lari bilan qoniqqanligi.
Valeologiyaning boshqa bir markaziy tushunchasi «sog’lom turmush tarzi»dir. Turmush tarzi amalda insonning deyarli barcha hayotiy faoliyatining turlari bilan bog’liq bo’lib, uning sog’lig’ining holatini bevosita belgilab beradi. Bu kishilarning butun hayoti mobaynida maqsadli shakllantiriladigan faol faoliyatidir.
Insonning sog’lom turmush tarzining tushunchasi ta’riflarining ichida eng maqbuli – akademik YU.P. Lisitsin ifodalagan ta’rif: «Sog’lom turmush tarzi – insonning sog’lig’ini saqlashga va mustahkamlashga qaratilgan hayotiy faoliyatining usulidir».Sog’lom turmush tarzi – bu nafaqat tibbiy-biologik faoliyat, balki jismoniy va ma’naviy ehtiyojlarning oqilona qondirilishi, insonning shaxsiy madaniyati va ta’limining shakllanishidir. Bu yuksak tibbiy faollik, o’z kasbiy va ijtimoiy vazifalarini mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy vaziyatdan qat’i nazar bajarish imkoniyatidir.Sog’lom turmush tarzining shakllanishi inson hayotiy faoliyatining sharoitlarini uning valeologik savodxonligi, gigienik mamlakalarga o’rgatilishi, uning salomatligini yomonlashtiradigan asosiy omillarni bilishi asosida takomillashtirishni maqsad qilib qo’yadi. Sog’liqni saqlash ko’p jihatdan insonning yashash muhitiga bog’liq. Insonning salomatligiga ta’sir etuvchi omillarning uchta guruhi ajratiladi:

  • jismoniy (havo, suv, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanishi, shovqin, elektrmagnit maydoni, radiatsiya va boshqalar);

  • psixologik (mehnat, oilaviy, shaxslararo, madaniy munosabatlar, psixoemotsional ta’sir o’tkazilishi va boshqalar);

  • ijtimoiy (ijtimoiy va siyosiy o’zgarishlar, ishsizlik, vaqt etishmasligi, energiya – g’ayrat yetishmasligi va hokazo).

Insonning yashash muhitining shakllantirilishi uning valeologik madaniyati, jismoniy, psixologik va ijtimoiy bosimning ta’siriga qarshi tura olishiga bevosita bog’liqdir. Sog’lom turmush tarzining asosiy sharti: sog’liqning uyg’un rivojlanishi va mustahkamlanishini, kishilar ishlash qobiliyatini oshirishni, ularning uzoq ijodiy umrini uzaytirishni ta’minlaydigan sog’lomlashtiruvchi tadbirlarning majmuasidir.
Harakatlarga ehtiyoj organizm o’sishining qonuniyatlari bilan belgilab berilgan bo’lib, ular normal rivojlanish, sog’liqni mustahkamlash, to’g’ri qomatni shakllantirish va asosiy harakat-lanish ko’nikmalarini egallashning zaruriy shartidir. Qadimgi yunon faylasufi Plutarx harakatni «hayoting ombori» deb nomlagan. Fransuz olimi B.Paskal ta’kidlaga-nidek: «Odam uchun eng chidash qiyin bo’lgan narsa na ehtiroslar, na ish, na ko’ngil ochishlar, na mashg’ulotlar bilan buzilmaydigan sokinlikdir. Bunda u o’zining hech kim emasligini, tashlandiqligini, nokomilligini, tobeligini, kuchsizligini, bo’shashganligini sezadi». Inson doimo kuch, epchillik, tezlik, chidamlilik kabi jismoniy xususiyatlarini rivojlantirishga intilishi lozim.Sog’lom turmush tarzining muhim elementi – shaxsiy gigienadir. U oqilona sutkalik kun tartibini, tanani parvarish qilish, kiyim va poyafzalning gigienasini o’z ichiga oladi. Kun tartibiga aloxida e’tibor beriladi. Unga to’g’ri va qat’iy rioya etilganda organizm faoliyatining aniq ritmi yuzaga keltiriladi, bu esa ishlash va tiklanish uchun eng yaxshi sharoitlar yaratib, shu bilan sog’liqni mustahkamlash va ishlash qobiliyatining tiklanishiga yordam beradi. To’laqonli uyqu – asosiy va o’rnini hech narsa bosa olmaydigan dam olish turiga alohida e’tibor berish lozim. Doimiy uyquga to’ymaslik shunisi bilan xavfliki, asab tizimining zo’riqib charchashi, organizm himoya kuchlarining susayishi, ish qobiliyatining pasayishi, o’zini yomon sezishga olib kelishi mumkin.Sog’liqning ajralmas tarkibiy qismi – oqilona ovqatla-nishdir. U insonni energiya bilan hamda organizm quriladigan va almashinuv jarayonlarini rostlab turuvchi moddalar bilan ta’minlaydi. Ortiqcha ovqatlanish ham, ovqat yetishmasligi ham organizmga salbiy ta’sir ko’rsatadi, shu tufayli oqilona, muvozanatlangan va to’laqonli ovqatlanish qoidalariga amal qilish muhim.Sog’lom turmush tarzining ajralmas sharti zararli odatlardan voz kechish bo’lib, ular sog’liqni o’ta darajada buzib, umrning uzunligini keskin qisqartiradigan ko’pgina xavfli kasalliklarning sababi ulardan kelib chiqadi.CHiniqish kuchli sog’lomlashtirish vositasi bo’lib, uning yordamida ko’pgina kasalliklarga duch kelmaslik, umrni uzaytirish hamda uzoq yillar davomida ishlash qobiliyatini, shuningdek hayotdan xursand bo’la olish tuyg’usini saqlab qolish mumkin. SHamollash kasalliklarining profilaktikasida chiniqishning tutgan o’rni ayniqsa kattadir. CHiniqish organizmga umumiy mustahkamlovchi ta’sir ko’rsatadi, markaziy asab tizimining tonusini oshiradi, qon aylanishini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini normaga soladi.Sog’liqning ushbu asosiy tarkibiy qismlaridan foydalanish va qo’llash zamonaviy dinamik rivojlanish sharoitida o’ta zarur bo’lgan shaxsning yuksak aqliy va jismoniy ishlash qobiliyati, ijtimoiy faollik, ijodiy umr uzoqligi kabi qimmatli fazilatlarini ancha darajada namoyon qilishga imkon beradi.O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish va xalq salomatligini mustahkamlash xaqida Prezident I.A.Karimovning bir necha farmonlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlari e’lon qilindi. Olib borilgan ishlar o’z samarasini bermoqda. Hozir O’zbekiston aholisining turmush tarzi yaxshilandi. Sog’ligi mustaxkamlandi. O’zbekiston davlati o’z xalqini sog’ligini jiddiy o’ylab ko’rishga ishontirmoqda. O’zbekiston Liberal-demokratik Partiyasi fraktsiyasining a’zolari O’zbekiston Respublikasining «Tuzni yodlash to’g’risida» gi Qonunining loyihasini ishlab chiqqan deputatlar SHodmonov A.X., Nasriev I.I va Alimov N.X. larning ushbu qonun loyihasini Oliy Majlis Qonun chiqaruvchi palatasining muhokamasiga olib chiqish to’g’risidagi taklifini qo’llab-quvatladilar. Qonunning loyihasi jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, davlatni isloh etish va modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturida, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilishida O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. Karimovning so’zlagan nutqida bo’lgan fikrlar va xulosalar asosida belgilangan ustuvor vazifalar va yo’nalishlarni amalga oshirish yuzasidan amaliy choralarni amalda bajarish maqsadida ishlab chiqilgan.Prezident I.A. Karimov o’z ma’ruzasida Salomatlik yilida o’tkazilgan keng ko’lamli ishlar «2005 yilda katta natijalarga olib kelgan, bu yil «Faqat sog’lom xalq, sog’lom millat buyuk yutuqlarga qodir bo’ladi» degan tamoyilning falsafasini va mazmunini o’zida mujassam etgan»ligini, 2005 yilda amalga oshirilgan umummilliy dasturlar va tadbirlar sog’liqni saqlash darajasini oshirishga, odamlarimizning, xalqimizning hayotiga qanday ijobiy ta’sir etganligini qayd etgan. Ma’ruzada alohida ta’kidlanishicha, o’tgan davrda anemiya bilan kurash dasturini amalga oshirish maqsadida temir bilan boyitilgan maxsus unning chiqarilishi yo’lga qo’yilgan. SHuningdek yod tanqisligining oldini olish bo’yicha dastur ishlab chiqilgan va hayotga tatbiq etilmoqda. Butunjahon Sog’liqni saqlash Tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, 130 davlatdagi 1,6 mlrd. kishi yod etishmaydigan mintaqalarda yashaydi, 740 mln. kishi yod tanqisligi ksalliklari bilan og’riydi, 110 davlatda bu sog’liqni saqlash uchun muammolarni tug’dirmoqda.Yod tanqisligi rivojlanayotgan miyaga eng keskin parchalovchi ta’sir ko’rsatadi: yod tanqisligi aqliy qoloqlikning oldini olish mumkin bo’lgan asosiy sabalaridan biri deb aytilgan. Rivojlanayotgan miyaning buzilishi turli kasalliklarga qarshilikning, o’zlashtirish, samarali ishlash va qayta tiklanish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Respublikamiz yod tanqisligi mintaqasida joylashganligini va yod tanqisligi kasalliklarining tarqalishi turlicha ekanligini hisobga olib, uning profilaktikasi yuzasidan jiddiy me’yoriy-huquqiy choralar ko’rilishi talab etiladi.Respublikamizda yod tanqisligi holatlarining oldini olish uchun Davlat dasturi qabul qilingan, uning bandlaridan biri sifatida ushbu masalalarning qonun sifatida tartibga solinishi belgilangan.1977 yilda butun dunyo sog’liqni saqlash tashkiloti (VOZ) barcha davlatlarning ijtimoiy maqsadi 2000 yilda dunyoning barcha odamlariga ijtimoiy iqtisodiy jihatdan eng yaxshi xayot tarzini bo’lishini belgiladi. Bu fikr “2000 yilda barchaga sog’liq degan” shior bo’lib qoldi.Butun dunyo sog’liqni saqlash tashkilotining Evropa hududi 1985 yilda yuqorida keltirilgan shiorni materiallarini e’lon qildi. SHunday qilib, sog’liqni saqlash siyosati 38 masaladan iborat:

  • Evropaning kelgusidagi sog’liqni saqlash tizimi.

  • Yaxshi sog’liqqa erishish.

  • Atrof –muhitni sog’lomlatirish

  • Munosib tibbiy sanitar yordam.

  • Barcha erda sog’liq strategiyasini rivojlantirish.

Bular qanday amalga oshirilayotganligi xaqida misollar keltiramiz. Skandinaviya davlatlari AQSH ning ijtimoiy ta’minot, sog’liqni saqlash, xarbiy idoralari aholini sog’ligi yomonlashayotganligi xaqida axborot beradilar.Bu davlatlar tomonidan “asr yovuzligi bilan kurash” nomli dasturni qabul qildilar. 1970 yillarda sog’lom turmush tarzini yaxshilash ishlarini olib bordilar. CHekishdan va boshqa zararli odatlardan voz kechish, ichkilikni sotishni man etish xaqida qarorlar qabul qilindi. Ommaviy ravishda sport bilan shug’ullanish boshlab yuborildi. Odamlar ommaviy ravishda aerobika, sheyping, yugurish sportlari bilan shug’ullanadilar. Hozir Amerikada 80 mln odam piyoda yurish, yugurish mashg’ulotlari bilan shug’ullanadilar. O’zbekistonda milliy mustaqillikdan so’ng jismoniy tarbiya sport ishlar keng miqiyosda yo’lga qo’yilgan. Ko’p sport inshootlari qurildi. Barcha aholini sportga jalb qilindi. Ommaviy ravishda yugurish amalga oshirildi. Sport sektsiyalari ochilib, ularga asosan yoshlar jalb etildi.



Yüklə 432,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin