Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


FANNING SHAKLLANISH TARIXI



Yüklə 432,66 Kb.
səhifə5/61
tarix05.04.2023
ölçüsü432,66 Kb.
#93551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
valeologiya maruza matni

FANNING SHAKLLANISH TARIXI.
XX asrning ikkinchi yarmida tibbiyot nazariyasi aholining salomatligiga erishish uchun amalda sog’lom kishining sog’lig’ini muhofaza qilishga e’tiborini qaratish lozimligi holatiga duch keldi.XX asrning 60-yillari oxirida S.M. Pavlenko (Rostov shahri) va S.F. Oleynik (Lvov shahri) «sanologiya» deb nom olgan ilmiy yo’nalishga asos soldilar. Sanologiya «organizmning kasallikka qarshi turishi to’g’risidagi umumiy ta’limot» deb ta’riflangan. Ushbu qarshi turishning negizida «sanogenez», ya’ni favqulodda qo’zg’atuvchining ta’sirida yuzaga keladigan moslashuv mexanizmlarining dinamik majmui yotadi. Sanogenezning kontsep-tsiyasi tibbiy jamoatchilik tomonidan tegishlicha baholanmagan va deyarli 20 yilga unutilgan edi.Favqulodda, ekstremal sharoitlarda ishlaydigan shaxslarning (g’avvoslar, kosmonavtlar) tibbiy ta’minoti bilan shug’ullanuvchi harbiy tibbiyot vakillari sanogenezning muammosi rivojlanishiga muhim hissa kiritganlar. Ilk bora bevosita ko’rsatkichlari bo’yicha miqdoriy baholanishiga ega bo’lgan muayyan kategoriya sifatida sog’liqni N.M. Amosov ko’rsatgan edi. O’zining «Salomatlik haqidagi fikrlar» (1978 yil) asarida u organizmning zaxira imkoniyatlari bilan belgilanishi mumkin bo’lgan «sog’liqning miqdori» degan atamani taklif qildi. Metodologik yondashuvi qanchalik to’g’riligiga qaramay, uning muayyan uslubiyotda (barcha a’zolar va tizimlarning funktsional zaxiralarini baholashda) amalga oshirilishi haqiqatdan uzoq.Zamonaviy tushunchasida insonning salomatligi to’g’risidagi fanning yaratuvchisi deb haqli ravishda Vladivostok shahrida ishlagan I.I. Brexman hisoblanadi, u ilk bora (1982 yil) amalda sog’lom bo’lgan kishilarning salomatligini saqlash va mustahkamlashning metodologik asoslarini shakllantirgan. Brexman individ sog’lig’ining sifatini va miqdorini diagnostika qilish, etiologiyasini o’rganish yo’li bilan butun sog’liqni saqlash strategiyasini o’zgartirish zarurligi haqidagi fikrga keldi. O’zi asoslab bergan yangi ilmiy yo’nalishni «valeologiya» deb nomlab (lotinchadan «valeo» – sog’lom bo’lish), u 1987 yilda ushbu muammo yuzasidan birinchi monografik asarni nashr etdi. Ushbu asar «Valeologiya – sog’liq haqidagi fanga kirish» bo’lib, unda muallif sog’liq to’g’risidagi fan yagona tibbiyot bilan cheklanmasdan, balki bir necha fanlarni jamlab, shuningdek ekologiya, biologiya, psixologiya va boshqa fanlarning asosida shakl lanishi lozim, deb ta’kidlagan. Valeologiyaning asoschisi shuningdek V.P. Kaznacheev (1977) bo’lib, uning fikricha, tibbiyot kasallikning sabablari, kasalliklarning mohiyati, ularning profilaktikasi va davolanishi haqidagi masalani qo’yadigan bo’lsa, u yoki bu dardlarga olib kelishi mumkin bo’lgan sabablarning oldini olishga qaratilgan bo’lsa, valeologiya esa sog’liq mohiyatining vazifalarini (valeologiya), salomatlik sabablari, omillari va mexanizmlarining vazifalarini qo’yadi, deb hisoblagan edi.Prof. V.P.Kulikovning ko’pchilik nashrlari shaxsiy salomatlikning turli jihatlariga bag’ishlangan. Uning tomonidan ilk bora shaxsiy salomatlikning uch o’lchovli modeli taklif etilgan.XX asrning oxirida valeologiya, ya’ni o’z ilmiy qiziqishlarining markaziga shaxsiy salomatlikni qo’ygan ilmiy yo’nalish 20 yilga to’ldi.Tibbiyotda paydo bo’lgan yo’nalishdan boshlangan valeologiya tez orada tibbiy fanlarning doirasidan chiqib ketib, jamlanma fanga aylandi va o’zining maxsus tadqiqot fanlari bo’lgan bir nechta ilmiy yo’nalishlarni shakllantirdi. Tibbiyotda bu shaxsiy salomatlikning mexanizmlari, ushbu mexanizmlarni boshqarish imkoniyatlari bo’lsa, pedagogikada – shaxs-ning o’z salomatligini qo’rish jarayoniga jalb etilishining qonuniyatlaridir. Aynan ushbu holat, ya’ni o’z tadqiqot predmetining mavjudligi tibbiy va pedagogik valeologiyaning mustaqil ilmiy fanlar sifatida ajralib chiqishiga sabab bo’ldi. Oxirgi nashrlardan biz valeologiya «norma» to’g’risidagi ta’limot shakllantirilganda, yuzaga kelganligini bilib oldik. Bunda ma’lum bo’li-shicha, I.I. Brexmanga faqat «valeologiya» atamasining o’zigina tegishli ekan. Valeologiya – bu shaxsiy salomatlikning mohiyatini, mexanizmlari va namoyon bo’lishini, uning diagnostikasi va bashoratlanishining uslublarini, shuningdek sog’liqning darajasini oshirish, individning hayoti va ijtimoiy moslashuvining sifatini yaxshilash maqsadida sog’liq mexanizmlarini optimallashtirish yo’li bilan sog’liqni tuzatish uslublarini o’rganadigan fandir.V.N.Vaynerning fikricha (2001), valeologiya predmeti insonning shaxsiy salomatligi hamda sog’lig’ining zaxiralari, shuningdek sog’lom turmush tarzidir. Tavsiyalari asosan, kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tibbiy fanlardan valeologiyaning eng muhim farqlaridan biri ham shunda.Yosh paytidanoq salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan davlatimizning siyosati faqat sog’lom kishigina to’laqonli mehnat qilib, oilasiga va jamiyatga eng katta foyda berishga layoqatli ekanligi tufayli alohida ahamiyat kasb etadi. Bizning mamlakatimizda hozircha valeologiya muammolari bilan faqat O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining ilmiy-uslubiy laboratoriyasi negizida faoliyat yuritadigan professor F.A.Kerimov rahbarlik qilayotgan Sport yutuqlarining ilmiy Markazi shug’ullanadi. Barcha taraqqiy etgan mamlakatlarda salomatlik insonning eng muhim boyligi hisoblanadi. Sog’lom inson istalgan jamiyatda katta kuchga ega yaratuvchilik vazifasini bajaradi, quvonch, intel-lektual va jismoniy qobiliyatning manbasi hisoblanadi. SHu munosabat bilan inson ehtiyoji bo’lmish salomatlikni mustahkamlash dolzarb muammo bo’lib qolmoqda. Bundan jamiyatning har bir a’zosida inson hayotida eng muhim bo’lgan salomatlikka bo’lgan munosabatni tarbiyalash masalasi paydo bo’ladi. Buning uchun sog’lom inson modelini, pedagogik nazorat tizimini va jismoniy kamolotga erishishning effektiv usul va uslublari-ni ishlab chiqish lozim. Jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy holat va funktsional tayyorgarlikning son ko’rsatkichlari yosh inson salomatligi darajasi haqida nisbatan ma’lumot beradi.Ushbu dastur oliy ta’limning ekstensiv-axborot tizimidan intensiv - fundamental tizimiga o’tishga asoslangan yangi kontseptsiyasini tadbiq etishga yo’naltirilgan. Oliy ta’lim istiqbol taraqqiyotining asosiy muammolarini hal etish yoshlarni jismonan tarbiya qilish, pedagogik sog’lomlashtirish tizimini takomillashtirishni talab etadi. SHuning uchun oliy o’quv yurtla-rida jismoniy tarbiya tizimini qayta qurish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi, chunki tadqiqotlarimiz natijalariga ko’ra o’qish davomida talabalar salomatligi darajasi yildan-yilga pasayib bormoqda. Hozirgi vaqtga qadar oliy o’quv yurtini bitirayotgan yosh mutaxassislar ko’pincha to’liq sog’lomlashgan emas, bu esa ularning kelgusidagi ishlab chiqarish va ijtimoiy foydali faoliyatini cheklab qo’yadi, natijada rivojlanayotgan davlatga iqtisodiy va intellektual zarar etkazadi.SHu munosabat bilan pedagogikada yoshlar valeologiyasi salomatlikni saqlash va yaxshilashga, sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya turlari, uslub va usullariga, sog’lom turmush tarzi ko’nik-malarini shakllantirishga yo’naltirilgan, sog’lomlashtirish tizi-mi sifatida ko’rib chiqiladi.Valeologiya talabalarda jismoniy tarbiyaning nazariy, amaliy va mustaqil mashg’ulotlariga ongli, barqaror va pozitiv munosabatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lib, salomatlikni yaxshilaydi, o’quv jarayonlarining unumdorligini oshiradi, jismoniy madaniyat elementlarini shakllantiradi.Ayni paytda ushbu dastur O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonuni va «Sog’lom avlod uchun» nodavlat xalqaro jamg’armasi belgilagan vazifalar bajari-lishini ta’minlaydi. «Sihat-salomatlik yili» dasturini baja-rish bo’yicha Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 25 yanvardagi qarorida jismoniy tarbiya institutida, universitet va institut-larning jismoniy tarbiya kafedralarida «Valeologiya asoslari» fanining kiritilishi haqida so’z boradi.Jismoniy barkamollik salomatlik garovi bo’lib, u shaxsni har tomonlama rivojlantirish va yoshlarni tarbiyalashga yordam beradi. Tarbiya jarayonining bosh vazifasi - tarbiyaviy faoliyat-ning dinamizmi va barqarorligini kuchaytirish, tarbiyaning yuqori natijalarini kafolatlash. Bu esa o’quvchining individual xususi-yatlarini hisobga oluvchi pedagog shaxsiyatiga asoslanadi.Salomatlik inson hayotida, ayniqsa yoshligida, muhim ahamiyatga ega. Salomatlik darajasi insonning kasbiy etukligi va ijodiy o’sishiga sabab bo’ladi.Mutaxassislarning fikricha aholi salomatligi 20% irsiy omillariga, 20-30% atrof muhit ta’siriga, 40-50% turmush tarziga va 10% sog’liqni saqlash xizmati faoliyatiga bog’liq ekan. Hayot tarzi salomatlikning muhim omili hisoblanadi. SHuning uchun sog’lom hayot tarziga o’rgatishning pedagogik tizimini ishlab chiqish lozim.Yoshlar hayotda o’z o’rinlarini endi topayotgan, mustaqilliklari rivojlanayotgan bir paytda sog’lom hayot tarzini shakllanti-rish muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki yoshlik paytida orttirilgan ko’nikmalar butun umrga mustahkam asos bo’ladi.SHuni ham qayd etish kerakki, salomatlik va sog’lom hayot tarzi ijtimoiy ongning muhim qadriyatlari sirasiga kirmagan. Jamiyatda yoshlarning sog’lom hayot tarzini olib borishi, o’z salo-matligi haqida qayg’urishi deyarli qo’llab-quvvtlanmagan. Bu esa yoshlarning jismoniy mashqlar bilan faol shug’ullanmasligiga sabab bo’lgan.SHuningdek, yoshlarni jismonan tarbiya qilishning mavjud holatiga sog’lomlashtirish tizimi sifatida qaralmaydi. SHuning uchun u sog’lom hayot tarzi ko’nikmalarini shakllantirmaydi va salomatlikni saqlash va yaxshilash usullarini o’rgatmaydi. Pedago-gik jarayon jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga bo’lgan ehtiyojni etarlicha faollashtirmaydi, bu esa jismoniy rivojlanishi va gavda tuzilishini yaxshilamaydi. Ta’lim mazmuni va uslubiy asoslari sog’lomlashtirish printsiplarini sust aks ettiradi, shuning uchun jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining sog’lomlashtiruvchi ta’siri juda kam.Bu pedagogikada sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya nazariyasi va uslublariga asoslarini ishlab chiqishga etarlicha e’tibor berilmayotganligiga ham bog’liqdir.Yoshlar salomatligi sohasida vujudga kelgan ahvolni tahlil qilib, bu muammo zudlik bilan echilishi lozim bo’lgan masala ekanligini anglash mumkin. O’sib kelayotgan avlodni sog’lomlashtirish sohasida tub o’zgarishlarni amalga oshirmay turib ma’naviy, ahloqiy va jismoniy rivojlanish masalalarini hal etib bo’lmaydi.Shuning uchun o’sib kelayotgan avlodni sog’lomlashtirish kontseptsiyasi yoshlarni o’z salomatligiga munosabatini tubdan o’zgartirish, harakat faolligiga bo’lgan ehtiyojni shakllantirish va sog’lom dam olishni tashkil etishga qaratilgan bo’lishi lozim.Mualliflar ishlab chiqqan ilmiy-pedagogik kontseptsiya yoshlarni sog’lomlashtirish n., insonning shaxsiy ehtiyojlarini qondiradigan sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sog’lom hayot tarzi shakllari, usul va uslublari bo’yicha aniq masalalarni hal etishga mo’ljallangan. Valeologiya tarixi. Valeologiya fanining asoschilari - Brexman I.I., Kaznacheev V. va boshqalar.XX asrning ikkinchi yarmida tibbiyot nazariyasi aholining salomatligiga erishish uchun amalda sog’lom kishining sog’lig’ini muhofaza qilishga e’tiborini qaratish lozimligi xolatiga duch keldi. XX asrning 60-yillari oxirida S.M. Pavlenko (Rostov shahri) va S.F. Oleynik (Lvov shahri) «sanologiya» deb nom olgan ilmiy yo’nalishga asos soldilar. Sanologiya «organizmning kasallikka qarshi turishi to’g’risidagi umumiy ta’limot» deb ta’riflangan. Ushbu qarshi turishning negizida «sanogenez», ya’ni favqulodda qo’zg’atuvchining ta’sirida yuzaga keladigan moslashuv mexanizmlarining dinamik majmui yotadi. Sanogenezning kontseptsiyasi tibbiy jamoatchilik tomonidan tegishlicha baholanmagan va deyarli 20 yilga unutilgan edi.Favqulodda, ekstremal sharoitlarda ishlaydigan shaxslarning (g’avvoslar, kosmonavtlar) tibbiy ta’minoti bilan shug’ullanuvchi harbiy tibbiyot vakillari sanogenezning muammosi rivojlanishiga muhim hissa kiritganlar. Ilk bora bevosita ko’rsatkichlari bo’yicha miqdoriy baholanishiga ega bo’lgan muayyan kategoriya sifatida sog’liqni N.M. Amosov ko’rsatgan edi. O’zining «Salomatlik haqidagi fikrlar» (1978 yil) asarida u organizmning zaxira imkoniyatlari bilan belgilanishi mumkin bo’lgan «sog’liqning miqdori» degan atamani taklif qildi. Metodologik yondashuvi qanchalik to’g’riligiga qaramay, uning muayyan uslubiyotda (barcha a’zolar va tizimlarning funktsiyaonal zaxiralarini baholashda) amalga oshirilishi haqiqatdan uzoq.Zamonaviy tushunchasida insonning salomatligi to’g’risidagi fanning yaratuvchisi deb haqli ravishda Vladivostok shahrida ishlagan I.I. Brexman hisoblanadi, u ilk bora (1982 yil) amalda sog’lom bo’lgan kishilarning salomatligini saqlash va mustahkamlashning metodologik asoslarini shakllantirgan. Brexman individ sog’lig’ining sifatini va miqdorini diagnostika qilish, etiologiyasini o’rganish yo’li bilan butun sog’liqni saqlash strategiyasini o’zgartirish zarurligi haqidagi fikrga keldi. O’zi asoslab bergan yangi ilmiy yo’nalishni «valeologiya» deb nomlab (lotinchadan «valeo» - sog’lom bo’lish), u 1987 yilda ushbu muammo yuzasidan birinchi monografik asarni nashr etdi. Ushbu asar «Valeologiya – sog’liq haqidagi fanga kirish» bo’lib, unda muallif sog’liq to’g’risidagi fan yagona tibbiyot bilan cheklanmasdan, balki bir necha fanlarni jamlab, shuningdek ekologiya, biologiya, psixologiya va boshqa fanlarning asosida shakl lanishi lozim, deb ta’kidlagan. Valeologiyaning asoschisi shuningdek V.P. Kaznacheev (1977 yil) bo’lib, uning fikricha, tibbiyot kasallikning sabablari, kasalliklarning mohiyati, ularning profilaktikasi va davolanishi haqidagi masalani qo’yadigan bo’lsa, u yoki bu dardlarga olib kelishi mumkin bo’lgan sabablarning oldini olishga qaratilgan bo’lsa, valeologiya esa sog’liq mohiyatining vazifalarini (valeologiya), salomatlik sabablari, omillari va mexanizmlarining vazifalarini qo’yadi, deb hisoblagan edi. Prof. V.P. Kulikovning ko’pchilik nashrlari shaxsiy salomatlikning turli jihatlariga bag’ishlangan. Uning tomonidan ilk bora shaxsiy salomatlikning uch o’lchovli modeli taklif etilgan.XX asrning oxirida valeologiya, ya’ni o’z ilmiy qiziqishlarining markaziga shaxsiy salomatlikni qo’ygan ilmiy yo’nalish 20 yilga to’ldi.Tibbiyotda paydo bo’lgan yo’nalishdan boshlangan valeologiya tez orada tibbiy fanlarning doirasidan chiqib ketib, jamlanma fanga aylandi va o’zining maxsus tadqiqot fanlari bo’lgan bir nechta ilmiy yo’nalishlarni shakllantirdi. Tibbiyotda bu shaxsiy salomatlikning mexanizmlari, ushbu mexanizmlarni boshqarish imkoniyatlari bo’lsa, pedagogikada - shaxsning o’z salomatligini qo’rish jarayoniga jalb etilishining qonuniyatlaridir. Aynan ushbu holat, ya’ni o’z tadqiqot predmetining mavjudligi tibbiy va pedagogik valeologiyaning mustaqil ilmiy fanlar sifatida ajralib chiqishiga sabab bo’ldi.Oxirgi nashrlardan biz valeologiya «norma» to’g’risidagi ta’limot shakllantirilganda, yuzaga kelganligini bilib oldik. Bunda ma’lum bo’lishicha, I.I. Brexmanga faqat «valeologiya» atamasining o’zigina tegishli ekan. Valeologiya - bu shaxsiy salomatlikning mohiyatini, mexanizmlari va namoyon bo’lishini, uning diagnostikasi va bashoratlanishining uslublarini, shuningdek sog’liqning darajasini oshirish, individning hayoti va ijtimoiy moslashuvining sifatini yaxshilash maqsadida sog’liq mexanizmlarini optimallashtirish yo’li bilan sog’liqni tuzatish uslublarini o’rganadigan fandir. V.N. Vaynerning fikricha (2001 yil), valeologiya predmeti insonning shaxsiy salomatligi hamda sog’lig’ining zaxiralari, shuningdek sog’lom turmush tarzidir. Tavsiyalari asosan, kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tibbiy fanlardan valeologiyaning eng muhim farqlaridan biri ham shunda.Yosh paytidanoq salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan davlatimizning siyosati faqat sog’lom kishigina to’laqonli mehnat qilib, oilasiga va jamiyatga eng katta foyda berishga layoqatli ekanligi tufayli alohida ahamiyat kasb etadi. Bizning mamlakatimizda hozircha valeologiya muammolari bilan faqat O’zbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya institutining ilmiy-uslubiy laboratoriyasi negizida faoliyat yuritadigan, ushbu institutning prorektori, professor F.Kerimov rahbarlik kilayotgan Sport yutuqlarining ilmiy markazi shug’ullanadi.Valeologiya  salomatlik va sog’lom hayot tarzi haqidagi ta’limot.
Oliy o’quv yurtida tarbiyaning eng muhim vazifasi  tashkilotchilik va ijtimoiy-siyosiy ishlarga layoqatli, rahbarlik va murabbiylik qobiliyatiga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdir.Oliy o’quv yurtida tarbiyaviy jarayon ko’p qirrali bo’lib, g’oyaviy-siyosiy, ma’naviy, kasbiy, mehnat, estetik, huquqiy va valeologik yo’nalishlarini o’z ichiga oladi.Jismoniy tarbiya, valeologiyaning tarkibiy qismi sifa-tida, salomatlikni mustahkamlashga, o’quv jarayoni unumdorligini oshirishga yordam beradi, jismoniy madaniyat elementlarini shakllantiradi. Bitiruvchilarning ijtimoiy-kasbiy vazifalarini bajarish darajasi, ularning jismoniy etukligi, gavda tuzilishi, jismoniy tayyorgarligi, salomatligining ahvoli, ishga layoqatligiga bog’liq bo’ladi.

Yüklə 432,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin