Jismoniy salomatlik tushunchasi-bu organizmiga jismoniy tarbiyaning hal qiluvchi ta’siridan dalolat beradi. Inson organizmi harakatga bo’lgan biologik ehtiyojni sezadi, ushbu harakatlar jismoniy va intellektual rivojlanishni takomillashtirishning faol biologik rag’batlantirishning omillari bo’ladi. Harakatlarning roli organizmning keskin va kuchli o’sishi va rivojlanishi davrlarida – bolalik va o’smirlik yoshida ayniqsa kattadir. Ruhiy salomatlik tushunchasi-bu inson salomatligini uning ruhiy va fiziologik sifatlarini rivojlantirish,ishchanlik qobiliyatini va ularning maksimal davomiyligida ijtimoiy faolligini saqlab qolishidan iborat . Individuail salomatlik tushunchasi-bu nar bir insonning o’ziga hos bo’lgan organizmda ro’y beradigan o’zgarishlar kishilar shaxsiy xususiyatlariga, uning xayot tarzidagi dinamik stereotipga ham bog’liq bo’ladi. shuning uchun ham turli shaxslarda fiziologik funktsiyalarning o’zgarishi har xil darajada bo’lishi tushuniladi. Ijtimoiy salomatlik tushunchasi- bu jamiyatning ijtimoiy tuzilishini, ta’limning darajasini, ilmiy salohiyatni, madaniyat va san’atni to’liq o’zlashtirish holatiga aytiladi.
Predmetning rivojlanishiga sharq mutafakkirlarining qo’shgan hissalari. Zamonaviy olimlarning valeologiya faniga qo’shgan hissasi. Predmetning metodologik asoslari. Xalq pedagogikasi - Abu Ali ibn Sino, Ar-Roziy ta’limoti. Predmetning rivojlanishiga sharq mutafakkirlarininig qo’shgan hissalar.
Umuman olganda ta’lim nazariyasi boyicha donishmand allomalarimiz va mutaxassis – olimlar koplab shugullanganlar.“Antik pedagogikada tabiatga, atrof – muhitga, ozaro insoniy munosabatlar majmuasi bo’lgan donishmandlik pedagogikasi shakllangan. Bu vaqtlarda ta’lim – tarbiyaning bosh maqsadi ham yoshlarda donishmandlik sifatlarini shakllantirish bolgan.Donishmandlik pedagogikasida yoshlarda mehnatsevarlik, ma’naviy – axloqiy sifatlar bilan uyg’un rivojlantirilishi maqsadga muvofiq ekanligi ilgari surilgan. Bu pedagogik qarashlar mashhur “Avesto” (er. av. VII asr) asarida va qadimgi Xitoyning Daos maktabi (er. av. III asr) tajribalarida aks etgan edi. Eramizdan avvalgi II asrlarga kelib orta Osiyo, Qadimgi Hindiston pedagogikasida saxiylik, sofdillik, inson qalbi kabi tushunchalar ilgari surildi.610 yillarga kelib, islom dinining muqaddas kitoblari “Qur’oni Karim”, “Hadisi sharif” da inson mohiyati to’la ochib berilib, komil inson tarbiyasi bosh maqsad qilib qo’yilgan edi.Qur’oni Karimdagi ta’lim – tarbiyaga oid ulug’ xazina Al – Buxoriy hazratlarining hadislarida beriladi. Ta’lim – tarbiya insoniy munosabatlarning falsafiy asoslari tasavvuf ilmida ochib berila boshladi. Antik falsafada ham zohiriy va botiniy ilmlar uyg’un qaralar edi. Demokrit, Pluton, Arastu asarlarida insonparvarlik g’oyalari ilgari surilgan edi.Zamonaviy olimlarning valeologiya faniga qo’shgan hissasi tushunchasida insonning salomatligi to’g’risidagi fanning yaratuvchisi deb haqli ravishda Vladivostok shahrida ishlagan I.I. Brexman hisoblanadi, u ilk bora (1982 yil) amalda sog’lom bo’lgan kishilarning salomatligini saqlash va mustahkamlashning asoslarini shakllantirgan Valeologiyaning asoschisi shuningdek V.P. Kaznacheev (1977 yil) bo’lib, uning fikricha, tibbiyot kasallikning sabablari, kasalliklarning mohiyati, ularning profilaktikasi va davolanishi haqidagi masalani qo’yadigan bo’lsa, u yoki bu dardlarga olib kelishi mumkin bo’lgan sabablarning oldini olishga qaratilgan bo’lsa, valeologiya esa sog’liq mohiyatining vazifalarini (valeologiya), salomatlik sabablari, omillari va mexanizmlarining vazifalarini qo’yadi, deb hisoblagan edi.