O’qitish sharoitlariga nisbatan gigenik talablar.
O’qitish sharoitlariga nisbatan yoritilishi isitilishi va shamollatilishini gigienik baholash.
O’qitish xonalar gigiena talablariga to’la javob beradigan bo’lishi shart.
Sinf xonalarining satxi 50-60 m2 bo’ladi. Minimal satx xar bir o’quvchiga xonada 1,25m2 bo’lishi zarur. Sinf xonalari to’la yorug’lik bilan ta’minlanishi kerak. Sinf xonalarining kengligi 3-4 bo’lishi kerak. Bunda uning kengligi kamida 6 m uzunligi 9 m bo’ladi.O’quv binolarining balandligi me’yor bo’yicha 3 m bo’lishi kerak. Bunda xar bir o’quvchiga 3,75 m3 xavo xajmi to’g’ri keladi.O’quv xonalari (ona tili, chet tili, tarix, matematika) ning maydoni 50-66 m2 dan iborat. Kimyo, fizika, biologiya laboratoriya xonalarining umumiy maydoni 66-70m2 ni tashkil qiladi. Sport zalida xavo almashishi yaxshi yo’lga ko’yilishi kerak. Har bir o’quvchiga 4m2 dan joy to’g’ri keladi. Sport zali to’la yoritilishi kerak. Derazalarining qarama-qarshi tomondan 2 tomonlama o’rnatilishi to’la yorug’likni ta’minlaydi. Organizmning issiqlik ishlab chiqarish va issiqlik yo’qotish xususiyatlari turli ko’rinishdagi faoliyat davomida turlicha darajada bo’ladi. O’qish, yozish o’yinlarga kam energiya sarflanadi. Ustaxonalarda, sport va jismoniy tarbiya darslari shuningdek xarakatli o’yinlar vaqtida issiqlik ishlab chiqarish va uni yo’qotish ancha ortadi. SHundan kelib chiqqan xolda xonalar uchun belgilangan iqlim sharoitlarga bog’lik bo’lgan xona xaroratining iqlim optimal miqdori bu xonaning qaysi maqsadlarga xizmat qilishni e’tiborga olgan xolda belgilangan. 4. Sinf xonalari, kabinetlar, labotoriyalar xarorati 170 C, o’quv ustaxonalari 160C sport zali 150C bo’lishi kerak.Qishda esa devorlar oldidagi xarorat 30-350C pol va shipda 20-250C dan ortmasligi kerak.Xonalardagi ultrabinafsha nurlarning miqdori keng aeparatsiya vaqtida ortadi shu boisdan bolalar muassasalaridagi barcha xonalarda oshxona va bufetlarda vektilyatsiya sistemasining qaysi turidan foydalanishdan kat’iy nazar derazalarda framuga va darchalar bo’lishi kerak. Xonalarning orientatsiyasi ularning yorug’lik darajalariga katta ta’sir ko’rsatadi. Uzoqdan ko’ra olmaslikning sababi ko’pincha yorug’likning etishmasligidir. Tabiiy yorug’lik etarli bir maromda bo’lishi, ortiqcha yorug’lik bo’lmasligi kerak. Xonalardagi yorug’likni to’la to’kis baxolay oladigan ko’rsatkich tabiiy yorug’lik ko’rsatkichidir. u xonalarda 1,5-2 % bo’lishi kerak. Maktab xonalarida sun’iy yorug’lik me’yorlari kuyidagicha, sinf xonalari o’quv kabinetlari, laboratoriyalar, ustaxonalar 300-200 luks. Chizmachilik rasm xonalari 500-300 luks, bichish tikish xonasi 400-300lk. Sport zali, majlislar zali 200-150 lk. dam olish joylari 150-100 lk. Binolardagi xavo almashinuvi tabiiy yo’l bilan va sun’iy ventilyatsiya yo’li bilan amalga oshiriladi. Xavoning tabiiy yo’l bilan almashinuvi deraza va eshik orqali amalga oshiriladi. Sinf xonalarini o’quvchilar borida tashqari xavo xarorati +50 C gacha bo’lgan vaqtda shamollatish mumkin. Xozirgi vaqtda o’quv xonalarining xavosi sun’iy vintelyatsiya orqali almashtiriladi. O’quv xonalarining ventilyatsiyasi xar bir o’quvchini 16 m3 xavo bilan ta’minlashi zarur. SO2 ning xonadagi kontsentratsiyasi 0,1 % dan oshmasligi kerak.