Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vaziri tomonidan ko’pgina islohatlar amalgam oshirilmoqda



Yüklə 432,66 Kb.
səhifə23/61
tarix05.04.2023
ölçüsü432,66 Kb.
#93551
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61
valeologiya maruza matni

O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vaziri tomonidan ko’pgina islohatlar amalgam oshirilmoqda Bugungi kunda Respublikamiz fuqarosining sog’lig’ini shakllantirish va uyg’un rivojlantirish jismoniy tarbiya va sportsiz tasavvur etilishi mumkin emas. Bolalarning jismoniy tarbiyasi va sport bilan shug’ullanishini to’g’ri tashkil etishn ularning sog’lig’i hamda noqulay tashqi sharoitlarga moslashuvining ko’rsatkichlariga hal qiluvchi ta’siri haqidagi ilmiy asoslangan tadqiqotlar mavjud. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish bolalarda va o’smirlarda hayotga ishonch, shodlik va tetiklikni hosil qiladi, vatanparvarlik tuyg’usi va vatanga muhabbatni tarbiyalaydi O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligida reproduktiv salomatlik va sog’lom oilani shakllantirish asoslariga bag’ishlangan on-line muloqot psixogigienasi tashkil etildi.O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va bir qancha mutassadi tashkilotlar hamkorligida shifokorlar bilan to’g’ridan-to’g’ri suhbat o’tkazildi. Ushbu tadbirda talaba va o’quvchi-yoshlar mamlakatimizning barcha viloyatlarida faoliyat ko’rsatayotgan tegishli vazirlik va idoralar vakillari, olimlar, mutaxassislar, shifokorlar bilan bevosita muloqot psixogigienasi qildi. O’zbekiston sog’liqni saqlash vaziri A.Ikromov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Sog’lom ona – sog’lom bola” konsepsiyasi inson manfaatlarini ta’minlash, barkamol avlodni kamolga yetkazish va aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlashda muhimomil bo’layotganinia’kidladi.
Yurtimizda sog’liqni saqlash tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida onalik va bolalikni muhofazalash bo’yicha zamonaviy tibbiyot muassasalarining mustahkam tizimi yaratildi. Bu borada aholiga samarali xizmat ko’rsatayotgan birlamchi tibbiy-profilaktika muassasalari, ixtisoslashgan tibbiyot markazlari, ona-bola skrininggi tarmog’i muttasil rivojlanmoqda.“Sog’lom ona – sog’lom bola” g’oyasini o’zida mujassam etgan dasturni bajarishda davlat, jamoat tashkilotlari, tibbiyot va ta’lim maskanlarining izchil hamkorligi yo’lga qo’yildi.

Yüklə 432,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin