Xavoning gigienasi. Quyosh yerdagi issiqlikning manbai bo’lib xizmat qiladi. Uning istishi, avvalo, erga etib kelib issiqlik energiyasiga aylanuvchi yorug’lik nurlari xisobiga bo’ladi. Atmosfera deyarli faqat issiq, nurlangan tuproqdan isiydi, shuning uchun er bilan tutashib turgan pastki qavat qatlamining temperaturasi yuqori qatlamlar temperaturasidan issiqroq bo’ladi. Erdan uzoqlashishi bilan u taxminan xar 100 metrda 0,5 0 pasayadi.
Yer sharining ayrim joylarida xavo temperaturasi soyada 500 ga etadi yoki minus 50-55 0 gacha va xatto minus 880 gacha pasayib ketadi. Eng past temperatura erta saxar paytida bo’ladi. YOki quyosh chiqishiga to’g’ri keladi. Eng yuqori temperatura esa kunning ikkinchi yarmi soat 1-3 larda kuzatiladi.
Xavo temperaturasining issiqlik almashinuviga ta’siri uning muxim gigienik axamiyati xisoblanadi: yuqori temperatura tanadan issiqlik ajralishini chegaralasa, past temperatura uni kuchaytiradi. Markaziy nerv sistemasi orqali nazorat qilinib turuvchi termoregulator mexanizmlarning etukligi tufayli odam xar xil temperatura sharoitlariga ko’nikishi va optimal temperaturalardan sal oshgan issiqlikga xam xiyla vaqt chidashi mumkin. Issiqlik maxsulotlari miqdorining o’zgarishi ximyaviy termoregulyatsiya usuli demakdir. Buning moxiyati shundagi past xavo temperaturasida (150 dan boshlab) issiqlik potentsial energiyasining manbai bo’lo’gan ovqat maxsulotlarining organizmda parchalanishi kuchayadi, yuqori temperaturada (250 dan boshlab) esa kamayadi. Past temperaturada almashinuvning kuchayishi muskullarning beixtiyor qisqarishi xisobiga ham sodir bo’ladi.
Tanadan issiqlik ajralishi fizikaviy termoregulyatsi orqali bajariladi. Teri termoretseptorlarining temperaturaviy qo’zg’alishlarida terining periferik tomirlari kengayib torayib turadi. Past temperaturada ular torayadilar, qon chuqurroq joylashgan to’qimalarga, ichki organlarga o’tadi va ularni sovub qolishdan saqlaydi. Bunda teri temperaturasi pasayadi. Va u bilan tashqi muxit temperaturasi orasidagi farq kamayadi, natijada issiqlik berishi kamayadi. YUqori xavo temperaturasida qon tomirlar kengayadi, pereferiyaga qon kelishi ortadi, teri temperaturasi ko’tariladi va issiqlik berish kuchayadi.
YUqori temperatura sharoitida ko’p vaqt bo’lish tana temperaturasini ko’taridi, pulsni tezlashtiradi, yurak qon tomir sistemasining kompentsatorlik qobilyatini susaytiradi, modda almashinishi, ayniqsa, suv-tuz almashinishini o’zgartiradi, me’da ichak yo’lining fuktsional faoliyatini pasaytiradi, boshni og’ritadi, ishtaxani yo’qolishi va boshqalarga sabab bo’ladi. Bunday vaqtda odam tez charchaydi, uning aqliy va jismoniy ish qobilyati pasayib ketadi. Eksperementlar ma’lumotlarga qaraganda ish qobiliyati xavo temperaturasi 24 0 bo’lganda 15 %, 280 da 30 % kamyadi.Tana temperaturasini ko’taruvchi jismoniy mashqlar bajarganda juda tez issiqlish mumkin va o’ziga xos noma’kul sharoitlar (yuqori temperatura, namlik, shamolsiz, sharoitlar) da umumiy issiqlashdan darak beruvchi issiq urishi sodir bo’lishi mumkin. Agar tinch xolatda 20-250 da issiqlik muvozanati saqlansa, engil jismoniy ish vaqtida buning uchun xavo temperaturasini 10-150 gacha, og’ir jismoniy ish vaqtida esa 5-100 gacha pasaytirish talab qilinadi. Issiqlab qolmaslik uchun xavo temperaturasi tana temperaturasidan 5-10 0 past bo’lishi kerak. Xavo temperaturasining yuqori bo’lishi diqqatga, aniqlikka, xarakatlar koordinatsiyasiga, raektsiya tezligiga, bir turdagi ishdan ikkinchisiga o’tish qobiliyatiga salbiy ta’sir etadi. Bu esa jismoniy mashqlar va ayrim ishlab chiqarish davridagi ishlarda jaroxatlanishlarga sabab bo’ladi. Issiq iqlim sharoitida organizmning infektsion kasalliklarga qarshilik ko’rsatish pasayadi. Fiziologik jixatdan organizm tashqi muxitning yuqori temperaturasiga modda almashinishini pasaytirish yo’li bilan, shuningdek, tarkibida yog’ ko’paygan ter ajralishini kuchaytirish orqali xam moslashadi, bu esa terning teri yuzasida ancha teng taqsimlanishiga va bug’lanishiga sabab bo’ladi. Oyoqning sovushi burun va tamoq shilliq pardalarida temperaturaning pasayishiga olib keladi, bu esa organizmning potologik mikroorganizmlarga qarshiligining pasayishi tufayli shamollash, yo’tal, anginaning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Sovuqning keskin pasayishi ta’sirida periferik nerv, muskul va pay bo’g’in apparati xam sovub ketadi, bu esa revmatizm radikulit, nevrit, lyumbago va boshqa shamollash kasalliklari deb ataluvchi kasalliklarning kelib chiqishiga yoki qaytalishiga olib keladi, uning asosida almashinish protsesslari regulyatsiya balansining buzilishi yotadi. Organizmning xronik sovib yurishi qon va to’qimalarning immunobiolog xossalarini yomonlashtiradi. O’rtacha sovuq temperaturada 100 dan past uzoq vaqt, sistematik ravishda bo’lish tabiiy immunitetni kuchsizlantiradi. Buning oqibatida shamollash va infektsion kaslliklarga qarshilik pasayadi.Sport mashg’ulotlari o’tkazilagan ochiq xavodagi temperatura normalarini aniq belgilash mumkin emas, chunki u ko’proq meteriologik faktorlar, sportchilarning kiyimlari va ularning chiniqqanligiga bog’liqdir. Yilning yoz oylarida engil atletika mashg’ulotlari o’tkazish uchun V.A.Voljinskiy bo’yicha namlik normal, shamol tezligi 1,5 m/sek bo’lganda, 18-200 xavo temperaurasi eng qulay xisoblanadi. CHang’ida yurish uchun optimal temperatura minus 5-150 dir, tinch, quruq ob-xavo sharoitida esa undan xam pastroq. Qisqa masofaga yuguruvchilarning qishki mashg’ulotlari minus 22-250 da, marofonchilarning mashg’ulotlari esa, minus 18 0 gacha oddiy mashg’ulot kostumlarida o’tkazilishi mumkin. Inson eqologiasi va ko’nikmasi.Inson eqologiasi juda murakkab bo’lib u ko’nikma hosil qiladi. Ko’nikmaninganing aktiv va passiv tiplari farklanadi.Aktiv ko’nikma organizm atrof muxit o’zgarishlari tuplamiga, atmosfera bosimi o’zgarishi, yuqori harorat quyosh nuri ta’siri va boshqalarga faol moslanadi, ya’ni xujayra organ va organlar sistemasi jarayonlari tezligini o’zgartirish bilan ichki muxit gomeostazini ta’minlaydi.
Passiv ko’nikma organizm tashki omillar ta’sirida yuzaga kelgan ichki muxitdagi bo’zilishlarga moslashadi. Masalan, harakat etishmasligi gipokeneziya, vaznsizlik xolati va shunga o’xshash sharoitlarda passiv adaptatsiya kuzatiladi. Bunday xolatlarda organizmning xayot faoliyatini saklash uchun sun’iy yul bilan fiziologik funktsiyalarni Biron bir darajada utishini ta’minlaydigan chora tadbirlar ya’ni kun tartibini uyushtirish, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishni tashkil etish va xakozolar talab kilinadi. Shunga o’xshash organizmning passiv moslashishida organizmga zararli ta’sir ko’rsatatadigan omillar kuchini pasaytirish yoki ancha zararsiz sharoit yaratish. Kiskacha kilib aytganda, zararli omillardan organizmni ximoya qilish yo’llarini izlash zarur bo’ladi. Ekologik valeologianing muomollari-tabiy omillarning va tabiatdagi o’zgaruvchan omillarni insonning salomatligiga ta’sirini tadqiq etadi,soglikni saqlash maqsadi bilan bogliklikda tashqi muhit sharoitlarini yaratish borasida inson faoliatini o’rganishdir.Shu bilan birga ekologik valeologia bir tomondan ,atrof muhitning inson sogligiga ta’sir etishni o’rganish ,boshqa tomondan esa so’glomlik nuqtaiy nazaridan tashqi muhitning qulay sharoitlarini yaratishda inson hulqi bilan boglik tavsialarni ishlab chiqadi. Inson eqologiasi, kasaliklar va konikmalar. Kasallikni ko’pincha salomatlikka qarama-qarshi holat sifatida qaraladi: Butunjahon salomatlik jamiyati lug’ati bo’yicha kasallik “me’yoridagi” holatdan xar qanday sub’ektiv va ob’ektiv og’ishidir”. Kasallik kelib chiqishi sababi quydagilar.
-oragnizmning (funktsional tizim, organ yoki to’qimaning) kam harakatchanligi, bu o’z navbatida me’yoriy qo’zg’atishga past reaktsiya qiluvchi chiniqmaganlikka olib keladi;
-uyg’unlashgan boshqaruvning buzilishi hamda zaharli moddalarni to’planib qolishiga olib keladi va h.k.
-zaharlanish, radiatsiya natijasida hujayralarning zaralanishi;
-tashqi muhitning o’zgarishi, teri, muskullar, ichki organlarning hujayralarning funktsiyalarini tuzilishiga olib keladi;
Ruhiyatning buzilishi, asab omili (stess) ta’siri natijasida paydo bo’ladi.
Organizmdagi kasallik organlarining vaqt o’tishi bilan o’zgarishi mumkin bo’lgan funktsiyalar o’zaro ta’sirining buzilishi hisoblanadi.Ortiqcha kuchanish, ya’ni dam olmasdan intensiv harkat qilish natijasida yuzaga kelshi mumkin. Qator hollarda kasalliklar organizmning hamda immunitet tizimining haddan ziyod javob reaktsiyasi sifatida yuzaga keladi, ular yuqumli-allergik kaaslliklar deb ataladi.Shunday qilib ko’p ovqat eyish, kam harakatlilik, ruhiy kuchlanishlar yoki “stresslar”, chiniqishning yo’qligi kasallik, potologiya yuzaga kelishining asosiy sababalari hisoblanadi.