Valeologianing ijtimoiy, gigienik va eqologik muammolari bu jamiyatning ijtimoiy tuzilishini, ta’limning darajasini, ilmiy salohiyatini, ijtimoiy tashkilotlar, madaniyat va san’atning darajasini ko’rib chiqish, atrof muhit omillarining inson organizmiga ta’sirini ,insonlarning umumiy va shahsiy gigienasini o’rganadi
Jamiatda faol shahsni tarbialash va rivojlantirish har bir pedogogning burchi hisoblanadi. U talabalarni tarbialaydi,ularni o’quv soglomlashtirish faoliatlarini tashkil etadi va uni orqasidan nazoratni amalgam oshiradi. Pedogogik-psihologik bilim shahsni imkoniatini namoyon qiladi.YUqori malakali mutaxasisni tayorlash jaroyoni yangi komil insonni shakllantirishga yo’naltirilgan va har bir shahsni har tomonlama gormonik rivojlanishiga yordam beradi.
Shaxsning jismoniy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishi jamiyatda odob - axloq qoidalarini bajarish asosida shaxsni ijtimoiy tarbiyalash ko’nikmasi. Shaxs uzluksiz ta’lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o’zlashtiradi, fan asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan tanishadi, shuningdek, o’zida ijtimoiy ta’sirlar yordamida ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalab boradi. SHaxsda o’zlashtirilgan bilim, faoliyat ko’nikmalari va hayotiy tajriba asosida kasbiy mahorat ham shakllanib boradi. YUksak ma’naviy-axloqiy sifatlar va yuqori darajadagi kasbiy malakaga ega bo’lish uchun shaxs o’z oldiga muayyan maqsadni qo’ya olishi hamda unga erishish yo’lida tinimsiz izlanishi, o’qib-o’rganishi lozim. SHundagina u ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr bo’lib shakllanadi.O’z-o’zini anglash tuyg’usiga ega bo’lish, ta’lim sohasidagi xizmatlardan to’laqonli, samarali foydalana olish, ilmiy va kasbiy bilimlarni puxta o’zlashtirishga erishish shaxsga yetuk mutaxassis bo’la olishi uchun poydevor yaratadi. Inson kamoloti, eng avvalo, uning o’ziga bog’liqdir. SHu bois milliy dasturda shaxs va uning kamolotini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
“Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim olish va kasb-hunar tayyorgarligidan o’tish kafolatlanadi. Ta’lim olish jarayonida shaxs davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.Shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko’rsatish sohasida faoliyat ko’rsatadi va uz bilimi hamda tajribasini o’rgatishda ishtirok etadi” SHaxsning jismoniy, ruxiy, ijtimoiy rivojlanishi, jamiyatda odob axloq qoidalarini bajarish asosida shaxsni ijtimoiy tarbiyalash ko’nikmasi. O’qituvchini o’quvchilar timsolida barcha inson hurmat qiluvchi shaxsni ifodalashi zarur. Hurmatni anglagan o’quvchida o’z shaxsi qimmatini sezish hislari vujudga keladi, pedagogik ta’sirga berilmayotgan qaysarlarni moyillashtiradi-ularni tarbiyaviy jarayon qatnashchilariga aylantiradi.
Hurmat qilish, ko’ngilni yaqin tutish, erkalatish talabchanlikni inkor etmaydi, balki aynan uni nazarda to’tadi. Bu o’rinda A.S.Makarenkoning: «Insonni iloji boricha ko’proq hurmat qilish va undan qattiqroq talab qilish printsipiga amal qilish zarur. Bizning jamiyatda hurmat va talabchanlik o’zaro organiq holatda amalga oshiriladi».O’qituvchining pedagogik taktga ega ekanligi, uning yurish-turishida, vazminligida, o’zini to’ta-bilishida namoyon bo’ladi va o’quvchiga ishonch bilan qarashni nazarda to’tadi. O’quvchiga ishonchsizlik bilan qarash va buni har doim unga eslatish o’qituvchining pedagogik taktga ega emasligini bildiradi.