Salomatlik va kasallik orasidagi xolat “ uchunchi xolat ” deb ataladi.
Uchinchi xolat- organizimnmng me’yorida ishlash zaxarlari charchash tomonga siljigan va insonning o’z organizimga ruxiy fizik imkoniyatlarini to’liq boshqara olmaydi.Uchinchi holat kasallik keltiribyu chiqaruvchi holat. Boshqa tomomndan zaxiradagi imkoniyatlarini tiklash mexnaizmlarni ishga tushirish vaqti. Bizning organizmimiz organlar ichidagi mexanizmlar mavjud bo’lgan va yangidan shakllantiriladigan tizimlar ichidagi va tizimlararo o’zaro munosabatlarni faollashtirish hisobiga pasaygan zaxiralarning o’rnini to’ldirishga qodir.Uchinchi holat nafaqat o’ziga xos ruhiy –fiziologik holatda, ya’ni homiladorlik yoki ko’zi yoriganida, klimaksda, keksayganda namoyon bo’ladi. Spirtli ichimliklarni, narkotik va zaharli moddalarni doimo iste’mol qiluvchi, nosog’lom turmush kechiruvchi shaxslar ham guruhga kiradi. Noto’g’ri ovqatlanish va kam harkatlililk ham ortqcha vaznli kishilarni shu holatga olib keladi. CHegaraviy ruhiy kasalliklarning tarqalishi alohida e’tiborga loyiq.Ko’pchilik amalda sog’lom bo’la turib yillar davomida va hatto butun umri davomida uchinchi holatda bo’lishi mumkin. Uchinchi holatni aniqlay bilish, oldini olish yoki bartaraf etish-valeologiyaning eng muhim vazifasidir. Sog’lom turmush tarzining mazmuni.
Sog’lom turmush tarzining mazmuni mehnat qilish va dam olish, uyqu gigienasi, ovqatlanish gigienasi, jismoniy mashqlar, o’zini hurmat qilish, odamlar bilan munosabatda o’zini tuta bilish va boshqalardan iborat.Mehnat qilish va dam olish rejasiga barcha rioya qilishi kerak. Qat’iy tartib asosida ritmik mehnat qilish va dam olish ishchanlik qobiliyatini yuqori bo’lishini ta’minlaydi. Bunda hayotiy sharoit va alohida kategoriyadagi odamlar mehnati e’tiborga olinadi. Masalan, o’qituvchilarning mehnat sharoiti, korxona, zararli joylarda ishlaydigan odamlar mehnatidan farq qiladi. Masalan, o’qituvchilar mehnat sharoiti, korxona, zararli joylarda ishlaydigan odamlar mehnatidan farq qiladi.Qat’iy tartib asosida ritmlilik mehnat qilish va dam olish ishchanlik qobiliyatini yuqori bo’lishini ta’minlaydi. Bunda hayot sharoit va alohida kategoriyadagi odamlar mehnati e’tiborga olinadi. Aniq rejim (tartib) saqlanganda organizmda ma’lum biologik ritm funktsiyalanadi, shuningdek, shartli reflekslar tartib bilan ketma-ket kelib qaytarilib dinamik stereiotip hosil bo’ladi. Masalan: Agarda siz har kuni belgilangan vaqtda aqliy, jismoniy ish bilan shug’ullansangiz ishchanlik qobiliyati yuqori bo’ladi. Amaldagi organizmning bir ritmlari mustaqil bo’lmay, u tashqi muhitni o’zgartirishi, kecha-kunduzni almashtirishi, oylar va fasllarni o’zgarishi bilan bog’liq. Mashhur olimlar Klod Benar, Uolter, Kenonlar ichki muhitni birday saqlanishi nazariyasini ishlab chiqqanlar. I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.I.Vernadskiy, K.A.Timiryazev. A.L.Anoxin va organizm holatini o’zgarishiga tashqi muhit hodisalarini ritmik o’zgarishiga bog’liqligini bir necha marta ta’kidlaganlar. Tunda almashinuv jarayonlari yurak-tomir ishi, nafas tizimi, tana harorati kamayadi. Bosh miyaga informatsiya kam qabul qilinadi. Kunduzi harakat faolligi ortadi nerv tizimining funktsiyalari ortadi. Odamning ishchanlik qobiliyati soat 10-13 larga qarab ortib boradi. Soat 1400 dan keyin ishchanlik qobiliyat kamayadi, soat 16-17 larda ishchanlik qobiliyat yana ortadi. Funktsional imkoniyatlar soat 20 dan keyin kamayadi. Ishda nagruzkaning ortib ketishi odamni surunkali stress holatiga olib keladigan sabablardan biridir, bu hol odamni himoya funktsiyalarini susaytirib, kasallik paydo qiladi. Ishni meyo’rida, bir tekis bajarish uchun odam ma’lum qolipga tushib olishi, qattiq ishlaganda orada dam olib turishi kerak. Mehnat jarayonini buzilishi oxiri kasallikka olib keladi.Ishchanlik qobiliyatini yuqori saqlashda, sog’lom turmush tarzini to’g’ri tashkil etishda quyidagilarni e’tiborga olish kerak.
1.Turli xil faoliyat turini belgilangan vaqtda bajarish.
2.Mehnat va dam olishni samarali almashtirish
3.Tizimli ravishda to’liq qimmatli ovqatlanish va harakat bilan shug’ullanish.
4.Har kuni 2-3 soat sof havoda bo’lish.
5.Uyqu gigienasiga qat’iy rioya qilish.
Bu qoidalar odamni sog’lom bo’lishi, hayotga qiziqishini orttiradi, uzoq yil mehnat qobiliyatini saqlashga yordam beradi. Umr bo’yi mehnat qilgan odamgina qariganida ham bardam, quvnoq, tetik bo’ladi.Uyquning qadriga eting.Uyqu-aqliy va jismoniy charchashni oldini oluvchi yaxshi usul. Kuch quvvati kamaygan yoki qattiq toliqqan odam uzoq muddat uxlaydi. Uyqu tufayli organizm o’zini fiziologik va psixologik himoya qiladi. Uyqu vaqtida organizmning barcha fiziologik sistemasi o’zgaradi, energiya sarflanishi kamayadi, ishchanlik qobiliyati qayta tiklanadi, organizm dam oladi. Uyqu nerv hujayralarini halok bo’lishidan saqlaydi, organizmning himoya funktsiyasi qayta tiklanadi. Shoh Boburning shaxsiy tabibi Yusuf Ibn Muxammad:
- Uyqusiz o’tkazma tuningla kunni,
- Dam olmoq uchun sen uxla gohi goh,
- Uzoq uxlamasang tun ila kunlar,
- Hazm ila asabing buzilar nogoh deb yozgan edi.
Uyqu paytida organizm orom oladi. O’rta yoshdagi odam sutkasiga 7-8 soat uxlaydi. Ba’zilarni erta uyqu bosadi. Ma’lumki, hamma odamlarni bu borada “so’fito’rg’ay” va “Boyqushlarga” bo’lishadi. So’fito’rg’ay ertalabga yaqin boyqushlar kechqurun yaxshi uxlashadi. Aslini olganda uyqu “sifati” bizning hayot tarzimizga bog’liq bo’ladi.Uyqu har xil bo’ladi: uyqu chuqur, yuza, qattiq, sust bo’ladi. Odam to’yib uxlab turgandan keyin, muskullar tonusi shakllanadi, yurak yaxshi ishlaydi, o’pka odatdagi faoliyatga qaytadi, kayfiyat yaxshi bo’ladi. Kechqurun yotish oldidan juda to’yib ovqatlanganda ham uxlash qiyin bo’ladi. Qattiq bosh og’rig’i, uchlamchi nerv kasalligi, migren skeleroz ham uyqusizlikka sabab bo’ladi. Ba’zi kishilarning ishlaydigan yoki uxlaydigan honasi yaxshi shakllantirilmagan bo’ladi, ana shunday odamlarning uyqusi chuqur bo’lmaydi.
Uyqusizlikdan qiynalayotgan odamga nimani tavsiya qilish mumkin? avvalo uyqu gigienasiga puxta rioya qilish lozim, yaxshisi har kuni bir vaqtda uxlashga yotish va turishga odatlanish kerak.Uyquga yotish oldidan asabiylashmaslik, xayajonlantiradigan voqealar haqida o’ylamaslik kerak. O’ringa yotar ekansiz, yoqimli manzaralarni tasavvur qiling. Har kuni 20-30 minut toza havoda sayr qilishni odat qiling, o’ringa yotishdan oldin xvoy ekstrakti solingan suvda 10-15 minut vanna qabul qilsangiz yaxshi bo’ladi. O’ng oyoqni sal bukib, o’ng tomonga yonboshlab uxlash fiziologik jihatdan to’g’ri bo’ladi. O’rin juda yumshoq ham, juda qattiq ham bo’lmasin. Xonada hech kim uxlamaydigan bo’lsa darpardani surib xonani yorug’ qilib qo’ying. Och qoringa uxlash yaxshi emas. YOtishdan bir-bir yarim soat oldin engilroq ovqatlanib olish zarur.Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko’ra har 10 kishidan bittasi xurrak otadi. Xurrak yurak kasaligiga sabab bo’ladi, odamni toliqtiradi, xurrak otayotganda organizm etarlicha kislorod ololmaydi. Kaliforniyadagi Stendford universitetining olimlari xurakka qarshi kurashish usulini ishlab chiqishdi: mijoz tanglayini operatsiya qilishadi, bunda tanglay pardasi tekislanib, uxlaganda nafas olinadigan havo yo’lini to’smay qo’yadi. Gigienik jixatdan asoslanib tuzilgan kun tartibi o’quvchining kun bo’yi bajaradigan asosiy faoliyati turlarini me’yorlashga, aqliy va jismoniy mexnatini, dam olishni to’g’ri olib borishiga imkon beradi.