Kun tartibini to’g’ri tashkil etishda quyidagilarga e’tibor berish kerak. 1. Xar xil faoliyat turlarining ratsional tarzda almashinib turishi va muntazam ravshda aniq cheklangan vaqt davomida amalga oshishi.
2. Ochiq xavoda imkoni boricha kuprok bo’lish sharti bilan etarlicha dam olish.
3. Belgilangan vaqtda muntazam ravishda ovqatlanish.
4. Gigienik jixatdan talabga to’la javob beradigan uyqu.
5. Jismoniy mashqlar va sport bilan kundan kunga kuproq shug’ullana borishi orqali xarakat aktivligini oshirish.
Rejim to’g’ri tashkil qilingan sharoitda organizmning eng yaxshi faoliyat ko’rsatishga qisqa vaqtga xosil bo’ladigan muvaqqat reflekslar xam yordam beradi. Masalan belgilangan vaqtda ovkatlanish ishtaxaning yaxshilanishini, ovqatning narmal xazm bo’lishni taminlaydi. Uyqiga malum bir vaqtda yotib, tez xlashga, binobarin bolalarni va o’smirlarning to’yib uxlashiga, o’qish ishlari va mexnat faoliyatini ma’lum bir vaqtda boshlash organizmning ishga ung’ay kirishish va bilimlarni yaxshi o’zlashtirishga olib keladi. Xar xil talaba o’quvchilarning uzoq vaqt davomida ish qobiliyati va asab tizimi ko’zg’alishini yuqori darajada saqlashda kun davomida mexnat va dam olish vaqtlarining to’g’ri taqsimlanishini ta’minlovchi oqilona tashkil etilgan kun tartibi katta axamiyatga ega ekanligini nazarda tutgan xolda maktab o’quvchilaring xamda o’zlarining kun tartiblarini jadvallarda foydalanib tuzib chikadilar. Buning uchun quyidagilarga e’tibor berishlari kerak.
- Maktab va uydagi o’quv, mashg’ulotlarni.
- Muntazam va to’laqonli ovqatlanishni.
- Ko’proq ochiq xavoda dam olishni.
- Gigienik jixatdan to’laqonli uyquni.
- Oz xoxishiga qarab tanlangan mashg’ulotlarga (badiiy kitob o’qish,musiqa bilan shug’ullanish, rasm solish va boshqalar) xam vaqt ajratishni bilish kerak. O’quv mashg’ulotlari maktab o’quv rejasi asosida tuziladi. Masalan 1-4 sinflarga kunda 4-5 soat, 5-9 sinflarga 5-6 soat dars belgilangan.Uyqu vazifalari tushlik va dam olishdan so’ng bosh miya xamda organizmning barcha sistemasining funktsional faoliati yuqri bo’lgan vaqtda bajarilishi kerak. Ochiq xavoda iloji boricha ko’prok vaqt bo’lishlari kerak. 1-4 sinf 3-3,5 soat 5-9 sinflar 2,5-3 soat, 10-11 sinflar 2 soatdan kam ochiq xavoda bo’lmasliklari kerak. Ijtimoiy foydali mexnat bilan uzluksiz shug’ullanishning salbiy tasirini oldini olish uchun uning davomiyligi 1-4 sinflar uchun 30 minut 5-9 sinflar uchun 40 minut yuqori sinflar uchun 1,5 soatdan oshmasligi kerak. Barcha yoshdagi bolalar kun tartibini tuzishda ularni o’z o’zini tartibga keltirish, ozodalik va gigienik tadbirlarni bajarish uchun xam etarli vaqt ajratish kerak.Uyquga bo’lgan talab bolalar yoshiga qarab o’zgaradi. 7-10 11-10 soat, 11-14 yoshda 10 soat, 7-10 11-10 soat, 11-14 10 soat, 15-17 9 soat. To’yib uxlamaslik bolalarning oliy asab faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Jadval