Inson tabiatdan olgan eng bebaho ne’mati - salomatlikdir. Xalqda «Salomat, zo’r kishiga hammasi zo’r!» deb bejiz aytishmaydi. Bu sodda va dono haqiqatni organizmda buzilishlar paydo bo’lib, biz shifokorlarga murojaat qilishga majbur bo’lgan paytimizda emas, har doim eslab turish lozim. Tibbiyot naqadar takomillashgan bo’lmasin, u har bir kishini uning kasalliklaridan xalos eta olmaydi. Inson o’z salomatligining yaratuvchisidir, shuning uchun ham ilk yoshidan boshlab faol va sog’lom turmush tarzini yuritib, chiniqib borish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish, shaxsiy va ijtimoiy gigiena qoidalariga amal qilish va shu yo’l bilan oqilona yo’llar orqali haqiqiy uyg’unlikka erishish yaxshi bo’lar edi. Aholining salomatligini mustahkamlash muammosi zamonaviy jamiyat sharoitida unga xos bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik rivojlanish xususiyatlari hamda qadriyat fikrlarining jiddiy o’zgarishini hisobga olgan holda hal etilishi - birinchi darajali ahamiyatiga ega bo’lgan muammodir.Butunjahon Sog’liqni saqlash Tashkilotining ekspertlari ta’rifiga ko’ra, sog’liq - bu bor-yo’g’i kasalliklar va jismoniy nuqsonlarning yo’qligi emas, balki to’liq jismoniy, ruxiy va ijtimoiy farovonlik holatidir. Zamonaviy olimlarning ko’pchiligi sog’liq tushunchasini kishining optimal fiziologik, psixologik va ijtimoy faoliyat yuritishga layoqati deb ta’riflaydilar. Insonning salomatligi amalda uning hayotiy faoliyatining barcha sohalari bilan bog’liq. Ularning istalgan biridagi o’zgarishlar bevosita yoki vositali holda sog’liqning psixosomatik darajasiga chiqadi. Sog’liq - bu insonning biologik va ijtimoiy xususiyatlarining uyg’un yaxlit birikmasi bo’lib, unga makro- va mikrosferaning sharoitlarga moslashish, shuningdek ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan mahsuldor hayot bilan yashashga imkon beradi. Insonning sog’lig’i hayot sifatining kategoriyasi bo’lib, fiziologik mexanizmlar, tashki muhitning sharoitlariga moslasha olish, o’z-o’zini tashkil etish qobiliyati, o’z-o’zini rivojlantirish va o’z-o’zini saqlashga layoqati bilan belgilab beriladi.Sog’liqqa bo’lgan ehtiyoj umumiy tusga ega, u ham alohida bir individga, ham umuman jamiyatga xos bo’ladi. Sog’liqning ahvoli insonlar hayotining barcha sohalariga ta’sirini o’tkazadi. U insonning jismoniy, psixik va aqliy qobiliyatining yuqori salohiyatini belgilab beradi va uning to’laqonli yashashining garovi bo’lib xizmat qiladi. Aholining salomatligi jamiyatning iqtisodiy rivojlanishining dinamikasiga ulkan ta’sir ko’rsatadi, hamda uning ijtimoiy-etik etukligining o’lchovi bo’ladi. Bularning hammasi shaxsga o’zining salomatligi, uning avlodlarining salomatligi hamda u yordam berishi mumkin va lozim bo’lgan kishilarning salomatligiga nisbatan ma’lum mas’uliyatni yuklaydi. O’z salomatligiga e’tibor berish, uning buzilishlarining individual profilaktikasini ta’minlay olish, sog’lom turmush tarzi kishining jamiyatdagi o’z tutgan o’rni hamda o’zi va yaqinlarining oldidagi mas’uliyatini anglashining ko’rsatkichlari bo’ladi. SHunday qilib, sog’liq - bu absolyut va boqiy qadriyat bo’lib, butun insoniyat qadriyatlarining ierarxik zinapoyasida eng yuqori pog’onalardan birini egallaydi. Sog’liq shunday bir zaxiraki, insonning deyarli barcha ehtiyojlarini qondirish darajasi unga ega bo’lish darajasiga bog’liq bo’ladi. U faol, ijodiy va to’laqonli hayotning asosi sifatida yuzaga chiqib, qiziqishlar va ideallar, uyg’unlik va go’zallikning shakllanishida ishtirok etadi, inson mavjudligi va yashashining ma’nosi va baxt-saodatini belgilab beradi.Sog’liqning ob’ektiv va sub’ektiv ko’rsatkichlari farqlanadi. Sub’ektiv ko’rsatkichlarga o’zini sezish, ishlash qobiliyati, uyqu, ishtaha ko’rsatkichlari kiradi. Ob’ektiv ko’rsatkichlar antropometrik o’lchovlar bilan (tana vazni, bo’yi, ko’krak qafasining aylanasi, bo’yin, elka, son, tizza, qorin va hokazolar), nafas olishning tezligi, o’pkaning hayotiy sig’imi, tomir urish, arterial qon bosimi va hokazolar bilan bog’liq.Inson sog’lig’ining ahvolini baholash norma tushunchasi bilan bog’liq. Yosh va individual-shaxsiy normalar farqlanadi. Yosh normalari turli yosh guruhlarida o’tkazilgan o’lchovlar hamda har bir tadqiq etilgan guruh uchun o’rtacha qiymat hisoblanishiga asoslanadi. Har bir yosh guruhi uchun olingan o’rtacha qiymat normaning standarti deb olinadi. SHaxsiy-individual norma jinsiy, konstitutsional belgilari, kasbi, turar joyi, turmush tarzi va boshqalarni hisobga olinishini ko’rsatib beradi.Zamonaviy tibbiyot o’z imkoniyatlari yig’indisida sog’liq ahvoliga tashhis qo’yishning yangi uslublarining etarli soniga ega bo’lib, ularning ichida noan’anaviy uslublar va usullar katta o’rin tutadi.Sog’liqning asosiy mezonlari quyidagilardir:
genetik - inson genotipining tuzilishi va faoliyatining xususiyatlari;
fiziologik - inson anatomo-fiziologik tizimlarining tuzilishi va faoliyat yuritishining xususiyatlari;
psixik - inson asab tizimining tuzilishi va faoliyat yuritishning xususiyatlari, psixikasi va shaxs statusining xususiyatlari;
ijtimoiy - insonning ijtimoiy faolligi.
Insonning salomatligi bir necha omillardan tarkib topadi va organizmning nasliy xususiyatlarining atrof voqelik sharoitlari bilan o’zaro ta’sirga kirishuvining natijasi bo’ladi. Ushbu sharoitlarga qarab sog’liqni saqlash va mustahkamlash omillarining bir nechta guruhi ajratiladi, ularning inson ongi va faol faoliyat yuritishi bilan bog’lanishi bir darajada yoki teng bo’lmaydi.Inson ongi va faol faoliyat yuritishiga bog’liq bo’lmagan omillar: genotip; nasliy sabablar bilan belgilab berilgan organizm va psixikasining xususiyatlari.Inson ongi va faol faoliyat yuritishiga vositali bog’liq bo’lgan (ijtimoiy-iqtisodiy) omillar: ijtimoiy-iqtisodiy turmush sharoitlari; yashash joylarining ekologiyasi; sog’liqni saqlash rivojlanishining darajasi.Inson ongi va faol faoliyat yuritishi bilan bevosita to’g’ri bog’langan omillar (turmush tarzi): jismoniy faolligi; ovqatlanishi; mehnat va dam olish tartibi; zararli odatlarining yo’qligi; profilaktik va sanitariya-gigiena normalariga rioya qilishi; jinsiy sog’lig’i; oilada, o’qish, ish yoki xizmat joyida psixologik iqlim; hayotining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari bilan qoniqqanli