Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Suv, suv manbalari, suvhihg sifati



Yüklə 432,66 Kb.
səhifə36/61
tarix05.04.2023
ölçüsü432,66 Kb.
#93551
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61
valeologiya maruza matni

Suv, suv manbalari, suvhihg sifati.
Suyuqlikni xaddan tashqari ko’p ichish ham, ayniqsa birdaniga ko’p suv ichish ham shubhasiz zarar qiladi. Odam suvni ichsa ko’p terlaydi, “suyilib” ketgan qon kislorod tashish vazifasini yaxshi eplay olmaydi, yurakka tomirlar va buyrakga og’irlik tushadi. Nahorda ozgina suv ichish foydali ichak peristaltikasini kuchaytiradi va bu bilan ichakni yurishtiradi. YOg’li ovqatni to’yib egandan keyin ham sovuq suv ko’p ichish zarar qiladi. YOg’li ovqat eganda 2 soatdan keyin choy ichish mumkin. Semirib ketgan, ozishga harakat qilayotgan odamlar ovqat paytida suyuqlik ichmaganlari ma’qul. Suyuqlikga aralashgan ovqat bo’tqaga o’xshab qoladi va me’dadan tezroq o’tib ketadi. Natijada odamning yana qorni ochadi.
Shuni bilish kerakki, qaynoq, issiq ichimliklar sovug’iga qaraganda chanqoqni tezroq qondiradi. Birdaniga ko’p suyuqlik ichish yaramaydi. Harakat paytida suyuqlikni kam ichish kerak. Tashnalik suvni ichgan zahoti emas, taxminan 10-15 minutdan keyin suyuqlik qonga va organizm to’qimalariga so’rilgach bosiladi. Sovuq suv ichish yaramaydi, tashnalikni bosmaydi, odamni shamollatib qo’yishi mumkin.Afsuski kun juda isib ketgan paytlarda odam ko’pincha ketma –ket suv ichadi. Natijada bir necha minutdan so’ng ichgan suv ter bilan chiqib ketadi va odam yana chanqayveradi. Iqlimi issiq joylarda yashaydigan odamlar suyuqlikni faqat ovqatlanib bo’lgandan keyin ichadilar, ovqatlanishlar orasida esa uni juda kammaytirishlari tavsiya etiladi. Organizm ozroq suyuqlik yo’qotganda choy yaxshi yordam beradi. CHoy tarkibida vitaminlar, organizm tonusini oshiradigan moddalar ko’p bo’ladi.


Suv iste’mol qilish normasi.
Suvga bo’ladigan sutkalik extiyoj asosan muxit temperatura va jismoniy mexnat turiga bog’liq sutkada ichiladigan suv va oziq ovqat orqali olinadigan suv miqdori organizmni ta’minlashi kerak. Bir sutkada ichiladigan suv ish xarakteriga va tashqi muxit ta’siriga qarab aniq miqdorga ega bo’lishi zarur. Xaddan tashqari suvni ko’p iste’mol qilish organizmni og’irlashtiradi, ko’p terlashga sabab bo’ladi, yurak ishini og’irlashtiradi, chidamlilik va ish qobiliyatini pasaytiradi. Birdaniga ko’p suv ichish bir necha vaqt qon tomirlarni to’ldirib yuboradi va osmatik bosimni pasaytiradi.Organizmning suvga bo’lgan extiyoji tashnalik bilan belgilanadi, tashnalik qon va to’qimalardagi qattiq va suyuq moddalar o’rtasidagi bog’lanishni buzadi va osmatik bosimning oshishiga olib keladi.Tashnalik paydo bo’lishi va bartaraf etilishida gumaral faktorlar (ximyaviy tarkibi va qonning fizik, ximik xususiyati) dan tashqari reflektor faktorlar xam ishtirok etadi. Og’iz bo’shlig’ida, tomaqda va tananing chuqur joylarida osmaretseptorlar bo’lib, bular tegishli nervlar orqali miyaga organizmdagi osmatik bosim o’zgarishlarini ma’lum qiladi va tashnalikni bartaraf etuvchi reflekslar hosil qiladi.Xaqiqiy suvga bo’lgan extiyoj xamma vaqt xam tashnalik xissiyoti bilan to’g’ri kelmaydi: gaplashish va xaddan tashqari xayajonlanish, og’iz va tamoq bo’shliqlarining qurishi va xakoza natijasida vujudga keladi. Bunday vaqtda suv ichish shart emas og’izni chayish kifoya qiladi. Xaddan tashqari jismoniy mexnat va muxit temperaturasining balandligi terlash bilan suv yo’qotishga olib keladi, bunday vaqtda faqat ichish bilan yo’qotilgan suv o’rni to’ldiriladi. Kishi o’zini bunday xollarda uzoq saqlab turishi mumkin emas, bu qonning quyuqlashuvini va yopishqoqligini oshiradi, ya’ni yurak ishi qiyinlashadi.Suv almashinuvida organizmda tuz almashinuvi bilan uzviy bog’liqdir. Terlay natriy xloridining yo’qolishiga olib keladi, ya’ni 1 litr ter bilan 5 g tuz chiqib ketadi. Natriy xloridning kamayishi qonda va muskul to’qimalarida osmatik bosimning pasayishiga olib keladi, bu ko’shimcha suv ichish bilan ifodalanadi. Biroq katta miqdordagi suv xam, qo’shimcha osh tuzisiz osmatik bosimni tiklay olmaydi va chanqovni pasaytira olmaydi. Bu xol suv teri orqali tezda chiqib ketadi.Yo’qotiladigan natriy xlorid o’rni birinchi navbatda iste’mol qilinadigan oziq-ovqat tarkibidagi tuz orqali to’ldirilishi kerak. Bir me’yorda ovqatlanganda odam organizmiga o’rtacha 15g erigan tuz kirishi mumkin. Bir sutkada ter ajralishi 4-6 l dan oshmasa, tuz shu miqdorda etarlidir. Agar u 6 l ga etsa va doimiy ravishda davom etsa, u vaqtda qo’shimcha osh tuzi qabul qilishi kerak. (G. E. Vladimirov).Buning uchun sovitilgan 0,5-0,75% li natriy xlorid eritmasi ishlatiladi. Tuzlangan gaz suv iste’mol qilish xam mazali bo’ladi, ham tashnalikni tez qondiradi. Uni ishlab chiqarishda issiq tsexlarda iste’mol qilinadi (cho’yan eritiladigan va boshqa xavo temreratkrasi issiq joylarda), armiyada issiq kunlarda uzoq poxodlarda yurgan qora nonga oddiy osh tuzi sepib iste’mol qilinadi. Sport amaliyotida natriy xlorid tuzini qo’shimcha iste’mol qilishga asos yo’q. Ayrim sport turlarida (velosport, sportcha yurish, uzoq va o’ta uzoq masofaga yugurishlarda) yuqori temperaturada va xavo namligi yuqori bo’lganda iste’mol qilish mumkin. Chanqoqni qisman nordon konfetlar, nordonlashtirilgan suv (limonli kislotasi). Klyukva ekstrati kamaytiradi. Issiq choy tashnalikni qondiradi: issiq suyuqlik og’iz va tamoq bo’shliqlari retseptorlarini ta’sirlantiradi, undagi burishtiruvchi moddalar shilliq pardalarini burishtiradi. Sovuq choy tein alkoloidi xisobiga suvni nisbatan tashnalikni yaxshi qondiradi. Issiq choy uzoq vaqt sport bilan shug’ullangandan so’ng juda foydalidir. U tashnalikni qondiradi va tonusni kuchaytiradi. Suv iste’mol qilishning aniq bir sxemasi bo’lishi mumkin emas. U tashqi muxit sharoitiga mos ravishda belgilanadi, ishni og’irligi va uzoq davom etishi bilan, odam organizmini xolati va ovqatlanish bilan bog’liqdir. Sport amaliyotida bu sport turiga mashq qilishga va musobaqalarga bog’liq. Suv odam xayotida juda katta va xilma-xil rol o’ynaydi. U avvalo, odam organizmini normal saqlashda juda katta axamiyatga ega, qisqasini aytganda odamda uning vazniga nisbatan 63 protsenti suv. Suvning katta qismi organizm xujayralari orasida, qolgan qismida esa, to’qimalar orasidagi suyuqliklarda qonda, limfalarda, ovqat xazm qilish shirasida va xar xil bezlar sekretsiyasida joylashgan odam organizmida suv xamma fizik ximik protsesslarda ishtirok etadi, shuning bilan bir qatorda ovqatning qonga so’rilishi, assimiliyattsiya va dissimiliyattsiya protsesslari uchun, erigan va yarim erigan xolda oxirgi maxsulotni chiqarish va issiqlik almashinuvi uchun zarur bo’ladi. Suv bilan ta’minlaydigan manbalar. Suv olishda xar xil manbalardan foydalaniladi. Ulardan asosiylari yopiq xavzalar er osti suvlari va ochiq daryo, ko’l, sun’iy ko’llar xisoblanadi. YOlg’iz suvsiz va qurg’oqchilik, ochiq suv xavzasi yo’q joylarda er osti suvini olish uning juda chuqur yotganligi juda qiyin shuning uchun atmosfera yog’in suvidan foydalaniladi. SHunday xollarda qish vaqtida qor suvidan foydalanishadi. Yopiq suv manbalari. Er osti suvlari asosiy atmosfera yog’inidan xosil bo’ladi, ular er bag’riga kirib tuproqning g’ovakli qatlamida (qum va boshqa), nariga suv o’tkazmaydigan joy (loy, granik va boshqa) da, to’planadi. Er suvni saqlaydigan qatlamning chuqurligiga ko’ra er osti suvi va qatlamlararo suvlarga bo’linadi. Er osti suvi rasmda ko’rinishicha, er yuzasidagi suvga yaqin turadi, u suv o’tkazmaydigan tuproq qavati bilan ximoyalanmagan. SHuning uchun xam ular suv oqimi va chiqindilar, erdan sirqib chiqadigan yomg’ir va qor suvlari bilan osongina ifloslanadi. Axoli turadigan er osti suvi, odatda suv bilan ta’minlashga yaroqsiz bo’ladi.Qatlamlararo suvlar suv ushlanib turadigan chuqur er qatlamlarida joylashib, o’zi ustida suv ta’sir qilmaydigan bir yoki bir necha chuqur qatlamlarga ega bo’ladi. Chuqur joylashgan qatlam orasidagi suvni artizian deyiladi. Er osti suvining o’z-o’zidan er yuzasiga chiqishini chashma yoki buloq suvi deyiladi. Ko’pincha u chuqur bosimli qatlamaro suvli erdan boshlanib, o’zining tozaligi va yuqori sifatliligi bilan ajralib turadi. Agar u unchalik chuqur bo’lmagan er osti qatlamidan chiqsa u xolda suv ifloslangan bo’lishi mumkin. Tuproqda turib va u orqali filtrlanar ekan er osti suvlari tarkibidagi mineral tuzlarni eritadi va organik moddalarning parchalanishi tufayli xosil bo’lgan karbonat angidridni yutadi. SHuning uchun xam bu suvlar tuproq minerallashgan va karbonat angidridga ochiq xavza suvlariga nisbatan ko’proq to’yingan bo’ladi. Bu ularga yoqimli tam beradi. Er osti suvlari qattiqroq bo’lib ularning xarorati issiq vaqtda daryo va ko’llarga nisbatan pastroq, shu sababli va karbonat angidrid tufayli u salqin bo’ladi.

Yüklə 432,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin