Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


O’z salomatligini va yon atrofdagilarni salomatligini



Yüklə 432,66 Kb.
səhifə39/61
tarix05.04.2023
ölçüsü432,66 Kb.
#93551
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61
valeologiya maruza matni

O’z salomatligini va yon atrofdagilarni salomatligini saqlab qolish uchun har bir inson eng avvalo kasallikni o’z organizmiga kiritmaslikka imkon beruvchi minimal bilimlar majmuiga ega bo’lishi lozim. O’zining bilimsizligi yoki ota-ona bilim-sizligi ekanligidan qat’iy nazar, ushbu bilimsizlik barcha kasalliklarning yagona sababi ekanligi tufayli bu juda dolzarb vazifadir.Yuqumli kasalliklar bu- har xil yullar bilan odamdan odamga yuqadi. Kasallik infeksialarining kirish “ darvozasi” yuqish yo’llari quyidagicha: havo tomchi yo’l orqali, ogiz orqali, iflos qo’llar orqali, onadan bolaga kindik orqali.Yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchilariga ularning turlariga: virus bakteirya, zamburug’ kiradi. Infektsiyaning kirish darvozasi: og’iz, burun, shikastlangan teri orqali, tekshirilmagan qon orqali, jinsiy yo’l orqali. Turli a’zolar va tizimlarning yuqumli bo’lmagan noinfektsion(somatik) kasalliklarga ichki a’zolarda uchraydigan kasalliklar kirib, odamdan –odamga yuqmaydi. Bu kasalliklarga gipertoniya, kamqonlik, jigar tsirrozi, pielonefrit, stenokardiya, infarkt, insult, va boshqalar kiradi.Bu kasalliklar nosog’lom turmush tarzi tashkil qilinganda yoki noto’g’ri ovqatlanganda kelib chiqadi.Bu kassaliklar oz vaqtida davolansa sogayib ketishi mumkin.Agar oz vaqtida davolanmasa asorat qoldirishi mumkin.
Soglom va kasal organism haqida tushuncha. “Salomatlik-bu inson hayotiy faoliyatining ruhiy, xis-tuyg’u, psixik, jismoniy sohalarning oddiy holati bo’lib, bu holat inson shaxsining, qobiliyat va layoqatining gullab-yashnashi, atrof-olam bilan uzluksiz bog’liqligini, uning uchun ma’sulligini anglashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi”. Sog’liq odamning jismoniy aqliy, ruhiy va ma’naviy hususiyatlari yig’indisi, uzoq umr ko’rish va ijodiy rejalarni amalga oshirish mustahkam ahil oila yaratish bolalarni sog’lom tug’ilishi va tarbiyasini zarur sharti hisoblanadi. Sog’liq inson baxtining eng muhim qismlaridan biri hisoblanib. Insoniyatni sotsial iqtisodiy rivojlanishining muhim komponentlaridan hisoblanadi. Bemor odamdan so’rang, u o’z kuch-quvvatini nimadir yaratish uchun bera oladimi, bolalarni boqishga qurbi etadimi, albatta u yo’q deb javob beradi. Sog’liq inson va jamiyat uchun berilgan buyuk nematdir. Sog’liqni sotib olib bo’lmaydi, uni saqlash, ehtiyot qilish kerak. Sog’lom bo’lsangiz hayotda qiyinchilik va to’siqlarni oson engib o’tasiz, ulkan yutuqlarga erishasiz. Bizning atrofimizda kasalliklarni keltirib chiqaruvchi ichki va tashqi omillar juda ko’p. Valeologiya sog’liq haqidagi fan. Valeologiya terminini fanga birinchi marta 1980 yilda I.I.Brexman kiritgan. Xalqimizda shunday maqol bor: “sog’liging-boyliging”, “sog’liqni yo’qotsang hammasini yo’qotasan” Akademik N.A.Amasov “agarda jamiyat sog’ bo’lsa xalq xam sog’ bo’ladi” deydi.Sog’liq odamning biologik imkoniyatlari, ijtimoiy muhit, iqlim sharoit, atrofdagi biologik muhitga bog’liq. YUqoridagi omillar sog’liqni mustahkamlashi yoki susaytirishi mumkin. Har bir odam ma’lum muhit sharoit, ma’lum odamlar orasida, ma’lum iqtisodiy sharoitda yashaydi. Odam organizmi evolutsiya jarayonida moslashuvi va kompensator imkoniyatlar bilan yaratilgan.Kasallikni ko’pincha salomatlikka qarama-qarshi holat sifatida qaraladi: Butunjahon salomatlik jamiyati lug’ati bo’yicha kasallik “me’yoridagi” holatdan xar qanday sub’ektiv va ob’ektiv og’ishidir”.Kasallik kelib chiqishi sababi quyidagilar.-oragnizmning (funktsional tizim, organ yoki to’qimaning) kam harakatchanligi, bu o’z navbatida me’yoriy qo’zg’atishga past reaktsiya qiluvchi chiniqmaganlikka olib keladi;-uyg’unlashgan boshqaruvning buzilishi hamda zaharli moddalarni to’planib qolishiga olib keladi .
-zaharlanish, radiatsiya natijasida hujayralarning zaralanishi;
-tashqi muhitning o’zgarishi, teri, muskullar, ichki organlarning hujayralarning funktsiyalarini tuzilishiga olib keladi;
Ruhiyatning buzilishi, asab omili (stess) ta’siri natijasida paydo bo’ladi.
Organizmdagi kasallik organlarining vaqt o’tishi bilan o’zgarishi mumkin bo’lgan funktsiyalar o’zaro ta’sirining buzilishi hisoblanadi.Ortiqcha kuchanish, ya’ni dam olmasdan intensiv harkat qilish natijasida yuzaga kelshi mumkin. Qator hollarda kasalliklar organizmning hamda immunitet tizimining haddan ziyod javob reaktsiyasi sifatida yuzaga keladi, ular yuqumli-allergik kaaslliklar deb ataladi.Shunday qilib ko’p ovqat eyish, kam harakatlilik, ruhiy kuchlanishlar yoki “stresslar”, chiniqishning yo’qligi kasallik, potologiya yuzaga kelishining asosiy sababalari hisoblanadi.Patologiya (kasallik) –kichik tizimlar funktsiyasi yuz berganda qonuniyatlari o’rganuvchi kasalliklar haqidagi fan.Umumiy potologiya quyidagi bo’limlardan tuzilgan:
- kasllikni davriylashtirish;
- uning yuzaga kelish sabablari;
-rivojlantirish va sog’lomlashtirish mexanizimi;
-konstutitsiya, irsiyat, reaktivlikning ahamiyati.

Yüklə 432,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin