Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 432,66 Kb.
səhifə41/61
tarix05.04.2023
ölçüsü432,66 Kb.
#93551
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61
valeologiya maruza matni

Klinik manzarasi. Kasallikning qlinik manzarasi turli tuman bo’lib, bu o’choq pnevmaniyaning etiologiyasiga bog’liq, 70 % hollarda kasallik o’tkir boshlanadi, ba'zan esa kasallik asta-sekin boshlanadi. Yana bemorda tana haroratining 38-39 darajagacha ko’tarishi, ko’krak qafasida aniq bo’lmagan og’riqlar, et junjikishi, yo’tal, nafas qisishi, holsizlik kuzatiladi.
Oldini olish va davolash.
1. Bemorlarni shifoxonaga yotqizish.
2. O’rnida yotish rejimiga rioya qilish jismoniy va psihik osoyishtalik, parhez rejimi (vitaminlarga boy ovqat, meva sharbatlari va boshqalar).
3. Antibakterial terapiya.
4. Og’ir hollarda organizmning immun reaktiv hossalarini oshirish uchun aeoroterapiya va boshqalar olib boriladi.
5. Ko’rsatmalar bo’yicha dori moddalari tayinlash (bolg’am ko’chiruvchi, vitaminlar va boshqalar).
6. Fiziotevapevtik muolajalar, nafas gimnastikasi, davolash jismoniy tarbiyasi.
7. Dispanser kuzatuvi (mehnat kobiliyati tiklanguncha uchastka shifokori kuzatuvi ostida bo’lish).
8. Sanitariy kurortda davolash.
Nafas yo’llari shikastlanganda 3 bosqichli yordam ko’rsatish amalga oshiriladi.
1- bosqich. Nafas yo’llarini o’tkazuvchanligini tekshirish;
2- bosqich. Nafasning bor. yo’qligini tekshirish.
3-bosqich. Pulsning bor. yo’qligini tekshirish.
Nafas yo’llarini o’tkazuvchanligini tekshirish uchun boshini orqa tamonga engashtirib, engaki ko’tariladi. Agar siz shikastlangan odamning bo’yin qismi jarohatlangan deb tahmin qilsangiz, u holda boshni orqa tamonga engashtirmasdan, pastki jag’ni oldinga siljitish usulini qo’llang. Shikastlangan odam hushini yo’qotgan bo’lsa, nafas olishni yengillatish choralari ko’riladi. Qorinni 5 marta kaftingiz bilan bosing. Pastki jag’ni o’nga tilni bosib turgan holda, biroz oldinga torting. Og’iz bo’shlig’ini barmoqingiz bilan tekshiring va og’izdan yot jismni olib tashlashga harakat qiling. Boshni orqa enging va engakni ko’tarib, 2 marta to’liq puflang. Agar havo o’pkaga o’tayotgan bo’lsa, pulsni tekshiring. Puls bilakning ichki tamonidan bosh barmoq tarafida tekshiriladi. Agar shikastlangan odam behush yotgan bo’lsa, uyqu arteriyasidan ham pulsni aniqlash mumkin. Barmoqlaringizni uchi bilan, lekin bosh barmoq bilan emas, arteriyani yengil bosib puls aniqlanadi. Sekinlashgan yoki kuchsiz pulsni aniqlash mumkin. Pulsni kamida 10 soniya davomida tekshirishda davom qiling. Agar shikastlangan odamda puls aniqlanmasa, yurak o’pka reanimasiyasini o’tkazish zarur. Buning uchun bir qo’lingizning ikki barmoqi bilan to`sh suyagining pastki qirrasidagi chuqurchani toping, ikkinchi qo’lingizning kafti asosini barmoqlarining joylashgan sohadan yuqoriroqqa qo’ying. Birinchi qo’lingizni kaftini ikkinchi qo’lingiz ustidan qo’ying. To`sh suyagiga ikkala qo’lingiz bilan 4-5 sm chuqurlikda 25 marta bosing. 2 marta og’izdan og’izga to’liq puflang. Har bir puflash davomiyligi 1,5-2 soniya. 15 marta bosish va ikkita puflashdan iborat 4 ta siqilni bajaring. Pulsni bor yo’qligini qaytadan tekshiring. Agar puls aniqlanmasa, o’pka-yurak reanimasiyasi qayta davom qildiriladi.

Yüklə 432,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin