Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 432,66 Kb.
səhifə35/61
tarix05.04.2023
ölçüsü432,66 Kb.
#93551
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61
valeologiya maruza matni

Uyquning ahamiyati
Normal uyqu kishi organizmining to’liq dam olishini ta’minlaydi. Bunda ayniqsa markaziy nerv sistemasi, sezgi organlari va skelet muskullari yaxshi dam oladi. I.P.Pavlov ta’limoticha bu o’zgarishlar asosida nerv sistemasi qo’zg’aluvchanligining keskin pasayishi, faoliyatining tormozlanishi yotadi. Tormozlanish xolati vaqtida bosh miya po’stlog’i xujayralari ovqat moddalarini o’zlashtiradi, o’zining normal xarakatini tiklaydi va navbatdagi faoliyat uchun energiya to’playdi. Tormozlanish protsessi katta yarim shar po’stlog’ida tarqaladi va skelet muskullari ishini boshqaruvchi, quyida joylashgan markazlarga tarqalib, muskullarning tarangligini pasaytiradi va ularni bo’shashtirib dam oldiradi.
Uyquning davom etish muddati va o’tkazilishiga bo’lgan gigienik talablar kishilarning yoshi va ishining xarakteri bilan bog’liq bo’ladi. I.M.Sechenov ta’limotiga ko’ra, katta odamlarda uyquning davomiyligi sutkasiga 7-8 qavatdan kam bo’lmasligi kerak. Organizm qanchalik yosh bo’lsa u uxlashga shunchalik barvaqt yotishi kerak. Uyqusi xam uzoq vaqt bo’lishi kerak. Og’ir jismoniy ishdan keyin xam uzoqroq uxlash talab qilinadi. Ko’pincha uyquga qonmaslik va etarli darajada uxlamaslik nerv sistemasining toliqishiga sabab bo’ladi: jaxldor, tez charchaydigan bo’lib qoladi. Ishtaxasi yomonlashadi, ichki organlarning ishi buziladi.Kechi bilan soat 23-24 dan keyin boshlanadigan va soat 7-8 da tugaydigan uyqu eng foydalidir. Kichik yoshdagi bolalar va keksayib qolgan odamlar ovqatdan keyin 1-2 soat uxlashlari kerak. Sog’liqni va ish qobiliyatini saqlash uchun to’g’ri yo’lga qo’yilgan uyqu ritmiga shartli refleks xosil bo’lishi muxim rol o’ynaydi. SHundagina uyqu tez boshlanadi va chuqur bo’ladi.Uxlash uchun qulay sharoit yaratish (osoyishtalik, qorong’ulik, 16-180 dan yuqori bo’lmagan temperaturaga toza xavo) muxum axamiyatga ega. Tunda kiyiladigan ich kiyimlar yupqa, yumshoq va gigroskopik gazmoldan tikilgan bo’lishi kerak. U keng mo’l qilib tikilishi, choklar dag’al bo’lmasligi kerak. O’ng yonboshni bosib oyoqlarni tizzalarda bukib uxlash tavsiya etiladi, bu muskullarning bo’shashib dam olishiga imkon beradi.

Yüklə 432,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin