18. Sog’liqni saqlash ham mehnat. Sog’liqni saqlash qandaydir mavhum mehnatni emas, balki har bir muayyan insonning aqliy va yuksak professional mehnatini talab qiladi. Kimdir: “Bu nima uchun kerak? Ana, shifokorlar bor, ular ishlashsin” deb e’tiroz bilidirishi mumkin. Afsuski, ish shifokorgacha borib etganida, so’z faqat sog’liqni tiklash to’g’risida borishi mumkin. Demak, ko’p narsa qaytarib bo’lmaydigan tarzda o’tkazib yuborilgan, inson bu yo’nalishda ter to’kishni istamagan yoki ishlash qo’lidan kelmagan. Afsuski, bugungi tibbiyotda sog’liqni saqlash emas, balki kasalliklarni davolash tamoyili ustuvor. Aynan ana shunday sharoitda ekstrasensorlik, afsungarlik va boshqa shu kabilar gullab-yashnamoqdalar: ular sizning o’rningizga sog’lig’ingiz to’g’risida qayg’urib, bu holda Sizdan hech qanday harakat talab qilinmaydi deb uqtiradilar. Tibbiyot mutaxassislari aytganidek, sog’ paytingda sog’lig’ingni sezmaysan, faqat uni yo’qotganingdan so’ng keyingina nimaga ega bo’lganingni anglaysan. Ana shu sog’lom kishi o’z sog’lig’ini sezish va qadrlashi uchun o’rganish va ancha mehnat sarflashi kerak bo’ladi. Bu, ayniqsa, dastlabki vaqtda, oson kechmaydi, biroq, fikrimizcha, sog’liq va hayotning o’zi bunga arzisa kerak.
19. O’zingizni o’qqa-cho’qqa urmang. Ovqatlanish, jismoniy yuklama, ish, dam olish, muhabbat, oftobda qorayish, cho’milish, hissiyotlar... barida mo’’tadillikka rioya qilish – sog’ bo’lishingizga xizmat qiladi. Yodda tuting: “juda yaxshi” ozgina ortib ketishi bilan u “juda yomon”ga o’tib ketishi mumkin.
Siz turli sog’lomlashtirish tizimlarining oqilona tavsiyalariga, shuningdek an’anaviy tibbiyot tajribasiga asoslangan “Sog’liq kodeksi” bilan tanishdingiz. Aytish kerakki, u keng qamrovlilik, yoki o’zining barcha bandlari so’zsiz bajarilishini da’vosida emas. Biroq uning barcha bandlariga birday amal qilish maksimal samaraga erishishni ta’minlashi mumkin. SHunday bo’lsa ham, uning bandlariga hatto qisman rioya qilish Sizga so’zsiz foyda keltiradi. Barcha bandlar ham bir xil kuchga ega emas. Ayniqsa sovuq suv quyinish, yugurish, “ochlik kunlari”ga rioya qilishga e’tibor beriladi. Bu organizmning o’ziga xos bo’lmagan himoya kuchlarini shakllantirish va faollashtirish uchun eng ta’sirchan vositalardir.Har bir shahs yoqoridagilardan kelib chiqqan holda baleologik pasport tuziladi.