Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Haftasiga bir marta, kamida 36 soat davomida (tun, kun, tun) ovqat va suv qabul qilmaslik



Yüklə 432,66 Kb.
səhifə27/61
tarix05.04.2023
ölçüsü432,66 Kb.
#93551
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61
valeologiya maruza matni

6. Haftasiga bir marta, kamida 36 soat davomida (tun, kun, tun) ovqat va suv qabul qilmaslik. Bu organizmni nafaqat shlaklar, balki shikastlangan yoki vazifasini bajarmaydigan to’qimalar tozalashning eng ta’sirchan vositasidir. Bu holda e’tiborning “quruq” – suvsiz ochlikka qaratilayotgani tasodif emas. Aynan ana shunday sharoitda organizm “ichki” – endogen suv ta’minotiga o’tadi. Bu almashinuv jarayonlari faollashuvi, birinchi navbatda yog’ zahiralarining parchalanishi oqibatida yuz beradi. “Quruq” ochlik yog’ almashinuvi yo’nalishini o’zgartiradi: u organizmni suv bilan ta’minlashga sarflana boshlaydi.
7. To’g’ri ovqatlanish. Biron-bir qat’iy belgilangan parhezga rioya qilish shart emas, biroq qator tavsiyalarga e’tibor qaratish foydadan xoli bo’lmaydi:
a) o’z ovqatlari tarkibidagi tuz, shakar va mol yog’larini cheklash;
b) ovqat bilan birga ko’proq sabzavot, meva, ko’katlar, ozuqa to’qimalari iste’mol qilish;
v) kuniga kamida bir marta oshqozonni bo’shatib turish;
g) kech soat 18-19 dan keyin ovqatlanmaslik;
d) shoshmay ovqatlaning. Bu nafaqat chala chaynalgan ovqat, balki ortiqcha eyish tufayli kelib chiqadigan kasalliklardan asraydi;
e) qorningiz ochmagan bo’lsa ham, ovqatlanavermang;
j) ovqat eganda boshqa narsalarga chalg’imaslikka harakat qiling.
8. Organizmingizni jismonan ko’proq yuklantiring. Bunda har tomonlama va etarli darajada intensiv zo’riqish (yuklanish) tushiradigan jarayon sifatida yugurish afzalroq.Umumiy jismoniy faollikka (yugurish, yurish, og’irliklar tashish va h.k.) esa mehnat faoliyatiga bog’liq ravishda kuniga kamida ikki soat vaqt ajratilishi lozim.Yosh o’tishi bilan yuklamaning kamayishi va iste’mol qilinadigan ovqat miqdorining ko’payishi bilan kuzatilib, ateroskleroz va semirish keltirib chiqaradigan asosiy sabablardan biri hisoblanadi.
9. Har haftada bir marta bug’li hammom yoki saunaga tushib turish. Albatta, bu birinchi navbatda gigiena muolajasi: tozalik – sog’lik garovidir. Bundan tashqari, hammom sovuq suv bilan quyinish kabi ijobiy va intensiv ta’sir ko’rsatadi.

Yüklə 432,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin