3. Ezgulik va rahmdillilik. Bu ikkisi boshqalari kabi sog’lom hayotning eng zarur shartlaridan biri. Bir tarafdan – ezgulik organizmning to’laqonli fiziologik ishlab turishi sharti bo’lsa, ikkinchidan – birinchi navbatda u ijobiy neyro – gumoral maqom. YAna bir tomondan, jamiyat – bizning bevosita atrofimizni o’rab turgan muhitimiz bo’lib, jamiyat bilan uyg’un hayot kechirish ham tabiat bilan hamohang yashash kabi muhimdir. Bunday uyg’unlikka faqat altruizm asosida erishish mumkin. Barchaning, birinchi navbatda yaqinlaringiz mehrini qozonishga intiling. “Odamlar o’zingizga qanday munosabatda bo’lishini istasangiz, ularga ham xuddi shunday munosabatda bo’ling” ko’pdan beri ma’lum va mashhur haqiqat.
4. Doimo o’zingizda sog’lom ekanligingiz to’g’risida ishonch ruhini paydo qilib boring va atrofdagi barcha odamlarga sog’liq tilang. Amaliy ravishda bu o’z tanasi yoki a’zosini tasavvur qilish bilan bajariladi (agar u Sizni bezovta qilmayotgan bo’lsa) va ushbu tasavvur soglom tana yoki a’zo to’g’risidagi tasavvur bo’lishi lozim. Ko’pchilik buni o’z-o’zini ishontirish elementi deb qabul qilishi mumkin. Bugun “o’z-o’zini ishontirish” – markaziy asab tizimida ko’plab muhofaza va regeneratsiya mexanizmlarini ishga tushirish bilan ongsiz darajada amalga oshira boshlaydigan sog’lom organizm modelini shakllantirib, “neyron qopqon”larida doimiy ravishda qo’zg’alish holatini saqlab turishdan iborat.
5. Kuniga ikki martadan sovuq suv quyining.YAxshisi bu ishni toza havoda, tuproq ustida, yalangoyoq bo’lib bajargan ma’qul. Imkon boricha toza tabiiy suv havzalarida tez-tez cho’milib turing. Sovuq suv bilan quyinish - shunchaki suv muolajasining o’zigina emas.Gap shundaki, sovuq suvning qisqa muddatli ta’siri organizmga u o’ziga xos bo’lmagan himoya mexanizmlarini tiklab olishi va stimulyatsiyalashi uchun zarur bo’lgan mo’’tadil stress hisoblanadi. Stress ta’siri organizmda “stress-antistress” tizimini faollashtirib, uning uchun o’ziga xos mashg’ulot vazifasini o’taydi. SHu bilan birga, mo’’tadil stressda zaif, shuningdek o’z vazifasini to’laligicha bajarmayotgan to’qimalar halok bo’ladi. SHunday qilib, stress ta’sirini organizm darajasidagi hayotiy elementlarni o’ziga xos saralash omili desa ham bo’ladi. Stress ta’siri sintezni faollashtirib, endogen morfinsimon moddalar ozod bo’lishiga olib keladi va buni og’riqqa qarshi tizimni chiniqtirish bilan qiyoslash mumkin.Bu erda Tabiatning ajib mahsuli, hali barcha sir-sinoatlari ochib ulgurilmagan modda – suvning o’ziga xos muayyan ta’siri to’g’risida aytmay bo’lmaydi. Suv – suyuqlik bo’lsa ham, ammo g’aroyib xususiyatlari uning kristallsimon tuzilmaga egaligidan dalolat beradi. Demak, u muayyan o’zida informatsiyani tashishi mumkin.Nihoyat, past haroratli suv termoregulyatsiya markazini chiniqtiradi va tana haroratini ko’taradigan moddalarni ishlab chiqishga ko’maklashadi.