Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


O’zbekiston aholasini salomatlik holati



Yüklə 432,66 Kb.
səhifə22/61
tarix05.04.2023
ölçüsü432,66 Kb.
#93551
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   61
valeologiya maruza matni

O’zbekiston aholasini salomatlik holati
O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi o’sib kelayotgan avlodga salomatligini yahshilashni talab etadi, chunki bu respublikaning kelgusidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi-ni ko’p jihatdan ta’minlaydi. SHuning uchun yoshlar salomatligini asrash va mustahkamlash davlat ahamiyatiga molik muammodir.
Yoshlar salomatligi muammosi qator sabablarga ko’ra muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlar halq ho’jaligi ishchi resurslarining asosiy qismini tashkil etadi. Bu aholining salomatlik jihatdan zaif, chuqur o’ylangan profilaktika tizimiga muhtoj kontingen-tidir. Ayni paytda rivojlanib kelayotgan yosh organizm sog’lomlash-tirish usullariga faol javob beradi va bu usullar samarasini yanada oshiradi.
O’zbekiston aholisining 33,3%, ya’ni respublikaning har uchinchi fuqarosi 14 dan 30 yoshgacha bo’lgan yigit va qizlardir. Ayni paytda yoshlar salomatligi chuqur tashvishga solmoqda. Hayotning davomiyligi rivojlangan mamlakatlardagiga nisbatan 7 yilga kam, bu farq yildan-yilga uzayib bormoqda. Bolalar o’limi ko’paymoqda. O’quvchi va talabalar salomatligi ham yomonlashib borayotganligi kuzatilmoqda.
Yoshlar o’rtasida kassalliklarning oldini olish dolzarb muammoga aylanib boryapti. Gerontologlarning kuzatishlari nati-jasida quyidagi hulosalarga kelindi:

    • hayot o’rtacha davomiyligining o’sishi deyarli to’htadi;

    • 30-45 yoshda o’lim hollar ko’payib bormoqda;

    • 35-45 yoshdagi erkaklar o’rtasida kasalliklar soni o’sib boryapti;

    • maktab o’quvchilarida ateroskleroz va gipertoniya kasallik-lari alomatlari qayd etilmoqda;

- shifohona va poliklinikalarda oshib boryapti.
O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vaziri o’rinbo-sari B. YUldashevning ta’kidlashicha, mutahassislarning bergan ma’lumotlariga muvofiq, birinchi sinf o’quvchilarining 70-80% sog’lig’ida kamchiliklar mavjud. Bu kamchiliklar o’smirlik davriga kelib surunkali ko’rinishga o’tmoqda. Masalan, birinchi sinf o’quvchilarining 15-20% da kuzatilgan asab-ruhiy buzilishlar 8-10 sinflarga kelib 54-80% ga ko’paymoqda; ortopedik patologiyalar 10-15% dan 50-88 ga oshmoqda. 15-17 yoshdagi toshkentlik o’quvchilarning 8,5% gina sog’lom ekanligi, qolgan 91,5% organizmida turli kasalliklar alomatlari mavjudligi aniqlangan.Turli oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar sog’lig’i tekshirilganda, ularning 40% turli surunkali kasalliklar (psihologik kasalliklar va nevroz, nafas olish organlari kasalliklari, yurak-qon tizimi va ovqat hazm qilish organlari kasalliklari) bilan og’rishi ma’lum bo’ldi. SHunisi achinarliki, ko’pchilik talabalar asab-ruhiy kasalliklari bilan og’rigan. Kasalligi tufayli talabalikdan o’chirilgan yoshlarning 45% aynan ruhiy va psihologik kasalliklar bilag og’riganligi ma’lum. Talabalarda turli kasalliklar jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi susaygan paytda kuchayishi kuzatilgan. Oliy o’quv yurtini bitirayotgan talabalar salomatligi istalgan darajada emas.Salomatlik inson hayotida, ayniqsa yoshlik chog’larida muhim ahamiyatga ega. Salomatlik darajasi uning kasbiy qobiliyatiga, ijodiy o’sishiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.Toshkent Davlat tibbiyot instituti talabalari salomatli-gini kuzatish natijasida quyidagilar ma’lum bo’ldi. Talaba-larning 25% ga yaqini yurak-qon va qorin kasalliklariga; 13%- qomat buzilishi va skalioz bilan, 10% - ko’z kasalliklari, 10% nafas olish organlari kasalliklari bilan og’rigan. Yurak-qon kasalliklari oldini olish birinchi darajali muammo hisob-lanadi. 1985 yilda talabalar o’rtasida jismoniy faollik darajasi o’rganildi. Moskvalik birinchi kurs talabalari o’rtasida jismoniy aktivlik yigitlar o’rtasida 41%, qizlar o’rtasida 64% ni, Harkovda- 49 va 75%, Almatida 67 va 64%ni, Toshkentda 58 va 84% ni tashkil etdi. Ko’pchilik talabalarning ongida jismoniy tarbiya va sport kasalliklarining oldini oluvchi omil ekanligi shakllanmagan. Vaholanki, nafaqat respublikamizda, balki chet davlatlarda ham o’tkazilgan ko’p sonli tadqiqotlarda jismoniy mashg’ulotlarning inson organizmiga ijobiy ta’chir etishi va ular turli kasalliklar profilaktikasida effektiv vosita hisoblani-shini isbotlangan.Shunga qaramay, yoshlarni jismoniy tarbiya qilishga sog’lomlashtiruvchi tizim sifatida qaralmaydi, shuning uchun bunday jismoniy tarbiya yoshlarni sog’lom turmush tarziga tayyorlamaydi, ularga salomatlikni saqlash va mustahkamlash usullarini o’rgatmaydi.Pedagogik jarayon jismoniy tarbiya bo’yicha amaliy mashg’u-lotlarga ehtiyojni rivojlantirmaydi, jismoniy rivojlanish va funktsional imkoniyatlarni yahshilamaydi.O’qitish mazmuni va metodik asoslari sog’lomlashtirishga yo’naltirilmaganligi sababli jismoniy tarbiya darslarida sog’lomlashtiruvchi effekt yo’q.Bu shuningdek, tibbiyot va pedagogikaning sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasiga etarli e’tibor bermayotganligiga ham bog’liqdir.Yoshlar salomatligi sohasidagi ahvol tahlili shuni ko’rsa-tadiki bu muammo hozirgi kunda keskin tus olgan. Jismoniy tarbiya didaktikasida tub o’zgarishlar amalga oshirmay turib ruhiy, ahloqiy va jismoniy sog’lomlashtirish masalalarini hal etish mumkin emas.
Salomatlik ahvoli inson omilining tabiiy asoslariga ta’sir etishini qayd etish muhim ahamiyatga ega. Mustahkam salomatlik ish kuchi sifatini ham oshiradi. Sog’lom inson bir hil sharoitda salomatligi yomon insonga nisbatan og’irroq ishni bajarish va moddiy foyda keltirish imkoniyatiga ega. SHunday qilib, sog’lom inson - yuqori sifatli ishchi kuchidir.Ma’lumki, talabalarning kasalliklarga ko’p chalinishi sabablaridan biri- ularning kam harakatliligidir. Ratsional jismoniy yuklamalarning yo’qligi, birinchi navbatda, semirish, diabet, nevroz, qomatning buzilishi, yassitovonlik kabi kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo’ladi. YUrak-qon va nafas lish tizimlarining funktsional rezervlari kamayadi, turli infek-tsiyalar, shamollashlar, ruhiy stresslarga chidamliligi pasayadi.Shuning uchun harakat faolliligiga hozirgi paytda jismoniy ko’rinishning yahshilanishida effektiv vosita sifatida qaraladi.Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish salomat-likni mustahkamlashga, o’qish unumdorligini oshirishga yordam beradi, jismoniy madaniyat elementlarini shakllantiradi. Salomatlik - ijtimoiy-iqtisodiy, biologik, ekologik, tibbiy va psihoemotsional ta’sirlarning natijasidir va uni sog’lomlash-tiruvchi jismoniy mashqlar yordamida mustahkamlash mumkin. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ulla-nish organizmning atrof-muhit va infektsiyalar ta’siriga tabiiy qarshiligini oshiradi.
SHu vaqtga qadar yoshlarni jismoniy tarbiya qilishda tehnik usullarga o’rgatish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish kontseptsiyasi ilgari surilgan. Bunday metodologiya etarli sog’lomlash-tiruvchi effektga ega emasligi amaliyotda sinaldi, shuning uchun uni boshqatdan ko’rib chiqilishi lozim.
So’nggi vaqtlarda insonning sog’lomlashishiga bo’lgan exti-yojni qondiruvchi yo’nalishlar tobora keng tarqalmoqda. Bunday kontseptsiya sog’lomlashtiruvchi sport klublari faoliyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Mustaqillikning e’lon qilingan birinchi kunlaridanoq O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov, Respublikamizning hukumati o’sib kelayotgan yosh avlodning sog’lig’iga doimiy g’amxo’rlik qilingan. Sog’liqni shakllantirish va uyg’un rivojlanish, bolalarning sog’lom turmush tarzini rivojlantirishning muhim omillaridan biri jismoniy tarbiya va sportdir. Ommaviy bolalar sportining rivojlanishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 oktabrdagi 3154-sonli Farmoni «Bolalar sportini rivojlantirish fondining tuzilishi to’g’risida» va 2002 yil 31 oktabrdagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 374-sonli Qarori «O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish fondi faoliyatining tashkil etilishi to’g’risida» qabul qilingan. Ushbu hujjatlarda Sog’liqni saqlash Vazirligi oldida o’sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama jismoniy va ma’naviy rivojlanishini ta’minlashga imkon beruvchi bolalar sporti turlarining asosiy yo’nalishlarini rivojlantirishning tibbiy-ilmiy asoslarini ishlab chiqish vazifasi qo’yilgan.Sog’lom bolalarni rivojlantirish sohasida ilmiy tadqiqotlar bolaning organizmiga jismoniy tarbiyaning hal qiluvchi ta’siridan dalolat beradi. Inson organizmi harakatga bo’lgan biologik ehtiyojni sezadi, ushbu harakatlar jismoniy va intellektual rivojlanishni takomillashtirishning faol biologik rag’batlantirishning omillari bo’ladi. Harakatlarning roli organizmning keskin va kuchli o’sishi va rivojlanishi davrlarida - bolalik va o’smirlik yoshida ayniqsa kattadir.
Bola organizmining o’sish jarayonini passiv kuzatish shunga olib keladiki, o’smirlik yoshiga kelib tayanch-harakat tizimi va ichki a’zolari tarafidan kasalliklar shakllanadi. Bolada psixologik ichki noqulaylik kuzatiladi.Inson tabiatdan olgan eng bebaho ne’mati - salomatlikdir. Xalqda «Salomat, zo’r kishiga hammasi zo’r!» deb bejiz aytishmaydi. Bu sodda va dono haqiqatni organizmda buzilishlar paydo bo’lib, biz shifokorlarga murojaat qilishga majbur bo’lgan paytimizda emas, har doim eslab turish lozim. Tibbiyot naqadar takomillashgan bo’lmasin, u har bir kishini uning kasalliklaridan xalos eta olmaydi. Inson o’z salomatligining yaratuvchisidir, shuning uchun ham ilk yoshidan boshlab faol va sog’lom turmush tarzini yuritib, chiniqib borish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish, shaxsiy va ijtimoiy gigiena qoidalariga amal qilish va shu yo’l bilan oqilona yo’llar orqali haqiqiy uyg’unlikka erishish yaxshi bo’lar edi. Aholining salomatligini mustahkamlash muammosi zamonaviy jamiyat sharoitida unga xos bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik rivojlanish xususiyatlari hamda qadriyat fikrlarining jiddiy o’zgarishini hisobga olgan holda hal etilishi - birinchi darajali ahamiyatiga ega bo’lganmuammodir.
Muhitning ijtimoiy omillari. Demografik omillarning organizmga ta’siri. Bozor iqtisodi sharoitlariga o’tish davrida o’quv muassasalari. Sog’likni saqlash tizimidagi qayta qurish va islohatlar. Valeologianing ijtimoiy, gigienik va eqologik muammolari.Jamiatda faol shahsni tarbialash va rivojlantirish. Shahsning jismoniy ,ruhiy va ijtimoiy rivojlanishi, jamiatda odob- ahloq qoidalarini bajarish asosida shahsni ijtimoiy tarbialash ko’nikmasi.
Har bir odam ma’lum muhit sharoit, ma’lum odamlar orasida, ma’lum muhitning ijtimoiy omillari sharoitda yashaydi. Odam organizmi evolutsiya jarayonida moslashuvi va kompensator imkoniyatlar bilan yaratilgan. Odam bir necha genlar soni va sifatidan tashkil topgan, odamning biologik tizimi bir necha million genlar va oqsillardan tashkil topgan. Odamning biologik sistemasi genlarni to’laqonligiga bog’liq, genlar toksik moddalarga juda sezgir. Zaharli moddalar genlarni o’zgartirib yuborishi mumkin. Buning oqibatida organizm faolligi susayadi, u kasallanadi, qarshilik ko’rsatkich qobiliyatini yo’qotadi, patologik o’zgarishlar hosil qilishigacha olib borishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda oldindan ekologik omillarni, turmushni yomonligi sotsial va iqtisodiy omillar odam salomatligiga salbiy ta’sir etishini bilganlar, shu maqsadda genofondga ta’sir etuvchi salbiy omillarni neytrallash uchun kompleks chora-tadbirlar o’tkazilgan. “Hayot tarzi” bu sizning xulqingiz bo’lib, o’zingizni qaerda, qanday tutishingizdan iborat. Siz yaxshi muhitda yashashni xohlaysiz, yaxshi muhitni tasavur qilasiz ko’p yigit qizlar o’z sog’ligiga e’tiborsiz qaraydilar, ular salomatligini yaxshi bo’lishini boshqalar ta’minlaydi deb o’ylaydilar. SHuni ta’kidlash kerakki, yoshlarga g’amhurlik qilmagan mamlakatlar qarilar mamlakatiga aylanib boradi. Rossiyada bolalar o’limining asosiy sabablari baxtsiz hodisalar, zaharlanish, shikastlanishlar bo’lib, bular bolalar o’limining 41,6 foiziga to’g’ri keladi. Mehnat bilan shug’ullanuvchilar o’limining sababi yurak-tomir kasalliklari, zararli o’smalar hisoblanadi. O’zbekiston bolalarning ko’pchiligi shamollash, zaharlanish, baxtsiz hodisalardan o’ladilar. Xulosa qilib aytganda, sog’liq tushunchasi butun dunyo sog’liqni saqlash tashkiloti (VAZ) ma’lumoticha odamni jismoniy, ruxiy, ijtimoiy tomondan eson omonligidir. Odam sog’lig’i uning maksimal umri mobaynida psixik va fiziologik sifatlari optimal ishchanlik qobiliyati, sotsial faolligini saqlashdan iborat. Ijtimoiy tibbiyotda sog’liqning uchta darajasi mavjud..

  • alohida odamning sog’lig’i,

  • kichik etik ijtimoiy guruhlar (oilaviy yoki guruhlar sog’lig’i).

  • Barcha aholining sog’ligi (shahar va qishloq).

Uchta darajada sog’liqni baholash iqtisodiy reproduktiv seksual, tarbiyaviy,tibbiy va psixologik kriteriyalar hisobga olinadi. Aholining sog’lig’ini sanitar-statistik baholashda quyidagi tipik tibbiy-statistik demografik omillarning ko’rsatkichlardan foydalaniladi:

  • aholining tibbiy harakati va o’lim.

  • umumiy va yoshga bog’liq bo’lgan o’lim

  • hayotni o’rtacha davomliligi

  • tug’ilish mahsuldorlik

  • aholining tabiiy o’sishi

  • aholining mehanik harakati

  • kasalliklar va ularning tarqalishi

  • nogironlik ko’rsatkichlari

  • aholining jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari.

Hayot bilan tasdiqlangan bir gap bor “odam ma’lum kasallikdan o’lmaydi, balki o’zining turmush tarzidan o’ladi”. Kundalik aniq reja vaqtida to’liq qimmatli ovqatlanish, to’yib uxlash, gigienik muolajalar, aktiv harakat, suv, havo bilan doimiy muloqotda bo’lish, aktiv dam olish, sog’liqni mustahkamlovchi omillar hisoblanadi. Rejimga rioya qilmaslik, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilmaslik, kam harakat bo’lish, vaqtida ovqatlanmaslik, chekish, spirtli ichimliklar suistemol qilish kabi zararli odatlar sog’liqni zaiflashtiradi. Sog’lom turmush tarzini shakllantiradigan muammolar, sog’lom turmush tarzini xarakterlovchi nuqtai nazar. Hayot tarziga odamning asosiy faoliyatlari bo’lgan mehnat faoliyati ijtimoiy faoliyat, psixologik, intellektual harakat faolligi, munosabatlar, turmushdagi o’zaro munosabatlarni o’z ichiga oladi. Akademik N.P.Lisitsin hayot tarzi tushunchasiga muhim omil bo’lgan tibbiy aktivlikning 3 ta yo’nalishini ko’rsatadi.

  1. odamlarni aktivlik xarakteri-intellektual, jismoniy

  2. aktivlik doirasi-mehnat, mehnatdan tashqari

  3. faollik turlari ishlab chiqarish ijtimoiy ta’limiy madaniy turmushdagi faoliyat, jismoniy, tibbiy faollik

Turmush tarzi – odamlarni ma’lum muhit sharoitidagi faoliyati bo’lib, bularga ekologik sharoit, ta’lim, psixologik holat, muhit, turmush, o’z uyini qurish qiradi. Turmush-tarzi tartib, daraja, sifat va hayot shakli bilan o’zaro bog’langan. Bu tushunchalar 4 ta kategoriya bilan birlashgan: iqtisodiy-sizning material yutug’ingiz qanday; sizning ijtimoiy iqtisodiy hayot tarzingiz qanday; ijtimoiy psixologik-sizni hayotingiz shakli qanday. Bu kategoriyalar odam sog’ligiga ta’sir etadi. Bozor iqtisodioti sharoitiga o’tish davrida o’quv muassasalari to’liq gigienik talablarga javob beradigan qilib qaytadan ta’mirlanmoqda. Asosiy xona o’quv mashg’ulotlarni olib borish; sinf xonalari, o’quv xonalari, laboratoriya ustaxonasi, mexnat xonasi va sport zali.Yordamchi xonalar, dam olish zallari, daxliz vestbyul garderobi bilan oshxona, bufet, majlislar zali bolalar xonasi, kutibxona, instrumentlar xonasi, dush, xojatxona va boshqalar.Xizmatchilar xonalari, direktor xonasi, o’qituvchilar xonalari, shifokor xonasi.Bu xonalar gigiena talablariga to’la javob beradigan bo’lishi shart.Oynalaridan honalarga etarli yoruglik tushub turishi kerak.Chunki yoruglik ta’sirida ko’pgina yukumli kasallik chaqiruvchi mikroblar nobud boladi.

Yüklə 432,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin