Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Inson salomatligi. Sog’lom va kasal organizmi haqida tushuncha



Yüklə 432,66 Kb.
səhifə25/61
tarix05.04.2023
ölçüsü432,66 Kb.
#93551
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61
valeologiya maruza matni

Inson salomatligi. Sog’lom va kasal organizmi haqida tushuncha.


REJA:
1. Salomatlik. Turmush tarzi va salomatlik. Salomatlik kodeksi. Valeologik pasport.
2. Salomatlikni mustahkamlovchi omillar. Salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar. O‘z sog‘lig‘i va yon-atrofidagilar salomatligini saqlash uchun mas’uliyatni zimmasiga olish.
3. Kun tartibi. Ish va dam olish tartibi. Uyqu va uning salomatlik uchun ahamiyati..
4. Suv, suv manbalari, suvning sifati.
5. Sog‘lom va bemor organizm haqidagi tushuncha. Turli a’zolar va tizimlarning yuqumli bo‘lmagan noinfeksion (somatik) kasalliklari, xastalanish sabablari, yuqumli kasalliklar. Yuqumli (infeksion) kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilar, ularning turlari. Kasallik yuqish yo‘llari, infeksiyalarning kirish “darvoza”si. Kasallanish davrlari, kasallik oqibatlari. Immunitet, uning turlari.
6. Tayanch-harakatli apparat, nafas olish va ko‘rish a’zolari bilan bog‘liq keng tarqalgan kasalliklarning oldini olish; shikastlanishlar haqidagi tushunchalar.


Tayanch iboralar: ishontirish, anemiya, ichak tayoqchasi, suyak chiqishi, lat eyish, yuqumli, yuqumsiz, patogen, bakteriya, virus, gijjalar..
Salomatlik tushunchasi bu tushunchaga beriladigan ta’riflar juda ko’p bo’lib, ularning mazmuni mualliflarning kasbiy nuqtai nazari bildan belgilanadi. Eng falsafiy, har tomonlama qamrab oluvchi va eng qisqa ta’rif Butunittifoq salomatlik jamiyati tomonidan 1948 yilda qabul qilingan: “Salomatlik-bu faqatgina kasallik va jismoniy nuqsonlardan holi bo’lish emas, balki to’liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanganlikdir”.Quyidagi ta’riflar fiziologik nuqtai nazaridan aniqlovchi hisoblanadi: “Insonning individual sog’ligi-organizmning patologik siljishlarsiz, muhit bilan optimal bog’lanishda, barcha funktsiyalar bir-biriga moslashgan tabiiy holati”. (G.Z. Demchinkova, N.L.Polonskiy). “Salomatlik-bu inson hayotiy faoliyatining ruhiy, xis-tuyg’u, psixik, jismoniy sohalarning oddiy holati bo’lib, bu holat inson shaxsining, qobiliyat va layoqatining gullab-yashnashi, atrof-olam bilan uzluksiz bog’liqligini, uning uchun ma’sulligini anglashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi”. Sog’lom turmush tarzini birinchi o’rinda sog’liqni saqlash va yaxshilashga qaratilgan, faoliyati deb xarakterlash mumkin. Bunda shuni tushunish kerakki, odamning turmush tarzi sharoitga qarab o’z-o’zidan doimo maqsad sari intilish jarayonida shakillanadi. STT ni shakllanishi aholini sog’lig’ini mustahkamlash, hayot shaklini o’zgartirish, gigienik bilimlar, zararli odatlar bilan kurashish, gipodinamiya va hayot situatsiyalarini noqulay jihatlari bilan kurashishdan iborat.Salomatlik kodeksini ishlab chiqish va valeologik pasport. Taqdim etilayotgan “Sog’liq kodeksi” – valeologiya (sog’liqni saqlash) va davolash ta’sirlaridan iborat tizim bo’lib, u sog’liqqa nisbatan valeologik yondashuv asosiy vazifasini o’tashi mumkin. “Sog’liq kodeksi” bandlarga ko’ra bayon etilib, ushbu bandning valeologiya jihatlari qisqa izohlab o’tilgan.
1. Organizmingizni o’rganing. Hech bo’lmaganda uning qanday ishlashi, inson organizmi uchun nima foydali va nimalar zarar ekanligini, nimalar umringizni uzaytirishi mumkinligini, qarilik va zaiflikdan “qochish” yo’llarini umumiy tarzda bo’lsa ham bilib oling. Bu sizga sog’lig’ingizni saqlash va farzandlaringizni bu yo’nalishda to’g’ri tarbiyalash imkonini beradi.
2. Tabiat bilan hamohang umr kechiring. Bu shunchaki shior emas. Tabiatga yaqinroq bo’ling, boqqa, o’rmonga, daryoga, toqqa, dengizga chiqish bilan bog’liq har qanday imkoniyatdan foydalaning. Ko’proq yalangoyoq yuring, engilroq kiyining: tanangizga ko’proq nur, suv va havo tegsin. Nisbatan aniqroq qilib aytganda quyidagi takliflar kiritiladi:
1. Bir yilda kamida ikki marta to’qqiz kundan tabiat qo’ynida o’tkazing.
2. Har kuni 10-25 daqiqadan maysa, qum, tuproq yoki toshloq erda, qishda esa – shunchaki xonada yalangoyoq yuring.
3. Har kuni, xonadan chiqa turib, atrofdagi daraxtlar, maysa, qor, osmonga nazar tashlang va atrof go’zalligiga chin dildan quvonishga, doimo Tabiatdan zavqlanishga intiling.
4. Har qanday ob-havoni seving: Tabiat ba’zan qahrli bo’lishiga qaramay, biroq doimo do’st; shamol, yomg’ir, bo’rondan qo’rqmang; shamollashdan qo’rqmang.
Tabiat organizm zararli omillar bilan birga yashaydigan, ularga qarshi kurashadigan va sog’lig’ini saqlaydigan son-sanoqsiz usullarni ishlab chiqargan. O’z-o’ziga o’ta qulay, issiqxona sharoitlari yaratib, inson o’zini Tabiatdan, shu bilan birga uning sog’lomlashtiruvchi hodisalaridan ham mahrum etib qo’ydi. Biz tabiatning bir qismimiz va shu tufayli uning qonunlari bo’yicha yashashimiz kerak. Atrof-muhitga qo’pol tarzda aralashib, Tabiat qonunlarini buzgan shaxs o’z biologik mohiyatiga ham putur etkazib, sog’lig’idan ayriladi va kasallikka chalinadi.

Yüklə 432,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin