O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
mirzo ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti
Fizika fakulteti 2-bosqich 1902-guruh talabasi Hakimboyev Feruzjonning OPTIKA fanidan “YORUG’LIKNING BOSIMI VA UNING ATOMLAR HARAKATIGA TA’SIRI” mavzusida bajargan
kurs ishi Qabul qildi: Otajonov. Sh. Toshkent-2021
MUNDARIJA I KIRISH………...……………………………………………………..3 II ASOSIY QISM…………………………………………..………….5 Optika haqida tushunchalar……………………………………………................5 Optika sohasidagi nazariyalar taraqqiyoti......................................5
Yorug’lik bosimining atomlar harakatiga ta’siri………………………20
………..…………..….……26
III XULOSA……………………………………………………………...28 Foydalanilgan adabiyotlar………….....………….…………………………29
I. KIRISH MAVZUNING DOLZARBLIGI. Jamiyatimizda XXI asr ma’naviy, tarbiyaviy, iqtisodiy-ijtimoiy, texnik, texnologik sohalar islohatlari bosqichma–bosqich amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ta’lim-tarbiya jarayonlarining maqsadi ham pedagogik texnologiyalar asosida o’tkazish, erkin shaxsni tarbiyalashdan iborat. Lekin bu jarayon oson kechmaydi. Bugun ixtiyoriy tarzda qurilayotgan va amaliyotga tadbiq etilayotgan o’qitish tizimini qat’iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizimga aylantirish lozim.
Ushbu jarayonni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhi bilan sug’orish, mazmunini takomillashtirish ijodkor o’qituvchilar oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi. Pedagogik texnologiyalar asosida qolipda turmagan turli shakllarga tushirib dars o’tishni taqoza etarkan, o’qituvchilardan katta mahorat talab qiladimi? degan savol tug’iladi. Ushbu savolning yechimini topish uchun o’qituvchi quyidagilarga amal qilishi zarur: pedagogik texnologiya oldindan loyihalangan bo’lishi va tayyor loyihani amaliyotga to’g’ri tadbiq eta olishi lozim. Bu esa katta mahorat talab qiladi.