Farg'ona davlat Universiteti Tarix fakulteti tarix yo’nalishi 21. 68 guruh talabasi Qosimova Shahnozaxonning



Yüklə 6,22 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü6,22 Kb.
#207585
Sulolalar tarixi

Farg'ona davlat Universiteti

Tarix fakulteti tarix yo’nalishi 21.68 guruh

talabasi Qosimova Shahnozaxonning

O'rta Osiyo sulolalari fanidan tayyorlagan

taqdimoti

Shayboniylar sulolasi mashhur vakillari: ular tomonidan o'tkazilgan islohotlar.

Muhammad Shayboniy va uning ukasi Mahmud Sultonlar Abulxayrxonning o‘g‘li Shohbudog' Sultonning o‘g‘illari edi. Muhammad Shayboniy 1451-yilda tug'ilgan.Otasi yosh vafot etgan edi. Shuning uchun ham bobosi Abulxayrxon ularning tarbiyasiga alohida e’tibor bilan qaradi. Uyg‘ur qavmidan bo‘lgan, Shohbudog' Sultonga otaliq qilgan amir Boyshayxni bu ikki shahzodalarga ham otaliq etib tayinladi. Shahzodalar o‘z davrining yetuk shaxslari bolib yetishdilar.

  • Shayboniy va ukasi qochqinlik davrida Turkistondan boshpana topdilar. Keyinchalik ular Buxoroga keldilar. Shayboniy Buxoro madrasalarida ilm oldi. Iste’dodli shoir sifatida tanildi. Shayboniy Buxoroda ilm olishdan tashqari nufuzli davlat va din arboblari bilan yaqinlashib ham oldi.

Shayboniyxonning asosiy maqsadi Temuriylar saltanatiga butunlay barham berish edi. Bobur Mirzo bilan uning o‘rtasidagi munosabat Shayboniyxonning ana shu niyatini yaqqol ko‘rsatib berdi.
Shayboniyxon Temuriylar saltanatiga butunlay
barham berish maqsadida boshlagan harbiy yurishi paytida raqiblarini sarosimaga solib qo‘ygan jang usuli — to'lg'amaniqo‘lladi.

Shayboniyxon egallagan shaharlar


1501- yil SAMARQAND egallandi
1503-yil TOSHKENT va SHOHRUHIYA
egallandi
1504-yil FARG’ONA egallandi
  • Shu tariqa, butun Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hukmronligi o‘rnatildi.Samarqand shahri esa poytaxt etib belgilandi.
  • Movarounnahrda mustahkamlanib olgan Shayboniyxon 1505-yilda Xorazmga yurish qildi va uni ham egalladi. 1505-yilning kuzida esa Xurosonga yurish boshladi. So‘nggi yillarda o‘zaro ichki nizolar oqibatida inqirozga yuz tutgan temuriylarning Xuroson davlatini egallash Shayboniyxon uohun qiyin kechmadi. 1506-yilda Balx, 1507-yilda esa Hirot egallandi. Shundan so‘ng Hirot o‘zining iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaz sifatidagi nufuzini yo‘qotdi.
  • Xurosonning ham bo‘ysundirilishi bilan amalda Shayboniyxon butun mintaqani yagona bir markaz - Samarqandni qo‘l ostida birlashtira oldi va temuriyzodalar amalga oshira olmagan ishni bajardi. Bu uning davlatchiligimiz oldidagi xizmatidir. Shu tariqa, Movarounnahr, Xorazmva Xurosonnio‘z ichiga olgan hududda Shayboniyxon hukmronligi o‘rnatildi va shayboniylar sulolasi hukmronligi davri boshlandi.

Yer egaligi munosabatlari


MULKI XOS
MULKI XOLIS
MULK
VAQF

SHAYBONIYLAR O'TKAZGAN ISLOHOTLAR


Muhammad Shayboniyxon xonlik iqtisodiyotini tartibga solish va
savdoni rivojlantirish maqsadida 1507-yilda pul islohoti ham o‘tkazdi.
  • To shu vaqtgacha muomalada bo'lgan turli o'lcham va og‘irlikdagi tangalar o‘rniga vazni bir xil - 5,2 gramm bo'lgan yangi kumush va mis tanga zarb qilindi. Temuriylar davrida bitta kumush tanganing og'irligi 4,8 gramm bo'lib, uning qiymati oltitta mis tangaga teng edi. Islohotdan keyin 5,2 grammlikumush tanganing qiymati 24 ta mis tangaga teng bo'ldi.

Shayboniy Abdullaxon II islohoti


Yangi kumush tanganing qiymatini-30taga teglashtirdi.
Eski kumush tanganing qiymatini esa-27 taga tenglashtirdi.
  • Shayboniylar davrida dehqonchilik iqtisodning yetakchi tarmog‘i bo‘lib qolaverdi. Uning rivojlanishi sun’iy sug‘orish bilan bog‘liq muammolarning qanchalik muvaffaqiyatli hal etilishiga bog‘liq edi. Shuning uchun ham bu masalaga jiddiy e’tibor bilan qaraldi. Sulola vakillari Sangzor, Chirchiq, Sirdaryo, Amudaryo,Vaxsh va Murg'ob daryolari imkoniyatlaridan unumli foydalanish choralarini ko‘rdilar.
  • Qashqadaryoning irmoqlaridan Keshviloyati yerlarini sug‘orish uchun 10dan ortiq kanallar qazildi. Sun’iy sug‘orish ishlari, ayniqsa, Abdullaxon II davrida keng rivojlandi. Masalan, 1556—1585- yillar oralig‘ida Zarafshon daryosida qator suv ayirg‘ichlari, ko‘plab suv omborlari bunyod etildi.
  • Nurota tumanidagi Oqchob yaqinida Beklarsoydarasida joylashgan qadimgi to‘g‘on qoldiqlari o'rnida ulkan to'g‘on - Abdullaxon bandi qurildi. Uning ravoqlarini to‘g‘on tepasida turib ochish yoki berkitish mumkin edi. Abdullaxon bandiga 1 million 200 ming kub metr suv to‘plangan.

ABDULLAXON II DAVRIDA:


Karvon yo'llarini qayta tiklash
Sardobalar
Bozorlar
Karvonsaroylar

1577-yilda Buxoroda yirik, usti berk bozor - tim qurildi. Bu inshoot Abdullaxon timi deb ataladigan bo‘ldi.


Yüklə 6,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin