O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI FARGONA DAVLAT UNIVERSITETI Iqtisodiot fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit yo`nalishi 22.135-guruh talabasi Kenjayev Muhammadqodirning Statistika fanidan Tayyorlagan mustaqil ishi Mavzu: Statistikada grafiklar metodi
Reja :
1.Statistik grafiklar to’g’risida tushuncha
2.Sifat belgiga ega bo’lgan ma’lumotlarni grafikda tasvirlash
3.Miqdor belgiga ega bo’lgan ma’lumotlarni grafikda tasvirlash
4.O’zaro bog’liqliklarni grafikda aks ettirish
5.Tasviriy statistikada haqiqatning buzib ko’rsatilishi
Grafiklar zamonaviy statistikaning ilmiy o'rganish qurollaridan biri hisoblanadi va hozirgi kunda birorta ma'ruzani yoki ommaviy chiqishlarni, taqdimotlarni, gazeta, jurnallarda chop etiladigan maqolalarni, televizordagi mahsus eshittirishlarni va hatto reklama industriyasini statistik grafiklarsiz tassavur ham qilib bo'lmaydi. Ingliz iqtisodchisi U.Pleyf 1786 yilda chop qilgan «Tijorat va siyosiy atlas» asarida birinchi bo'lib statistik ma'lumotlarni grafiklarda tasvirlanishiga asos solgan olimlardandir
Statistik grafiklar – bu raqamli miqdorlar va ularning nisbatini nuqta, chiziq, figura va boshqa geometrik shaklda shartli tasvirlanishidir. Statistik grafiklarni tuzishda va ifodalashda quyidagi talablarga rioya qilish lozim. Statistik ko'rsatkichlarning moqiyatini, makon va zamonda o'zgarishini, shuningdek boshqa belgilarini e'tiborga olgan qolda ko'ra bilish, tasavvur qilish, tushunish, mavjud qonuniyatlarni aniqlash qulay bo'lgan grafiklar yasalishi lozim. Yuqoridagi talablarni bajarish uchun grafik tasvirda quyidagi asosiy elementlar qatnashadi: grafik obraz; grafik maydon; grafik maydon o'lchov birliklari; masshtab; shkala; grafik talqin.
Uch unsur:
Masshtab (miqyos).
bu raqamli ko'rsatkichlarning grafikda aks ettirilgan o'lchamidir. U statistik grafiklarda raqamlar bilan ifodalangan ko'rsatkichlarni grafik maydonda tasviriy nisbatlarga aylantiradi
Shkala
aniq raqamlar kabi o‘qilishi mumkin bo'lgan, nuqtalar bilan ajratilgan chiziq tushuniladi. Shkala quyidagi uch unsurdan iborat: shkala tayanchi, shkala raqamlari, shkala nuqtalar
Grafik talqin
Bu unsur grafikning moqiyatini, mazmunini so'z bilan ifodalanishini ta'minlaydi.
Grafik tasvir - bu statistik ma'lumotlar ifodalanadigan nuqta, chizik va figuralar to'plamidan iborat geometrik belgilardir.
Grafik maydon grafikni hosil qiluvchi geometrik belgilar joylashtiriladigan maydondir. Grafik maydon o'z vazifasiga qarab aniqlanadi
Maydon o'lchovlari grafik tasvir joylashtiriladigan maydonning koordinatalar tizimi, ya'ni grafik maydonning o'lchovini ifodalovchi to'r.
Statistik grafiklar quyidagicha tasniflanadi:
Mazmuni yoki vazifasiga ko'ra: taqqoslovchi grafiklar; turli nisbiy miqdorlar grafiklari; dinamika qatorlari grafiklari; variacion qatorlar grafiklari; hududlar joylashuvi grafiklar
Grafik tasvirni geometrik shakliga ko'ra nuqtali; chiziqli; yassi (ustunli, lentali yoki tasmali, kvadrat, doira, sektor, figura va hokazo); hajmli
Grafik tasvirni ifodalash usuliga ko'ra diagrammalar; statistika haritalari (haritogramma va haritodiagrammalar)
Diagramma – bu grafiklarning keng tarqalgan turidir. Ular bir-biriga bogliq bo'lgan kattaliklarni turli jihatlarini ifodalashda qo'llaniladi. Bunda o'rganilayotgan, tahlil qilinayotgan miqdorlar ularni tushunish, yaqqol namoyon bo'lishi qulay bo'lgan diagramma shakllari (ustunli diagrammalar, lentali diagrammalar, chiziqli diagrammalar, figurali diagrammalar,sektorli yoki doirasimon diagrammalar) orqali tasvirlanadi
Foizli diagrammalar
Foydalanilgan adabiyotlar: