Farg’ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot instituti Tibbiy Profilaktika va Jamoat Salomatligi fakulteti Tibbiy Profilaktika yo’nalishi 321- guruh talabasi Sultonov Elbekning Gigiyena Tibbiy Ekalogiya fanidan tayorlagan mustaqil ta’lim ishi



Yüklə 1,18 Mb.
tarix07.04.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#94287
1-mavzu

Farg’ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot instituti Tibbiy Profilaktika va Jamoat Salomatligi fakulteti Tibbiy Profilaktika yo’nalishi 321- guruh talabasi Sultonov Elbekning Gigiyena Tibbiy Ekalogiya fanidan tayorlagan mustaqil ta’lim ishi


Mavzu:Endemik kasalliklarni oldini olishning gigienik asoslari.
Reja:
  • Endemik kasalliklar turlari.
  • O‘zbekistondagi endemik kasallik.
  • Davolash chora tadbirlari.
  • Xulosa.

Endemik kasallik - muayyan aholi yoki mintaqada doimo mavjud bo'lgan kasallikdir. Eng ko'p uchraydigan endemik kasalliklardan biri bezgakdir. CDC ma'lumotlariga ko'ra, dunyo aholisining deyarli yarmi bezgak kasalligiga uchragan joylarda yashaydi. Afrikaning katta qismida va Janubiy Amerikaning ba'zi joylarida endemikdir. Bezgak Afrikaning ko'plab mintaqalarida endemikdir. Odamlar Afrika aholisining himoya hududlarida - o'roqsimon hujayra belgilarining keng tarqalishiga yordam beradi. O'roqsimon hujayrali gen odamlarni bezgakka nisbatan kam sezgir qiladi. Biroq, insonning genining bir nusxasi bo'lsa, u eng yaxshi ishlaydi. Ularning ikkitasi bo'lsa, u salomatlikning muhim muammolariga olib kelishi mumkin.
Gepatit B (HBV) butun dunyoda endemikdir. HBV har doim ham jinsiy yo'l bilan o'tadigan kasallik bo'lmasa ham, jinsiy yo'l bilan o'tishi mumkin. Yaxshiyamki, gepatit B yuborilishini oldini olish uchun mavjud bo'lganemlash mavjud. Agar kishi gepatitning endemik bo'lgan hududiga sayohat qilishni rejalashtirayotgan bo'lsa, emlash odatda tavsiya etiladi. Gepatitga qarshi emlash ham Qo'shma Shtatlardagi bolalik davridagi bolalarning immunizatsiya dasturlari dasturining bir qismidir.
Buqoq – giperplaziya (yoki degenerativ) o’zgarishlar oqibatida qalqonsimon bezning cheklangan yoki diffuz kattalashishi. Kelib chiqish sabablariga ko’ra buqoq ikki turli bo’ladi: endemik va sporadik.
Endemik buqoq – biosferasi yodga tansiq geografik muhitlarda (endemiya, ya’ni ma’lum geografik makonga (muhit) xos) yashaydigan aholi orasida uchraydigan kasallikdir. Organizmga atrof muhitdan yodning etarlicha tushmasligi, asosini yod moddasi tashkil qiladigan tireoid gormonlar ishlab chiqarilishining pasayishiga olib keladi. Bu esa, o’z navbatida qalqonsimon bezning kompensator giperplaziyasiga va buqoq hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Bunday giperplaziya avvaliga tireoid gormonlar etishmayotganini to’ldiradi, keyinchalik esa qalqonsimon bez faoliyatini tubdan izdan chiqaradi. Buqoq endemiyasi asosan tog’li rayonlarda ko’proq uchraydi, kasallikning tarqalishi, erkaklar va ayollar o’rtasida deyarli baravar bo’ladi. 
Sporadik buqoq – buqoq endemiyasi bo’lmagan joylardagi aholi orasida (sporadiya – ma’lum geografik makonga (muhit) xos emas, alohida, yakkamdukkam) uchraydigan buqoq kasalligidir. Uning kelib chiqishida asosiy omil bo’lib, markaziy nerv sistemasining kuchli qo’zg’alishi, asabning o’ta kuchli ta’sirlanishi (stress) sabab bo’ladi. Jumladan bemorlar, kasallikning kelib chiqishini yaqinlaridan ajrash: bir necha qarindosh yoki farzand o’limi, fojialar va boshqa biror kuchli salbiy taassurot bilan bog’laydilar. Bu kasallikning ayollarda, erkaklarga nisbatan bir necha barobar (8-10 marta) ko’proq uchrashini, e’tiborga olish lozim.
Kattalalish darajasi bo’yicha buqoq 6 darajadan iborat:
  • 0 daraja – bez ko’rinmaydi yoki paypaslaganda bilinmaydi.
  • I daraja – bez ko’rinmaydi, paypaslaganda qo’lga seziladi va yutish harakatlarida ko’rinadi.
  • II daraja – qalqonsimon bez yutinganda ko’rinadi va qo’lga yaxshi unnaydi, biroq bo’yin shakli o’zgarmagan bo’ladi.
  • III daraja – bez ko’zdan kechirilganda kattalashgani bilinadi, bo’yin shakli o’zgarib, yug’onlashadi – «yo’g’on bo’yin».
  • IV daraja – bo’yin ko’rinishini buzib turadigan aniq, yuzaga chiqqan buqoq ko’rinadi.
  • V daraja – o’lchamlari juda katta bo’lgan bez ko’rinadi, bu davrda bez qizilo’ngach yoki traxeyani bosib, yutinish va nafas olishni qiyinlashtirib qo’yadi.

Davolash
Unchalik katta bo’lmagan diffuz buqoqlarda tireoidin tayinlanadi. Traxeya, qizilo’ngach va qon tomirlarni bosib yoki chetga surib qo’yadigan katta diffuz buqoqda qalqonsimon bezni qisman yoki subtotal kesib olib tashlashga (rezektsiya yoki ektomiya) to’g’ri keladi. Tugunli buqoqlarning hamma turlarida (25% gacha kuzatililishi mumkin bo’lgan malignizatsiyani hisobga olib), albatta operatsiya qilinadi. Bunda qalqonsimon bez rezektsiyasi amalga oshirilib, shoshilinch gistologik tekshiruv o’tkaziladi, hamda natijaga asoslangan holda muolajaga qo’shimcha tadbirlar belgilanadi. Endemik buqoq profilaktikasida yod qo’shilgan osh tuzi ishlatish, sanitariya-gigienik tadbirlar kompleksini ishlab chiqish alohida o’rin tutadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
  • Panomareva “Umumiy gigiyena bilan ekologiya”-Toshkent 2011
  • Salomova “Gigiyena.Tibbiy ekologiya” Toshkent 2020
  • www.google.com
  • Duschanov B.А., Iskandarova Sh.T. “Umumiy gigiyena”, Darslik. T., 2008. – 476 b.
  • Duschanov B., Yusupova O., Nuraliyeva S., Aminov U. “Radiatsion va harbiy gigiyena”. Darslik. – Т., 2008. – 186 b.
  • Большаков А.М. “Общая гигиена” М. 2009, -736 b
  • Mehnat gigienasi (darslik), G.T. Iskandarova tahriri ostida,Т., 2010;
  • Mexnat gigiena fanidan amaliy mashg’ulotlar uchun o’quv qo’llanma. T.I. Iskandarov, G.T. Iskandarova, T., 2009;
  • Kommunal gigiena fanidan amaliy mashgulotlar uchun qollanma. T.I. Iskandarov tahriri ostida, Т., 2008;
  • Болалар ва ўсмирлар гигиенаси. G.I.Shayxova taxriri ostida. – Toshkent, 2011

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin