Farg’ona palitexnika instituti energetika fakulteti 41-21 guruh talabalari To’qinov Qosimjon Xabibullayev G’ayratjonlarning Biznes jarayonlarini loyihalash fanidan tayyorlagan mustaqil ishlari



Yüklə 72,39 Kb.
səhifə2/3
tarix13.05.2023
ölçüsü72,39 Kb.
#113159
1   2   3

Ichki va tashqi bozordagi mahsulotlarning xavfsizligi, sifati va raqobatbardoshligini ta’minlashning muhim elementlaridan biri bo‘lib davlatning rivojlangan standartlashtirish tizimi hisoblanadi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun xalqaro va xorijiy davlatlar standartlarini qabul qilish va joriy qilishda yagona davlat talablarining mavjud emasligi tadbirkorlik sub’ektlari uchun noqulayliklar keltirib chiqarayotgan edi. Qaror bilan tasdiqlangan “Yo‘l xarita”sining tegishli bandiga asosan xalqaro standartlarini qabul qilish va qo‘llash tartibini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

RAQOBAT TURLARI VA USULLARI Raqobat kurashining mazmuni to’g’risida to’laroq tushunchaga ega bo’lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko’rib chiqish zarur. O’z miqyosiga ko’ra raqobat ikki turga – tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo’linadi. Tarmoq ichidagi raqobat tovar ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo’lish, qo’shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o’rtasida boradi. Har bir tarmoqdagi mavjud korxonalarning texnika bilan Asosiy vazifalarini ajratib ko’rsatish mumkinRaqobatning vazifalari Tartibga solish vazifasi Resurslarni joylashtirish vazifasi Innovatsion vazifa Moslashtirish vazifasi Taqsimlash vazifasi Nazorat Qilish vazifasi ta’minlanish va mehnat unumdorligi darajalari turlicha bo’lganligi sababli, ushbu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil bo’lmaydi.

Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o’rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat kapitallarning foyda normasi kam bo’lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga oqib o’tishiga sabab bo’ladi. Yangi kapitallar ko’proq foyda keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko’payishiga olib keladi. SHu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. SHuningdek, foyda normasi ham pasayadi. Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o’zgaradi, tovarlarga bo’lgan talab ular taklif qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar ko’tariladi, shu bilan birga, foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat ob’ektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qaerga sarflanganligidan qat’i nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishiga intilishni ta’minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa kiritilmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini o’rtacha foyda normasiga «baravarlashtiradi».


Yüklə 72,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin