Farg’ona palitexnika instituti energetika fakulteti 41-21 guruh talabalari To’qinov Qosimjon Xabibullayev G’ayratjonlarning Biznes jarayonlarini loyihalash fanidan tayyorlagan mustaqil ishlari
Farg’ona palitexnika instituti energetika fakulteti 41-21 guruh talabalari To’qinov Qosimjon Xabibullayev G’ayratjonlarning Biznes jarayonlarini loyihalash fanidan tayyorlagan mustaqil ishlari
Mavzu. Biznes faoliyatida mahsulot sifati va uning raqobati bardoshligi. Reja . 1. Biznes faoliyatida mahsulot sifadi. 2. RAQOBAT TURLARI VA USULLARI.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish,standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 12 dekabrda 4059-sonli Qarori qabul qilindi. Qarorga asosan Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda “Axborot-ma’lumot markazi” davlat korxonasi negizida yangi “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti” tashkil etildi.
Qaror bilan ilmiy laboratoriya tadqiqotlari natijalariga asoslangan milliy standartlarni ishlab chiqish va qabul qilish imkoniyati yaratiladi va jahon standartlari talablari bilan uyg‘unlashtiriladi, Bundan tashqari, Institutni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha tayanch tashkilot etib belgilanishi standartlarni qabul qilishda, qabul qilingan standartlar bo‘yicha mahsulotlarni sinash usullarini joriy qilishda yagona yondoshuvni yo‘lga qo‘yiladi. Bu bilan laboratoriyalarda bir xil mahsulotni sinash ishlari amalga oshirilganda turli natijalar kelib chiqmasligining oldi olinadi.
Shuningdek, qabul qilingan Qarorda “Yo‘l xarita”ga asosan institut bazasida zamonaviy Kampus tashkil etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra soha bo‘yicha nafaqat respublikamiz iqtisodiyot tarmoqlari mutaxassislari malakasini oshirish uchun barcha sharoitlar, jumladan infrastrukturani yaratish ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihani 2019-2020 yillar davomida bajarish uchun 9,05 mln. AQSh dollari miqdorida Jahon banki bilan tegishli shartnomalar imzolangan. Bir yilda 2700 nafar tinglovchi malaka oshirishi uchun mo‘ljallangan institutda endilikda loyiha natijasiga ko‘ra 5300 nafargacha tinglovchi malaka oshirish imkoniyati yaratiladi.