Nemis iqtisodchisi V.Zombart (XIX asr oxiri - XX asr boshlarida) ko’rsatishi bo’yicha tadbirkor - bu zabt etuvchi, tavakkalchilikka tayyor turish qobiliyatiga ega bo’lgan, ma’naviy erkin, g’oyalarga boy,shijoatli va o’z so’zini o’tkazadigan, tashkilotchi, birgalikda bajariladigan ishga ko’pgina kishilarni birlashtiradigan shaxsdir. Tadbirokorlik nazariyasiga muhim xissa qo’shgan avtriya iqtisodchisi I.Shumpeterdir. U o’zining 1912 yilda yozgan «Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi» kitobida tadbirkorni ishlab chiqarish omillaridan foydalanishning yangicha kombinatsiyalarini amalga oshiradigan va shu bilan iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlaydigan kishi deb ataydi.
Shunday qilib, turli davrlara tadqiqotchilar tomonidan tadbirkorga turlicha tushunalar berib kelingan:
Shunday qilib, turli davrlara tadqiqotchilar tomonidan tadbirkorga turlicha tushunalar berib kelingan:
− Tadbirkor - bu yangi texnologiya, yangi ishlab chiqarish va yangi xizmat ishlarini ishlab chiquvchi novator.
− Tavakkalchilik sharoitida xarakat qiluvchi, kuchli inson;
− Har qanday imkoniyatdan maksimal foyda oladigan kishi;
Tashabbus ko’rsatuvchi, ishbilarmon, ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmni tashkil - etuvchi inson.
KICHIK VA O’RTA BIZNESNI XORIJIY DAVLATLARDAGI RIVOJI
Misol uchun, Germaniya davlati tajribasini olib ko’raylik. Bu mamlakat kichik va o’rta biznesni rivojlanishi hisobiga qisqa vaqt mobaynida Yevropa iqtisodiyotining ustunlaridan biriga aylanib ketdi. Davlatning bu boradagi oqilona tufayli urushdan keyingi yillarda kichik va o’rta biznesning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 10 foizdan 69 foizga ko’tarildi.Germaniyada qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan, oziq-ovqat va boshqa iste’mol mollarining ko’plab turlarini ishlab chiqaradigan korxonalar davlat tarafidan har tomonlama rag’batlantirildi.